O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kaferdrasi



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/246
Sana22.06.2022
Hajmi2,66 Mb.
#690949
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   246
Bog'liq
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Ural til oilasi - 
Rossiyani Yevropa qismlari va Sibir xalqlari kiradi. 
2.
0ltoy til oilasi - 
Turklar, m
o’g’
illar, 
O’
rta Osiyoning Qir
g’
iziston, 
Qozo
g’iston, O’zbekiston, Turkmaniston kabi davlat
lar xalqlarini 
o’
z ichiga 
oladi. 


3.
Xitoy-Tibet til oilasi - 
Sharqiy va Janubiy Osiyo xalqlari. 
4.
Malaziya til oilasi - 
Xind va Tinch okeanidagi xalqlari. 
5.
Dravit til oilasi - 
Hindiston xalqlari. 
6.
Monkxmer til oilasi - 
Hindi-Xitoy mamlakatlari xalqlari. 
7.
Semit, hamit til oilasi - 
Janubi-
g’
arbiy Osiyo va Afrika, shimoliy arab 
xalqlari. 
8.
Bantu til oilasi -
Afrikaning janubiy xalqlari. 
Til madaniyatning muhim ammo ilmiy qoidalarga mos kelmaydigan bir 
elementidir. U aholining ba’zi bir qismini bog’laydi, ammo boshqa qismlarini 
ajratadi. U joylardagi o’zgarishlar va rivojlanishlar tezligini va o’zgarmas madaniy 
ko’rinishlarini ko’rsatadi.
Madaniyat geografiyasining ikkinchi muhim tarmog’i bu
 
dinlar 
geografiyasidir.
 
Ma’lumki, din jamiyat hayotida, kundalik turmushimizda juda 
muhim rol o’ynaydi. Bunda davlatning iqtisodiy rivojlanganlik va aholining bilim 
darajasi katta ahamiyat ka
sb etadi. Aholining diniy tarkibini bilish va uni to’g’ri 
baholash dunyoda bo’lib o’tayotgan voqea hamda hodisalarni to’g’ri tushunish va 
anglashga imkon beradi. Shuning uchun ham etnoslarga tavsif berishda ko’pincha 
mutaxassislar ularning diniy mansubligi
ga e’tibor qaratadilar. 
Turli tarixiy davrlarda diniy va etnik birliklar nisbati turlicha bo’lgan. Ibtidoiy 
jamoa tuzumida diniy va etnik chegaralar o’zaro mos kelgan. Har bir xalq 
tomonidan yaratilgan xudolar milliy xudolar bo’lib, ularning ta’sir doiras

muayyan qabila chegarasidan tashqariga o’tmagan. Bu davrda har bir davlat va 
unga tegishli etnos o’z xudolariga, o’ziga xos diniy tasavvurlariga ega bo’lgan. 
Atoqli geograf olim V.P.Maksakovskiy “Siyosiy, etnik va diniy chegaralar bir
-biri 
bilan mos tushgan joyda 
bir millatli mamlakatlar 
vujudga keladi”, deb juda to’g’ri 
ta’kidlagan edi. 
Jamiyat taraqqiyoti, etnik aloqalarni kuchayishi bilan ancha katta diniy 
birliklar vujudga keldi, bir dinga bir necha xalqlar e’tiqod qila boshlaydilar. 
Keyinchalik bir 
etnosning ma’lum qismi eski xudolariga sig’inishda davom etsalar, 
boshqalari yangi dinni qabul qilish hollari tez-
tez ro’y berib turdi. Shunday qilib, 
xalqlar asta-
sekin ko’pxudolikni qabul qila boshladilar. Jahon dinlarining vujudga 
kelishi bilan etnik va 
diniy chegaralar muvofiqligi barham topadi. Ba’zi holatlarda 
diniy tafovutlar til jihatdan o’zaro yaqin (gollandlar va flamandlar; serblar va 
xorvatlar va h.k.) aholi guruhlarining milliy chegaralanishida muhim rol o’ynaydi. 
Keyingi davrlarda diniy mansu
blik va etnik mansublik o’rtasidagi aloqalar 
susaya bordi. Ko’pgina yirik zamonaviy xalqlar turli dinlarga sig’inuvchi kishilar 
guruhlarini o’zida birlashtiradi, ayni paytda bitta dinga ko’plab etnoslar e’tiqod 
qilishlari ham mumkin. Hozir faqat ba’zan, un
da ham shartli ravishda milliy dinlar 
haqida gapirish mumkin (arman-grigorian cherkovi 

ko’pchilik armanlar, sintoizm 

yaponlarning asosiy qismi, sikxizm 

panjobliklarning ma’lum qismi va h.k.).
Ba’zi mamlakatlarda hukmron mavqega ega dinga e’tiqod qilm
aydigan 
deyarli barcha aholi milliy kamsonli guruhlar tarkibiga kiritiladi. Jumladan, Eronda 
nafaqat armanlar, assiriyaliklar, yahudiylar, shu bilan birga fors xalqining bir 
qismi bo’lgan gebrlar (zoroastriylar) ham milliy kamsonli guruh sifatida e’tirof 
etiladi. Ayrim arab davlatlarida etnik kamsonli guruhlarga nafaqat musulmon 


bo’lmagan aholi, hatto islomning mazkur mamlakatda hukmron mavqega ega 
bo’lmagan mazhabiga mansub guruhlar ham kiritiladi. 
Etnik birliklarda bo’lgani kabi, diniy birliklar uchun h
am tabaqalashu v 
xosdir. Har bir din turli yo’nalishlar, mazhablar, oqimlar va sektalarga bo’linadi. 
Odatda mamlakatlar yoki xalqlar shartli ravishda musulmon, nasroniy (xristian), 
budda dinlariga ajratiladi, biroq quyi taksonomik darajalarga tushgan sari bunday 
bir xillik yo’qola boradi.
Ayrim nasroniy mamlakatlar diniy jihatdan bir necha qismlarga bo’lingan. 
Masalan, nemislar protestant (uning ikki oqimiga 

lyuteranlik va reformatlik) va 
katolik dinlariga e’tiqod qiladilar; shveysarlarning turli guruhlar
i orasida 
protestantlar (reformatlik) va katoliklar tarqalgan; shotlandlar orasida protestant-
presviterianlar ustunlik qiladi.
Bitta xalq turli qismlarining har xil diniy oqimlarga mansubligi tufayli uning 
ichida madaniy-maishiy tafovutlar kelib chiqadi v
a bu narsa o’z navbatida 
e

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish