O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari


To’g’ri ovqatlanish – uzoq umr ko’rish garovi



Download 3,62 Mb.
bet74/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

2. To’g’ri ovqatlanish – uzoq umr ko’rish garovi
Uzoq yillar davomida olimlarning e‘tibori kasalliklarni o‘rganishga va ularning davolash usullarini izlashga qaratilgan edi. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatdiki, faqat shu yo‘l bilan organizmning sog‘lom holatini ta‘minlab bo‘lmas ekan. ―Sog’liqni yoshdan, obro’ni boshdan saqla!‖-deydi dono xalqimiz, bu bejiz aytilmagan maqol. Olimlarning kuzatuvlari shuni isbotladiki, tibbiyot ilmi va amaliyotining markazida bemor odam emas, sog‘lom odam turishi kerak. Olimlar tibbiyotning kelajagi patotsentrizm (patos-kasallik) emas, balki sanotsentrizm (sanos-salomatlik) bo‘lish kerak degan xulosaga keldilar.
Sanotsentrizm–bu inson salomatligiga o‘z vaqtida to‘g‘ri baho berishgina emas,balki muayyan insonning tashqi muhitning noqulay sharoitlariga qarsi tura bilish imkoniyatlarini aniqlash hamdir. Bular amalda inson salomatligining ob‘ektiv mezonlari hamdir. İnsonga umri davomida,asta-sekin yoki tasodifan ta‘sir
ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar xavf solib turadi. Bunday xavflardan xabordor bo‘lish
va o‘z vaqtida oldini olish faqat tibbiyot xodimlarining emas, balki har bir insonning vazifasidir. Ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish-sog‘lom turmush tarzining muhim shartlaridan biridir. ―Mechkay o’z tishlari bilan o’ziga go’r kavlaydi”yoki “Ko’p ovqat egan kishi ovqatni emas,ovqat uni eydi”degan naqllar asosida chuqur ma’no borligini har bir inson yaxshi anglab etmog’i lozim.
Sog‘lom kishining ovqat ratsioni 600 dan ziyod moddalardan tashkil topmog‘I lozim. Ovqat maqsulotlarida, bu moddalar qay darajada o‘zaro munosabatda bo‘lishiga qarab, ularning parhez xususiyati belgilanadi.
Ratsional ovqatlanish deganda shunday qovqatlanish tushuniladiki,bunda
organizmning faoliyati jarayonida sarflangan energiya qiymati,qabul qilinayotgan
ovqatlar hisobiga to’liq qoplanadi. Bunday ovqatlarda inson faoliyati uchun zarur bo‘lgan oqsil, uglevod, yog‘lar, mineral tuzlar, vitaminlar etarli bo‘lib, ovqat miqdori va uning turlari esa oshqozonichak tizimining ferment imkoniyatlariga mos bo‘ladi. Ratsional ovqatlanish – bu oqilona maqsadga muvofiq ovqatlanish demakdir. Odatda, ovqat ratsionida (ratsionovqat ulushida) 1 sutkada 80,0 gramm oqsil, 80-90,0 gramm yog‘, 400-450,0 gramm uglevodlar, 0,1 gramm vitamin, 20 g. mineral moddalar va boshqalar bo‘lishi zarur.
Ratsionning 50-60% - oqsillar, 70% -hayvon yog‘lari, qolgan qisim o‘simlik moylari tashkil qilish kerak. Sutkalik ovqat ratsionida energetik qiymatining 30% ertalabki nonushta paytida, 35-50% tushlikda, 25% kechki ovqatda, 10-15% uyqudan oldin qabul qilish kerak. Har bir inson tarkib va energetik qiymati nuqtan nazaridan barobarlashtirilmagan ovqatlanishdan kelib chiqadigan xavfli omillarning oldini olish maqsadida, qo’yidagi asosiy qoidalarga amal qilishi maqsadga muvofiqdir: Ortiqcha ovqat eyishga chek qo‘yish,tana vazni me‘yordan ortiq bo‘lganda esa energiya sarfini kuchaytirish va ayni paytda kaloriyali ovqatlar iste‘mol qilishni kamaytirish;
Uglevod moddasiga bo‘lgan talabni murakkab tarkibli uglevodlar va
―natural‖qand (mevalar tarkibidagi fruktoza va laktoza) moddalarini iste‘mol
qilishni ko‘paytirish hisobiga umumiy energiya sarfining 48%gacha qoplash;
İshlab chiqarilayotgan,rafinirlashgan qandni iste‘mol qilishni 10%gacha kamaytirish; Zarur bo‘lgan umumiy energiya qiymati tarkibida yog‘larni iste‘mol qilishni 30% gacha qisqartirish,buning uchun go‘sht,tuxum eyishni chegaralash va
yog‘siz sut iste‘mol qilishni ko‘paytirish; Umumiy energetik qiymat tarkibida to‘yingan yog‘larni iste‘mol qilishni 10% kamaytirish; Xolesterin moddasini iste‘mol qilishni kuniga 300 mg. gacha tushirish; Osh tuzini iste‘mol qilishni kuniga 5 g.gacha tushurish. Semirib ketish va shu bilan bog‘liq bir qator og‘ir xastaliklarning oldini olish maqsadida tarkib va energetik qiymati jihatidan organizmning energiya sarfiga barobarlashtirilgan miqdorda ovqatlanish bilan birga, har bir kishi o‘z vaznini mo‘tadillashtirishga intilishi kerak.

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish