O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kaferdrasi



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/246
Sana22.06.2022
Hajmi2,66 Mb.
#690949
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   246
Bog'liq
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

 
15-MAVZU: MADANIY MAKON
 
(MADANIYAT GEOGRAFIYASI)
 
Reja:
 
1.
Madaniyat va madaniyat geografiyasi haqida tushuncha 
2.
Madaniyat geografiyasining asosiy tarmoqlari 
3.
Til geografiyasi 
4.
Din geografiyasi 
5.
Hulq-atvor geografiyasi 
Tayanch so’zlar:
Madaniyat, madaniyat geografiyasi, til geografiyasi, din 
geografiyasi, xristian, islom dini, hulq-atvor.
Madaniyat faqatgina san’atkorona faoliyatga xos tushuncha emas, garchi 
musiqiy va badiiy fa
oliyatni ta’riflash uchun “madaniyat” termini qo’llanilsada, 
ushbu tushuncha biror bir ijtimoiy guruh, sinf yoki xalqning ma’lum davrda qo’lga 
kiritgan yutaqlarini ifoda etadi. Xususan, nutq (til) madaniyati, din madaniyati 
(masalan, Islom madaniyati), hulq-atvor madaniyati, shular qatorida musiqa 
madaniyati va xokazo. Qolaversa, madaniyat kishilarning naslini (kelib chiqishi) ni 
ham anglatmaydi. Nasl aynan bir avlodning ma’lum bir belgilari orqali 
farqlanadigan a’zolarini tasniflashga oid biologik tushunch
adir. Jumladan, agar bir 
xil madaniyatga ega bo’lgan yangi tug’ilgan chaqaloqlar turlicha guruhlarda 
yashasa, turlicha o’ziga xos madaniyat bilan o’sadi.
Madaniyat so’zi Madina
shahri nomi bilan bog’liq holda kelib chiqqan. 
Madina-
to’liq arabcha nomi Madi
na-
Rasuliloh, ya’ni payg’ambar shahri 
hisoblanib, obodonchiligi, ko’rkamligi bilan Arabistondagi aholi yashaydigan 
boshqa manzilgohlardan ajralib turar edi. Shuningdek, Madina Makkadan keyin 
musulmonlar ibodat qiladigan eng yirik shahardir. Shu tariqa mada
niyat so’zi 
bizning o’lkamizga Madina shahri nomi bilan, islom dini bilan bog’liq tarzda kirib 
kelgan. 
Fanda, odamlar o’rtasidagi muloqatda madaniyat so’zi bilan bir qatorda 
kulьtura so’zi ham ishlatiladi. Kultura so’zi lotincha “culture” so’zidan olingan 
bo’lib, “ishlov berish”, “ekib o’stirish” ma’nosini bildiradi. Rus faylasuflari N. 
Berdyaev va V. Rozi
novlar “kultura” so’zining “kult” ya’ni diniy ibodat, sig’inish 
so’zidan kelib chiqqanligini qayd etganlar.
Hozirgi paytda insoniyat faoliyatining ko’pgina sohalarida madaniyat yoki 
kulьtura
so’zi qo’llaniladi. Qadimgi Rimda madaniyat deganda shaxsning 


ta
rbiyalanganligi, ma’rifatlilik darajasi tushinilgan. Keyinroq madaniyat deganda 
shaxsning qadr-qimmati, takomilligi tushinilgan. Nemis faylasufi F. Shiller 
kishilardagi insoniylik fazilatlarini, uning ichki dunyosi, ma’naviylik darajasini 
madaniyat deb tushuntirgan. Amerikalik madaniyatshunos olim Eduard Teylor 
(1832-1917) madaniyat atamasini ilm-
fanga kiritdi. Teylor o’zining “Pervobitnaya 
kultura”
asarida: “madaniyat keng ma’noda kishining jamiyat a’zosi sifatida 
o’zlashtirgan bilimi, e’tiqodi, san’ati, 
axloq-odobi, qonun-qoidalari va boshqa bir 
qator qobiliyatlari va odatlari yig’indisidan tashkil topadi”, deb ta’kidlaydi.
Faylasuf va madaniyatshunos V.M. Rozin iborasi bilan aytganda “qancha 
yirik madaniyatshunos bo’lsa shuncha nazariyalar, tushunchalar
mavjud”. Teylo 
zamonida madaniyatning 7 ta ta’rifi bo’lgan bo’lsa, 1950 yillarda uning soni 150 
taga, hozirgi kunda esa madaniyatga berilgan tushunchalar soni 400 taga yetadi. Bu 
ta’riflar umumlashtirilsa madaniyat so’zining ma’no
-
mazmunini o’uyidagicha 
tushunish mumkin.: 
1. Madaniyat 

uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomonidan 
yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, asori
-
atiqalar yig’indisi.
2. Madaniyat 

u yoki bu jamiyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, maorif, 
san’at, axloq, din, huquq, siyosat maishiy xizmat ko’rsatish darajasini aks 
ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot daoajasi. 
3. Madaniyat- insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy, 
umuminsoniy qadriyatlar majmui. 
4. Madaniyat 

har bir kishining tarbiyalanganligi insoniylik fazilatlari va 
ijodiy faoliyatining ifodasidir. 
Madanyatning qo’llanilishiga qarab shaxsiy, oilaviy, kasbiy, tabaqaviy, milliy 
madaniyat, jamiyat madaniyati, umuminsoniy madaniyat kabi shakllarga bo’lib 
o’rganish ham mumkin. Kundalik hayotda “muomala madaniyati”, “mehnat 
madaniyati”, “nutq madaniyat”, “ishlab chiqarish madaniyati”, “xizmat ko’rsatish 
madaniyati”, “dam olish madaniyati”, “huquqiy madaniyat” kabi tushunchalar ham 
qo’llaniladi.
Madaniyat inson hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Ular orasida 
quyidagilarni alohida ta’kidlab ko’rsatish mumkin.
Madaniyat, avvalo, ijtimoiy vazifalarni, ya’ni shaxsni, odamni inson qilib 
shakllantirish va tarbiyalash vazifasini bajaradi. Madaniyat har bir shaxsning 
insoniyat yaratgan bilimlarni, ma’na
viy qadriyatlarni, tartib-
qoidalarni o’zlashtirib 
olish, tarbiyalash, jamiyatning to’la huquqli a’zosi sifatida faoliyat yuritish 
qobiliyatini shakllantirish vazifasini bajaradi. Insonning tabiat hukmronligidan 
ajralib chiqishi madaniyatga xos ayrim elementtlarning shakllanishi bilan birga 
sodir bo’ladi. Aynan madaniyat orqali har bir shaxs jamiyatda to’plangan 
tajribalarni, an’analar va urf
-
odatlarni turmush tarzini o’zlashtiradi, ular keyingi 
avlodlarga yetkaziladi. 
Madaniyat axborotlarni o’zlashtirish, 
bilish, tushunish vazifasini bajaradi. 
Madaniyat inson uchun dunyoni bilish, dunyo to’g’risida turli ma’lumotlar, 
axborotlar olish, ularni avlodan avlodga o’tib borishini ta’minlaydi.


Madaniyat tartibga soluvchi vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar o’rtas
idagi 
o’zaro munosabatlarni belgilangan tartib
-qoidalar, axloqiy-huquqiy normalar 
asosida tartibga solishga xizmat qiladi. 
Madaniyat kishilar o’rtasida qzaro fikr almashuv bilan bog’liq bo’lgan, aloqa 
uchun xizmat qiladigan vazifani bajaradi. Bu borada til asosiy vosita rolini 
o’ynaydi. Gap shundaki, madaniyatning bir qator sohalari –
fan, san’at, texnika va 
boshqalarning o’ziga xos
tili bo’lib, ularni bilmasdan turib madaniyatni 
to’laligicha bilib bo’lmaydi.
Madaniyat aksiologik vazifani ham bajaradi, ya’
ni kishilar tomonidan 
moddiy, ma’naviy, estetik, axloqiy qadriyatlarni egallashga, yomondan yaxshini, 
bema’ni, xunuk narsalardan go’zallikni ajrata bilishga ko’maklashadi.
Madaniyat ijodkorlikni rivojlantirish vazifasini ham bajaradi. Insonni mavjud 
madaniyatga tanqidiy-ijodiy qarash, isloh qilish, takomillashtirish, yangi bilimlar, 
qoidalar, qadriyatlar, tartib-qoidalar yaratishga undaydi. 
Madaniyat kishilardagi jismoniy va ruhiy toliqishni haydash, hordiq chiqarish, 
tiklanish, kayfiyatini ko’tarish yo’lidagi tadbirlar, o’yinlar tashkil etuvchi 
vazifalarni ham bajaradi. 
Madaniyat doimo taraqqiy etuvchi ko’p qirrali jarayon, uning tarkibiga 
kiruvchi elementlari o’zgarib turadi. Shu jihatdan tadqiqotchilar madaniyatni 
o’ziga xos belgilari, sifatida qarab bir necha turlarga bo’ladilar.Madaniyatga 
tsivilizatsion nuqtai nazardan yondoshuvchi nuqtai nazardan yondoshuvchi 
mutaxassislar insoniyat bir necha tsivilizatsiyalarni bosib o’tganligini ta’kidlaydi.
Madaniyatni tili, dini, an’analari, qadriyatlari, iqtisodi
yoti yaqinligini 
inobatga olib milliy, mintaqaviy, davriy jihatdan bir necha turlarga bo’lish keng 
tarqalgan. Milliy madaniyatda diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik yaqinlik, 
umumiylik nazarda tutiladi. Madaniyatni irqiy omilni nazarda tutgan holda b
o’lish 
holatlari ham uchraydi. Frantsuz faylasufi J. Gobino jamiyat, madaniyat, din, til 
to’laligicha irqiy jihatlar bilan bog’liq, madaniyat mavjud tabiiy sharoit bilan 
bog’liq deb tushuntiradi va Yevropa madaniyatini negroid madaniyatda eng 
yuqori, ustun darajada deb hisoblaydi. 
XX asrning ikkinchi yarmida ayrim mutaxassislar jamiyat va madaniyat 
sohasida yuz bergan o’zgarishlarni tushuntirish uchun kontkulьtura, subkultura 
tushunchalarini qo’llay boshladilar. Kontkultura deganda hukmron madaniyatga 
qarshi nazariyalar, qadriyatlar, falsafiy, badiiy qarashlar, ideallar tushuniladi. 
Subkulьtura deganda jamiyatdagi turli sinflar, tabaqalar, guruhlarga xos madaniy 
jihatlar hisobga olinadi. Shuningdek qashshoqlar, kambag’allar, o’rta tabaqalar, 
yuqori tabaqalar, jamiyatdagi elita qatlamlari madaniyati degan tushunchalar ham 
ishlatiladi. Masalan, ayrim tadqiqotchilar kambag’al tabaqalar madaniyati shaxsiy 
gigienadan tortib bilim darajasigacha bo’lgan sohalarda past saviyada namoyon 
bo’ladi, deb tushuntiradilar
. Jamiyatni umumiy madaniyat asosida birlashtirishga 
intiluvchi ommaviy madaniyat mavjudligi haqida fikr bildiruvchilar ham bor. 
Yoshlar orasida modaga berilgan xotin-qizlar, ayrim muzikaga berilgan yoki 
alohida jargon bilan gaplashishni xush ko’radigan subkulьturalar haqida ham fikr 
mavjud. Shahar madaniyati, qishloq madaniyati, kasb madaniyati, ular o’rtasidagi 


farqlar haqida ham gapiriladi. Bularning hammasi madaniyatning murakkab 
tarkibiy tizimdan iborat ekanligini ko’rsatadi.
Madaniyatshunoslik fanida shaxs kamolati muhim masaladir. Shaxsning 
barkamol inson bo’lib yetishishida tarixiy, ijtimoiy
-
madaniy muhitning ta’siri 
katta. Inson ma’lum ijtimoiy
-
madaniy muhitda dunyoga keladi, go’daklik 
chog’idayoq shaxs ijtimoiy
- madaniy muhitni tayyor holda topadi. Mavjud 
ijtimoiy-
madaniy muhit ta’sirida shaxs ijtimoiy shaxsga aylanadi. Shaxsning 
ijtimoiylashuvi madaniy-ijtimoiy muhit yaratgan va rioya qilinadigan qadriyatlarni, 
urf-odatlarni, ahloq-
odobni, moddiy va ma’naviy boyliklarni, g’oyaviy 
andozalarni
o’zlashtirish, qabul qilish orqali sodir bo’ladi, shaxs inson sifatida 
shakllanadi. Shu bilan birga shaxsda o’tkinchi ehtiyojlarni
- yurist, iqtisodchi, 
injener, vrach, pedagog, san’atkor bo’lish, boy bo’lish, amaldor bo’lish, shon
-
shuhrat qozonish, turli unvonlar olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish kabi istaklar 
ham paydo bo’ladi. Buning uchun ta’lim muassasalarida qunt bilan o’qib, dunyo va 
jamiyat, ularning taraqqiyot qonunlari to’g’risidagi umumiy bilimlarni egallash, 
maxsus kasbiy fanlarni o’rganish, iz
lanish, hayotiy tajriba orttirish, intellektual 
salohiyatga ega zarur bo’ladi.
Madaniyat kishinig nafaqat ijtimoiylashuvini, shuninigdek jamiyat bilan 
integratsiyalashuvni ta’minlaydi. Madaniyat insonga barkamollikka erishishga, 
ijodiy kuchlarini namoyon 
etishga ko’maklashadi. Shaxsning madaniy darajasini 
baholashda uning aqli, tafakkuri, ongi, axloqi, xulq-
atvori ham muhim o’rin tutadi. 
Madaniyat insoning yashirin, betakror individuval xususiyatlari, qobilyatlarini 
ro’yobga chiqarish, o’stirish va rivojla
ntirishga yordam beradi. 
Shaxsni barkamol qilib yetishtirishda jamiyat madaniyatning bir qator 
tizimlari alohida ahamiyatga ega. Masalan: 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish