Yurak –tomirlar tizimiga ta’siri
Agarda organizmdagi yurak to’xtasa nafas ham to’xtaydi va aksincha nafas to’xtasa yurak ham to’xtab, hayot tugaydi. Chunki har ikkilasining faoliyatini boshqarib turuvchi markazlar bir joyda uzunchoq miyada (bo’yinning yuqori qismi - ensada) joylashgan va hujayra-to’qimalar ham ana shu joyda, yoyilgan-tarqalgan holda joylashgan. Ma’lumki, qon orqali, yurak tomirlarni harakati tufayli butun organizmga kerakli kislorod va oziqa moddalarini etkazib beradi. Mittigina yurak qon tomirlar orqali bir kecha-kunduzda 6-7 tonna qonni o’ziga qabul qilib, qisqarishi hisobiga ushbu qonni butun tanaga tarqatadi. Yurak to’xtasa hayot tugaydi. Shunday ekan uni asrab-avaylashlik eng muhim masaladir. Shuning uchun ham har bir inson uni asrashlikni hech qachon esdan chiqarmasligi, uni zaharlamasligi kerak.
Chekishning yurak-tomirlar tizimi faoliyatiga ta’siri juda murakkab bo’lib, ular turli-tuman ko’rinishda va ikki fazali ta’siri bilan namoyon bo’ladi. Masalan:
1) Chekish paytida nikotin reflektor ravishda yurak qisqarish ritmini 18-20tagacha tezlashtiradi, taxiokardiya yuz beradi, mayda tomirlarni qisqartiradi va u 2-3ta papiros chekilgandayoq boshlanib, siqilish 20-30 daqiqa davom etadi. 20-30ta cheksa (kuniga) tomirlarning torayishi uzoq davom etadi.
2) Qonga buyrak usti bezi mag’iz qismidan adrenalin va noradrenalin kabi mediator-garmonlar chiqadi. Ular simmatik nerv tizimini qo’zg’otadi.
3) Natijada arterial qon bosimi oshadi. Gipertoniya yuz beradi.
4) Yurak toj tomirlarining siqilishi natijasida yurak mushaklari (miokard)ning kislorod va oziqa moddalari bilan ta’minlanishi yomonlashadi.
5) Tamaki tutuni ta’sirida qonning ivish jarayoni ortadi. Tromboz hosil bo’lish jarayoni havfi ortadi.
6) Vitaminlar (ayniqsa S) almashinuvi buzila boshlaydi.
7) Xolesterin almashinuvi buzilib, tomirlar devorida xolesterin yig’ila boshlaydi. Qonda erkin kislotalar, glitserin va oqsillarning oshishi, kuzatiladi.
8) Natijada tomirlar devorida aterosklerotik tugunchalar paydo bo’laboshlaydi. Ayniqsa 35 yoshdan oshganlarda bunday jarayon kuchaya boradi. To’qima-hujayralarning kislorod va ozuqa moddalri bilan ta’minlanishi yomonlasha boradi. Moddalar almashinuvi jarayoni susaya boradi va ular turli xil xastaliklarning paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi.
9) Kashandalarda oyoq tomirlari torayib, endoartrit paydo bo’ladi. Oqsoqlana boshlaydi. Og’riq va boshqa holatlar yuz beradi.
10) Teri osti tomirlarining torayishi natijasida, teri harorati pasayadi, ajin tushadi. Tez qarish alomatlari kuzatiladi. Ayniqsa ayollarda- qizlarda tezroq ko’zga tashlanadi.
11) Yiliga 38 quti papiros chekuvchilarda «yurak toj tomirlari»ning bir tarmog’i, oyiga birnechta quti chekkanlarda koronar toj tomirlarining har uchchala tarmog’i zararlanadi.
12) Natijada «Stenokardiya», «Miokard infarkti» va «Insult» kasalliklari kelib chiqadi. Chekmaydiganlarga nisbatan chekuvchilarda ushbu kasalliklarning 12-13 marta ko’p uchrashi ilmiy asosda aniqlangan. AQShda yurak xastaliklari tufayli har yili 60000dan ortiq o’lim sodir bo’lar ekan (V.A.Frolov, 1968).
13) Qonda katexolaminlar, AKTG, o’sish garmoni, prolaktin, V-endorfin, kortizol, vazopressinlarning oshishi aniqlanadi.
14) Shuningdek, aorta anevrizmi, yurakning to’satdan to’xtashi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |