Tamakining odam xarakat faoliyatiga
Salbiy ta’siri
Ma’lumki muntazam va me’yorda mehnat qilgan kishi jismoniy baquvvat va salomatligi yaxshi bo’ladi. Ammo, tamaki inson salomatligining havfli dushmanidir.
Ko’pgina o’tkazilgan tajribalarga ko’ra chekish natijasida odam mushak tizimining faoliyati, mushaklarning ishlash qobiliyati birmuncha susayganligi aniqlangan. Masalan, bir nechta sigaret chekilgach 10-15 daqiqadan keyin mushaklarning kuchi 15% ga kamayganligi aniqlangan. Yana qizig’i shundaki, chekadigan katta odamlarda charchashlik ushbu ko’rsatkichdan ham 9-15% ga kamayganligi tasdiqlangan.
Sportchilarda ham tajribalar
O’tkazilganmi?
Ha, bunday tadqiqotda tajribalar juda ko’p o’tkazilgan. Masalan, mushaklar koordinatsiyasining o’zaro muvofiqlashishini tekshirib ko’rilganda chekish natijasida oradan bir oz vaqt o’tgach koordinatsiyalanish 23,5%ga susaygan. Shuningdek, sportning barcha turlarida ham chekishning sportchi faoliyatiga salbiy ta’siri haqida juda ko’p ma’lumotlar bor. Masalan, bir dona sigareta chekish to’pni nishonga etkazishni 12%ga, ikki dona sigaret esa 14,5% ga kamaytirgan. Kashandalarning ish qobiliyati chekmaydiganlarga qaraganda ancha pastligi azaldan ma’lum.
AQShda o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatganki, kashandalarning qobiliyatsizligi tufayli Ilova ravishda yo’qotilgan ish kunlari 77 mln., kasal bo’lib, to’shakda o’tkazilgan kunlar soni 88 mln., ish qobiliyati pasayib ketgan kunlar 306 mln. gacha etgan. 45-64 yoshli erkaklarning chekishi tufayli yo’qotilgan ish kunlari ish qobiliyati yo’qolgan umumiy kunlarning 28% ni tashkil qilgan.
Bulardan tashqari, ta’maki chekish bilan ishlab chiqarish travmatizmi o’rtasida bog’lanish borligi, chekish tufayli travmatizmning har xil turlari ham etarli darajada bo’lganligi aniqlangan.
Tamaki chekishning aqliy mehnatga ta’siri qanday?
Ushbu masala ham muhim hisoblanadi. Chunki tamakining aqliy mehnatga ta’sirini bilishga ko’pchilik qiziqadi. Ochig’ini aytganda bu masala kashandalarning fikrlari bir-biriga qarama-qarshi bo’lishi ma’lum darajada sub’ektiv hisoblanadi.
Odamlarda ham tajriba o’tkazilgan. Buning uchun laboratoriya sharoitida ikki guruh talabalardan olib har biri 9 ta talabadan iborat bo’lgan va ularga deyarli bir xil darajada aqliy mehnat qiladigan ish topshirib, chekadigan guruhdagi talabalarning aqliy mehnat faoliyatining ko’rsatgichlari birmuncha pasayib ketganligi aniqlangan. Masalan:
Yodlash – 4.42%ga;
xarflarni aniq ko’chirish – 7-9% ga;
sonlarni to’g’ri qo’yish – 5.55%ga;
xarflarni ko’chirish tezligi – 1.02%ga;
xotira xajmi esa – 5.07%ga pasayib ketgan.
Ayrim chekuvchi kishilarning fikricha chekkanda go’yoki quvvatga to’lgandek va «Yorishgandek» bo’lib tuyuladi. Bunday fikrlarga qo’shilib bo’lmaydi. Aslida esa tamaki chekish kishining aqliy mehnat faoliyatini pasaytiradi, bajaradigan ish hajmini kamaytiradi va uning sifatini yomonlashtiradi.
Xulosa qilib shuni aniq aytish kerakki, tamaki odam ish qobiliyatini chin emas, balki sohta stimulyatoridir. Tamaki kishining ish qobiliyatini oshiradi degan fikr asossiz va sohtadir.
Shuni hisobga olish kerakki, qish kunlari havoning buzilish havfi yanada ortadi, chunki uyni shamollatishlar birmuncha qiyinlashadi.
Shuning uchun ham chekilsa xonada o’tirgan kishilar ko’pincha bosh og’rishi, bosh aylanishi, yurakning tez-tez urishi va tez charchagandek bo’lishlaridan shikoyat qiladilar. Bunday holatlar uzoq vaqt davom etaversa, u holda tamaki chekmaydigan kishilarda tamaki zaharidan surunkali zaharlanish ro’y berishi mumkin. Bunday holatlar bolalar, xomilador aëllar uchun ayniqsa xavflidir.
Davlat chekish natijasida kelib chiqadigan ëki qaytalaydigan turli xildagi yo’qotilgan ish qobiliyatsizligiga bir talay mablag’lar sarflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |