Afrikada janubga, uning tropik
qismiga tomon jadal siljimoqda, induizm esa
Hindiston qabilalari orasida keng tarqalmoqda.
Yer sharining yirik mintaqalari bo’yicha diniy guruhlar tarqalishi quyidagi
ko’rinishga ega:
MDHning katta qismini pravoslav diniga mansub kishilar guruhlari
(Rossiyaning katta hududlari, Ukraina, Belorus, Moldova va Gruziya) tashkil etadi.
Armanistondagi xudojo’ylar monofisit arman
-grigorian cherkoviga mansub,
Litvada
katolik dini, boshqa Boltiqbo’yi davlatlarida –
lyuteranlik keng tarqalgan.
Islom diniga Markaziy Osiyo va Qozog’iston, Kavkazning katta qismi,
Tatariston va
Boshqirdiston aholisi e’tiqod qiladi. Ozarbayjonda asosan shia
oqimiga mansub musulmonlar, boshqa hududlarda
–
sunniylar ko’pchilikni tashkil
etadi. Buddizm-
lamaizmga Buryatiya, Tuva va Qalmig’iston tub joy aholisi
e’tiqod qiladilar. Xudojo’y yahudiylar –
iudaistlardir.
Evropa
shimolida protestantlik, Skandinaviya davlatlari, Finlyandiya va
Islandiyada
–
lyuteranlik, Angliyada
–
anglikanlik, Shotlandiyada
–
presviterianlik
ustunlik qiladi. Belgiya, Lyuksemburg, Frantsiya, Ispaniya,
Portugaliya, Italiya,
Avstriya va Maltada katolik dini tarqalgan. Markaziy Yevropada katoliklar va
protestantlar soni deyarli teng, biroq Germaniyada protestantlar orasida lyuteranlar,
Shveytsariya va Niderlandiyada esa
–
reformatlar ustunlik qiladi. Gretsiyada
ko’pchilik xudojo’ylar pravoslavlardan, Turkiya Yevropa qismida esa –
musulmonlardan iborat. Polsha, Chexiya, Slovakiya
va Vengriya aholisi orasida
katoliklar, Bolgariya va Ruminiyada
–
pravoslavlar, Germaniyada
–
protestantlar
(asosan lyuteranlar), Albaniyada
–
musulmonl
ar (sunniylar) ko’pchilikni tashkil
etadi. Sobiq Yugoslaviya respublikalarida ko’proq pravoslavlar, qisman katoliklar
va musulmonlar mavjud.
Osiyo aholisi diniy jihatdan nihoyatda xilma-xil. Islom barcha Old Osiyo
mamlakatlarida (Isroil, Kipr va Livandan tashqari), Pokiston, Bangladesh, Maldiv
orollari, Indoneziya va Malayziyada yetakchilik qiladi. Kipr,
Sharqiy Timor,
Hindiston, Shri-Lanka, Filippin aholisining muayyan qismi musulmonlardan
iborat. Ko’pchilik mamlakatlarda islomning sunniy mazhabi hukmronli
k qilsa,
Eronda shialikning mavqei yuqori. Iroq, Yaman Arab Respublikasi va Baxraynda
sunniylar va shialar soni deyarli teng. Eron, Hindiston, Pokistonda
zoroastriylarning, Eron,
Iroq va Turkiyada
–
yazidlarning kamsonli guruhlari
mavjud.
Hindiston va Nepal induizm tarqalgan asosiy hududlardir. Induistlar Shri-
Lanka va Bangladesh hamda Indoneziyaning Bali oroli aholisi orasida ham
uchraydi.
Hindi-xitoy
mamlakatlari
va
Shri-
Lankada aholining ko’pchiligi
buddistlardan iborat (Vetnamda
–
maxayana mazhabi, boshqalarda
–
txeravada).
Shu bilan birga, ayrim Sharqiy Osiyo mamlakatlari aholisi maxayana buddizmidan
tashqari, bir vaqtning o’zida boshqa dinlarga: jumladan, Xitoyda –
konfusiylik va
daosizmga,
Koreyada
–
konfusiylikka, Yaponiyada
–
sintoizmga ham e’tiqod
qiladilar. Mug’ulistonning xudojo’y aholisi –
lamaist buddistlardir.
Osiyoning faqat ikki mamlakati, ya’ni, Filippin (asosan katoliklar) va Kiprda
(pravoslavlar) nasroniylar yetakchilik qiladi. Mazkur dinga sig’inuvchilar Livan
aholisi yarmidan ozrog’ini
tashkil etadi (maronitlar).
Osiyoda qabilaviy ibodat izdoshlari soni izchil kamayib bormoqda. Hozirgi
paytda ular faqat Janubiy va Janubi-
Sharqiy Osiyoning borish qiyin bo’lgan tog’li
o’lkalaridagina saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: