Markaziy qurilmalar - ma’lumotlarga bevosita ishlov berishni ta’minlaydi va ularga markaziy prosessor, operativ xotira va kiritish-chiqarish prosessori kiradi.
Markaziy prosessor bajarilayotgan dastur, hisoblash jarayonini boshqarish va prosessor bilan birga ishlayotgan qurilmalarga muvofiq ravishda informatsiyani qayta o‘zgartirishga mo‘ljallangan. Kompyuterning texnik parametrlari ko’p jihatdan unda foydalanilagan prosessor turi bilan belgilanadi.
Prosessor – kompyuterning eng katta mikrosxemasi bo’lib, o‘nlab million tranzistorlardan tarkib topadi va ular yordamida har xil mantiqiy sxemalar yig‘iladi. Prosessorlar - markaziy, ixtisoslashgan, kiritish-chiqarish, ma’lumotlarni uzatish va kommunikatsion prosessorlarga bo’linad. Prosessorning asosiy ichki sxemalarini – arifmetik-mantiqiy qurilma, ichki xotira (registrlar) va kesh-xotira (o‘ta operativ xotira) barcha operasiyalarni boshqarish sxemalari va tashqi shinalarni boshqarish sxemalari («tashqi dunyo» bilan aloqa sxemalari) tashkil etadi. Prosessorlarning texnik tavsifi ishlab chiqarish texnologiyasi, tranzistorlar soni, tarmoq kuchlanishi, takt chastotasi, umumiy razryadliligi bilan ifodalanadi. Rivojlanish davomida prosessorlarning bir necha avlodlari almashdi, bu avlodlar o’zlarining texnik tavsifilari bilan bir-biridan farq qiladi, hozirgi kunda sakkizinchi avlod prosessorlari keng qo’llanmoqda.
Prosessor razryadliligi kompyuter unumdorligini belgilaydi. Tashqi shinalar orqali prosessorga ma’lumotlar va komandalar kiritiladi, komandalarga muvofiq arifmetik-mantiqiy qurilmada ma’lumotlarga ishlov beriladi, natija tashqi shinaga chiqariladi. Prosessor sxemalari qanchalik ko‘p razryadlarga ega bo‘lsa, u vaqt birligi ichida shunchalik ko‘p ma’lumotlarga ishlov beradi, ya’ni kompyuter unumdorligi bevosita prosessor razryadliligidan bog‘liq bo’ladi. Hozirga kompyuterlarda asosan 32 razryadli prosessorlar keng foydalaniladi, keyingi paytlarda 64 razryadli prosessorlar ham ishlab chiqilmoqda.
Prosessor chastotasi. Razryadlilikdan tashqari takt chastotaning ham ahamiyati katta (prosessor unga hisoblangan bo‘ladi). Takt chastota megagerts (MGts) va gigagerts (GGts) larda o‘lchanadi. Bir megagerts – bu bir sekundda million takt, bir gigagerts esa – milliard taktdir. Har bir taktda prosessor hisoblash operasiyasining qandaydir bo‘lagini bajaradi, shu sababli takt chastota qanchalik yuqori bo‘lsa, prosessor kelayotgan ma’lumotlarni shunchalik tez ishlaydi.
Operativ xotira ma’lumotlarni va dasturlarni saqlash, qabul qilish va chiqarish vazifalarini bajaradi.
Kiritish-chiqarish prosessorlari (kanallar) markaziy prosessor ishtirokisiz operativ xotira va periferiyali qurilmalari orasida informatsiya almashishini boshqarish, ularning ish tezliklarini muvofiqlashtirish, kiritish-chiqarishni dasturlashni unifikatsiyalash va yangi periferiyali qurilmalarini ulash imkonini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Dasturni bajarishda prosessor operativ xotiradan navbatdagi komandani tanlab oladi va bu komanda bo‘yicha qanday amallar bajarilishi kerakligini aniqlaydi, talab qilingan amallarni bajaradi va shu vaqtning o‘zida operativ xotiradan keyingi komandani tanlab oladi, olingan natijani operativ xotiraga jo‘natadi va butun sikl boshidan takrorlanadi. Shunday qilib, prosessor va operativ xotira doimiy o‘zaro muloqotda bo‘lib istalgan dasturni bajarishadi, kerak bo‘lganda texnik tizimga kiritsh-chiqarish kanallari yordamida murojaat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |