O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»


Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya



Download 7,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/244
Sana12.06.2022
Hajmi7,02 Mb.
#660106
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   244
Bog'liq
UMK 2-kurs Nazariya

Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya. 
Jismoniy tarbiya tarkibiga davolovchi jismoniy tarbiya ham kiradi. U 
organizmning vaqtinchalik yo’qotilgan funksional imkoniyatlarini tiklashga 
ko’maklashadi. 
Sog’lomlashtirish jismoniy madaniyati davolash maqsadida ham keng 
ko’lamda foydalaniladi. Shu tur jismoniy madaniyati o’z oldiga organizmning 
vaqtinchalik yo’qolgan funktsional imkoniyatlarini tiklash (reabilitatsiya) 
maqsadini ham qo’yadi. 
Jismoniy madaniyat gigienasi ish kuni davomida sog’lom turmush tarzi 
jismoniy madaniyatga zamin bo’lib xizmat qiladi. Organizmning kunlik 
funktsional holatini nazoratga oladi, lozim bo’lsa, uni yaxshilash tadbirlari 
(jismoniy madaniyat pauzalari, daqiqalari va boshqa aktiv yoki passiv dam 
vositalaridan foydalanish)ni yo’lga qo’yadi. 
Kundalik turmush va dam olish tartibi, ish kuni doirasiga kiritiladigan 
jismoniy tarbiya gigienasi organizmning joriy holatini yaxshilashga xizmat qiladi, 
ya'ni asosiy hayot faoliyati uchun qulay funksional 
“fan”
shakllanishiga 
ko’maklashadi. 
2.
 
Jismoniy tarbiya tizimi rivojlanishining tarixan qonuniyligi 
Afsonalar, rivoyatlar, og’zaki naqllar, madaniy ashyolar va turmush 
predmetlari, rasmlar, qoyaga o’yilgan tasvirlar, ilmiy ekspeditsiyalar paytida 
topilgan haykalchalar qadimgi odamning madaniyati, shu jumladan, jismoniy 
tarbiyasi haqida ham mulohaza yuritishga imkon beradi.


59 
Jismoniy tarbiya masalasini tatbiq qilgan olimlar bu kuzatish va tekshirishlar 
natijasida mashq qilish qadimgi dunyo odamlariga ham xos bo’lgan degan fikrni 
bildirmoqdalar. 
Jismoniy mashqlar mehnat va harbiy faoliyat asosida vujudga kelgan. 
Jismoniy tarbiya esa jangchi va ovchining tayyorgarlik zaruriyati bilan uzviy 
bog’langan.
Tarbiyani, shu jumladan, jismoniy tarbiyani mustaqil faoliyat sohasiga 
ajratish faqat ijtimoiy mehnat tufayligina mumkin bo’lib qoldi. 
Jismoniy tarbiya tizimining vujudga kelishi uchun jamiyatning ma'naviy-
madaniyati va yuqori darajada moddiy ta'minoti zarur. Ibtidoiy jamoa tuzumida 
jismoniy tarbiya tizimining faqatgina kurtagi vujudga keldi. O’sha davrda har bir 
insonning jismoniy tayyorgarligiga talab juda katta bo’lgan edi, og’ir turmush 
sharoiti esa jismoniy tayyorgarlikka ehtiyojni talab qilardi. Ammo o’sha 
davrlarda tizimni yaratish uchun turmushning past moddiy darajasi imkon 
bermasdi. 
Quldorlik tuzumi jismoniy tarbiyaning g’alati tizimini tug’dirdi va bugun 
insoniyat odamning uyg’un jismoniy rivojlanishiga qaratilgan qadimgi allomalar 
tizimi bilan mag’rurlanishga haqlidir. Biroq bu tizim mutlaqo o’z sinfiga - 
quldorga xizmat qilgan edi. Ajoyib o’yingohlar, gimnaziyalarda faqat ular uchun 
mumkin bo’lgan barcha o’yinlar o’tkazilardi. Katta miqdordagi qullarni 
bo’ysundirishlari, ushlab turishlari uchun quldorlar har tomonlama kuchli 
bo’lishlari kerak edi. 
Feodalizm tuzumi jismoniy tarbiyaning o’z tizimini yaratdi. Jismoniy 
tarbiyaning eng aniq maqsad bilan ifodalangan harbiy hayotga tayyorlovchi
ritsarlar va dvoryanlar tabaqasi vujudga keldi. Tabaqalarga bo’linish ijtimoiy 
hayotning barcha sohalariga, shu jumladan, jismoniy tarbiyaga ham tarqaldi. 
Kapitalistik jamiyatda sinflarning o’zaro munosabatlari murakkablashdi. 
Jismoniy tarbiya sohasidagi ziddiyat shundan iborat bo’ldiki, mehnatkashlar 
salomatligi va jismoniy rivojlanishiga g’amxo’rlik qilish hokimiyatni sira ham 
qiziqtirmadi. Ammo ularga epchil, kuchli, mohir soldatlar kerak edi. Sanoat 
korxonalariga ham unumli ishlaydigan layoqatli odamlar zarur edi. Kapitalistlar 
jismoniy tarbiya va, ayniqsa, sportdan o’zlarining g’oyalarini targ’ib qilish uchun, 
ya'ni yoshlarni siyosiy kurashdan chalg’itish maqsadida foydalanishdi. 
Bu davrda jismoniy tarbiyaning o’ziga xos xalq uslublari va amaliyoti 
mavjud edi. Garchi, qonuniy uyg’un tizim tarkib topgan bo’lmasa-da, burjua 
jamiyati tipida tenglik, ozodlik, birodarlik tamoyillariga asoslangan ijtimoiy qayta 
tuzish g’oyasi pishib yetildi. Buyuk gumanistlar, sotsial-utopistlar g’oyasi jismoniy 
tarbiyaga ham tarqaldi. Xususan, rus revolyusion-demokratlari g’oyasi 
P.F.Lesgaftning jismoniy ta'lim nazariyasida juda katta rol o’ynadi. Biroq 


60 
kapitalistik jamiyatda ilg’or insonparvar g’oyalar faqat nazariya darajasida bo’lishi 
mumkin edi. Chunki har qanday tarbiya tizimini amalga oshirishda (shu 
jumladan, jismoniy tarbiyada ham) moddiy asos, mablag’lar, harakat hukumatning 
qo’llab-quvvatlashini talab qiladi. 
Chor Rossiyasida jismoniy tarbiya tizimi qoloqligi, o’quv yurtlarida 
jismoniy tarbiya bo’yicha Davlat dasturining, mutaxassislarning yo’qligi bilan farq 
qiladi. Jismoniy tarbiyani rivojlantirish maqsadida tasodifan chet el tizimining 
unsurlaridan foydalanildi va o’z xalqining jismoniy tarbiyasiga ahamiyat 
berilmadi. Bu halq jahonga taniqli atletlar – Ivan Poddubniy, Ivan Zaykin, Nikolay 
Panin-Kolomenkin, Nikolay Strunnikov va boshqalarni “sovg’a” qildi. 
Jismoniy tarbiya tizimining vujudga kelishi turli xarakterdagi qiyinchiliklar 
bilan bog’liq. 
1. Insoniyat jamiyati tarixida birinchi marta jismoniy tarbiya tizimi oldiga 
ko’lami bo’yicha shunday ulkan maqsad – ilg’or mutafakkirlarning jamiyadagi
barcha a'zolarni uyg’un rivojlantirish orzularini hayotga har tomonlama tatbiq etish 
vazifasi qo’yildi. 
2. So’nggi asr o’rtalarida rivojlanish yo’lini tanlashda jismoniy tarbiya 
ishlarini yoshlarga taqdim etilishi, burjua turidagi klublar tashkil qilinishi bilan 
bog’liq bo’ldi. 
3. Mamlakatda og’ir iqtisodiy holat va moddiy bazaning yo’qligi qiyinchilik 
bilan bog’langan. Jahon amaliyotida bo’lmagan yangi jismoniy tarbiya tizimini 
yaratish talab qilinardi. 
Jismoniy tarbiyaning yangi tizimini nazariy asoslash ishida yirik mutaxassis 
P.F.Lesgaftning jismoniy ma'lumot to’g’risidagi ilg’or ta'limoti muhim rol 
o’ynaydi.

Download 7,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish