O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari



Download 3,62 Mb.
bet75/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

Ovqatlanish tartibi to’g’risida
Mashhur amerikalik olim P.Bregg o‘zining ―Ochlikdan keladigan mo’’jiza‖
nomli kitobida: ‖İnson zichlab ovqat eyishdan va ichishdan uyatsizlarcha o’zini tiya olmasligi sababli, taqdir tomonidan unga yashash uchun berilgan muddatning
yarmini ham yashay olmasdan o’limga majbur. Hatto hayvonlar ham instinktiv
ravishda qanday ovqatni eyish, nimani ichish, qay tariqa yashash tarzida bo’lishligini sezib, kasallik paytida ovqatlanishdan o’zini tiyadi, faqat o’zlariga
foydali narsalarni iste’mol qiladilar. Odamlar esa hazm bo’lishi qiyin bo’lgan ovqatlarni eb, uning ustidan turli zaharli suyuqliklarni ichadilar‖. P.Bregg fikricha 99% bemor odamlar noto‘g‘ri va notabiiy ovqatlanishlari tufayli azob-uqubat chekadilar. Odamlar go‘shtli ovqatlar, qand, choy, kofe, alkagolli ichimliklar ichish va mayin tortilgan undan qilingan non kabi mahsulotlarni iste‘mol qilib, o‘z organizmlarini qay darajada ifloslantirishlarini tushunib etmaydilar.
Ko‘pgina kasalliklar organizmning o‘zini-o‘zi zaharlashi (autointoksikatsiya) tufayli–o‘z tanasida parchalangan to‘qimalarining badanga qaytadan so‘rilishi oqibatida vujudga keladi. Bugungi kunda insonning ovqatlanish muammosini echishga mutaxassislar uchta asosiy omil: tanasining vazni, tarkibi oqsil, uglevod va yog‘lar bilan tenglashtirilgan ovqatlanish tartibi hamda ovqatlarning biologik quvvatliligi nuqtai nazaridan yondoshish zarurligini maslahat beradilar. İnson tanasining me‘yoriy vazni uning buyi ko‘rsatgichidan 100 raqamini olish va yana Ilova 5-6 raqamini chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Yana boshqa bir usulga ko‘ra insonning 20-25 yoshdagi vaznini butun umri davomida saqlab qolish yo‘li bilan me‘yoriy darajaga erishish mumkin. Ovqat qabul qilish oralig‘idagi vaqt 4 soatdan oshmagani ma‘qul. Kechki ovqatni uyquga yotishdan kamida 3 soat oldin iste‘mol qilish lozim. Birinchi suyuq ovqatning harorati +600C İkkinchisiniki +55 0 S dan oshmasligi kerak. Ratsional ovqatlanish tartibi to’g’risida zamonaviy tibbiyot ilmi quyidagilarni tavsiya qiladi:
Dasturxon atrofiga ochlikni engilgina his qilgan holda o‘tirish, zichlab ovqat
emaslik, ochlik va chanqoqlik hislarini farqlay bilish.Ba‘zan,ovqat egandan ko‘ra chanqoqbosdi ichimlik bilan qanoatlanish;ovqatni kunina 3-4 martaiste‘mol qilishga o‘rganish,oraliq ovqatlanish odatidan o‘zini tiya bilish;yaxshisi suv yoki mevalar shirasini iste‘mol qilish bilan chegaralanish; Ertalab, barvaqt tong paytida turganda darrov ovqat emasdan odatdagi belgilangan vaqtda nonushta qilish;
Asabiylashgan holda dasturxon atrofiga o‘tirmaslik, chunki bunday holat ovqatni ko‘p iste‘mol qilishga sabab bo‘ladi. Ovqatni faqat belgilangan vaqtda va yaxshi kayfiyatni saqlagan holda iste‘mol qilish; imkoniyatiga qarab ovqatlanishdan oldin dush yoki vanna qabul qilish, duo o‘qish, meditatsiya qilish, musiqa tinglash;
Ovqat eyayotganda hayotiy masalalarni echish bilan, kitob o‘qish, televizor ko‘rish yoki radio eshitish bilan mashg‘ul bo‘lish tavsiya etilmaydi. Buning o‘rniga faqat ovqat bilan va yoqimli suhbat bilan lazzatlanish; Ovqatlanishda bir vaqtning o‘zida oqsillar (go‘sht, baliq, tuxum) va uglevodlar (non,kartoshka, guruch) kabi mahsulotlarni iste‘mol qilmaslik. Bunday qilinganda ichaklarda achish jarayoni kuchayib, turli gazlar hosil bo‘lishini bilish;Ovqat luqmasini yutishdan oldin kamida 20-30 marta chaynash, ―İkki yalmab bir yutmaslik‖, sog‘lom ovqat hazm bo‘lish asosida –ovqatni yaxshilab chaynash yotishini bilish,shoshilmasdan chaynashni,ovqatning ta‘mini sezib va kam miqdorda eyishni o‘rganish; hind yoglarining ovqati atiga 8 qoshiq gurunchdan iborat bo‘lganligini yodda tutish;
Sho‘rva,mastava kabi suyuq ovqatlarni haftasiga 2-3 marotabadan ko‘p
iste‘mol qilmaslik va bunda suyuq ovqat so‘lak ajratishni talab qilmasligi sababli uning hazm bo‘lishi murakkablashishini bilish; İste‘mol qilinayotgan ovqat tarkibida hayvon yog‘larining kam miqdorda bo‘lishi yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallanish xavfini kamaytirishga olib kelishini bilish;
Zichlab ovqatlanishdan o‘zini tiyish, bunday qilinganda egan ovqatning hazm bo‘lishi qiyinlashishini hamda me‘da va ichaklarda yaro paydo bo‘lishiga olib kelishini anglash; Ovqatlanganda oshqozonning 1/4 qismini bo‘sh qoldirish,engil ochlik his qilgan holda qo‘lni tartish, ―qorning ochmay ovqat egil, qorning to’ymay ko’ling artgil‖ degan xalq maqoliga amal qilish;to‘yish sezgisi 20 daqiqadan keyin paydo bo‘lishini bilish;
Go‘sht, baliq kabi mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlarni haftasiga uch
martadan ziyod iste‘mol qilmaslik. Oqsillarning tanqisligini yong‘oq, pista kabilar bilan to‘ldirish mumkinligini bilish; Sutni birorta ham boshqa oziqlar bilan aralashtirmasdan,alohida o‘zini ichish; Ovqatni suv bilan birgalikda iste‘mol qilishdan tiyilish, bunday qilinganda me‘da shirasi kam ajralishini bilish; Suvni ovqatdan 15-20 daqiqa oldin yoki 2 soat keyin ichish mumkinligini bilish; Haddan tashqari issiq yoki sovuq ovqatni eyish jigar uchun zararli ekanliginibilish; Yangi uzilgan meva va sabzavotlar tarkibidagi shira,tana hujayrasi tarkibidagi (protoplazma) suvga yaqinligini hisobga olib, ularni ko‘proq iste‘mol qilish; shuningdek meva-sabzavotlarga termik ishlov berishda ularning energetic qiymati 90% kamayishini bilish, ularni pishirish uchun qaynayotgan va engilgina tuzlangan suvga solish; Pepsi, fanta, kola kabi gazli va shirin ichimliklar ovqat hazm qilishni
murakklashtirishi, yog‘lar hosil bo‘lishini tezlashtirishini bilish; Shuningdek muzqaymoqni iste‘mol qilishni chegaralash; Pivo ichimligining tarkibida organizm uchun zararli uglevodlar borligi uchun jigarni ifloslantirishini bilish; Kofe ichimligini ortiqcha iste‘mol qilishning foydali emasligini bilish; İnson uchun faqat ovqat eyishgina uning kayfiyatini ko‘taruvchi yagona manba emasligini, tanni yayratishning boshqa turlari ham mavjudligini bilish; “Yaxshi oshpaz-salomatlik dushmani‖, ‖ochlik-eng yaxshi kulinar‖ ekanligini bilish,‖insonni xudo yaratgan bo‘lsa,oshpazni shayton yaratgan‖degan xalq maqolining mag‘zini chaqib yashash;
P.Bregg ―Agar sen dasturxondan ochlikni his qilib turgan bo’lsang, demak sen to’ygansan,agar to’yib turgan bo’lsang, demak zichlab ovqat egansan, agar zichlab ovqat egan bo’lsang, demak zaharlangansan‖ deb aytganda u haqiqatni bayon qilgan edi.

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish