Tamaki chekishning homilaga
zararli ta’siri
Homiladagi oqibati. Homiladorlik davrida chekishlik, uning tarkibidagi zararli moddalarning salbiy ta’siri natijasida quyidagilar kuzatiladi:
1. Chaqaloq massasining kichkinaligi uning yashash qobiliyatini birinchi yilidayoq umri qisqa bo’lishiga sabab bo’ladi.
2. Nikotin yo’ldosh vorsinkalarida atroflik va gipovoskulyar holatlar keltirib chiqarib bachadon-yo’ldosh qon aylanishini yomonlashtirib, homila rivojlanishini, o’sishni sekinlashtiradi.
3. Nikotin ko’krak sutida ham uzoqroq saqlangani tufayli chaqaloqni ham zaharlab qo’yishi mumkin.
4. Homiladorning organizmdagi tiotsionat homilaning o’sishini sekinlashtiradi.
5. Tsianid va uning asosiy metaboliti gipotenziya chaqiradi, tsitoxromalarni faolsizlantiradi. V12 vitaminining metabolizmiga qarshi ta’sir etadi, nervlarda degenerativ o’zgarishlar keltirib chiqaradi, qalqonsimon bez faoliyatini izdan chiqaradi.
6. Homiladorlikning organizmdagi tiotsionatning miqdor darajasi chekilgan sigaretaning soniga to’g’ri proportsionaldir. Tiotsionatning qondagi miqdorining yarmini kamayish vaqti 14 soat hisoblanadi. Demak, ushbu moddalar qonda uzoq vaqt saqlanganda o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi.
7. Passiv holda chekishlikning ham o’ziga xos zararli oqibatlari borligi aniqlangan.
8. Tamaki tutunini chaqaloqqa salbiy ta’sir etishi natijasida nafas yo’llari infektsiyasining kelib chiqishiga sabab bo’ladi va o’pkaga ham salbiy ta’sir etadi.
Xulosa qilib aytish kerakki, homiladorlikda va undan keyin ham chekkan ayol nafaqat o’ziga, avvalo homilaga va so’ngra chaqaloqqa ziyon keltiradi. Eng yaxshisi chekmaslik kerak!
Keyingi o’n yillarda AQShda homilador ayollar tomonidan iste’mol qilish masalasi ham muammolardan bo’lib qolgan ya’ni 1,1% homilador ayollarning chekishi muhim muammolardan bo’lib, ular asosan afrikalik va osiyoliklardan iborat.
Chekishga qarshi davolash ishlari nimalardan
iborat bo’lishi kerak
Ushbu masala ya’ni chekishga qarshi davolashni uyushtirish masalalari ancha murakkab ishlardan hisoblanadi. Chunki nikotinga o’rganib qolishlik ham haqiqiy narkomanlik – bangiliklardan biri hisoblanadi, G.P.Andrux (1977) nikotin narkomaniyasini 3 davrga bo’ladi. (turmush tarzi, odatlanish, qaram bo’lib qolishlik):
I.Davr tartibsiz chekish (bir kunda 5 ta sigareta chekish), chekish to’xtatilgach chekuvchining betoqatliligi. Bu davrda nikotin «Abstinentsiya»si bo’lmaydi.
II.Davr muntazam chekishlik (kuniga 5-15 ta chekish), qisman jismoniy qaramlik, «Tolerantlilik»ning oshishi, biroz abstinentsiya holati, ichki a’zolarda ayrim oqsashliklar. Chekish to’xtatilsa hammasi yo’qola boradi.
III.Davr-tolerantlilik yuqori darajaga etadi, abstinentsiya sindromi og’ir kechadi, jismoniy qaramlik, undan qutilishlikning qiyinligi (kuniga 1-1,5 pachka chekish), nahorga chekish, ovqat eb bo’lish bilan va kechasi chekishlik. Ayrim a’zolarda o’zgarishlar, nerv tizimida ham faoliyatning pasayishi kuzatiladi.
P.Andrux (1979) dori vositalarini ta’sir mexanizmiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi:
1. O’rinbosar terapiya – ushbu davolashning mazmuni nikotinga o’xshash ta’sir etuvchi, uni o’rnini bosadigan preparatlardan foydalanishdir. Masalan – lobelin, tsititon, pilokarpin, tabeks, anabazin, vitaminlardan V- guruh vitaminlari, vitamin – S, glyutamin kislota kabilar.
Ushbu preparatlar vegetativ nerv tizimiga ta’sir etib, nikotinga talabni, chekishga bo’lgan xavasni kamaytiradi. Ana shu maqsadda «chaynaydigan rezina»dan ham foydalaniladi.
2. Simptomatik terapiya – bunda uyqu dorilar, og’riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi (valeriana, sibazon va boshqa preparatlar). Vositalardan qo’llanadi. Ular chekuvchilardagi ruhiy buzilishliklarni bartaraf etadi.
3. Aversion terapiya – ya’ni chekishga qarshi preparatlar shartli refleks hosil qilish yordamida bilan davolash usulidir. Ular quyidagi preparatlardir: lyapis, kumush preparati, tannin eritmasi, glitserin, kollargol,apomorfin, emetin, termopsis o’ti, ruh nitrat, mis nitrat kabilar. Masalan, 0,5%li lyapis eritmasi bilan og’izni chayilsa nikotinga (chekishga) nisbatan jirkanish yomon ko’rib qolishlik paydo bo’ladi. Boshqa preparatlar ham shunday ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |