Darsning maqsadi: Talabalarda tabiatga, biosferaga muhabbatini shakllantirish.
Vazifalari: Sog’lom avlodni shakllantirish.
Darsning borishi: Muhit-bu shaxsga ta`sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar yig’indisidir. Ular, tabiiy muhit (geografik, ekologik) ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat) va boshqalardan iborat bo’ladi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya`ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun belgilangan imkoniyatlari muhimdir. Faqat tarbiya orqaligina insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta`sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqealarning to’g’ri ijobiy ta`sirini
amalga oshirish imkoni tug’iladi. Muhit beraolmagan narsalar tarbiya orqali ta`sir qilinadi, hatto tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklarni ham yo’qotib shaxsni kamolga etkazish mumkin.
Mikromuhit o’zida qisman ijtimoiy muhitni qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog’da u nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo’lib, oila, maktab, do’stlar, tengqurlar, yaqin kishilar va shu kabi unsurlarni o’z ichiga oladi. Bolani qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy, rivojlantiruvchi (progressiv) va inqiroz etuvchi hodisalar mavjud. Agar bola o’z tug’ma layoqatiga mos sharoitda o’sib, zarur faoliyat bilan shug’ullansa, layoqat erta ko’rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo’lmasa yo’q bo’lishi yoki «mudroq»ligicha
qolib ketishi ham mumkin.
Oila muhiti – mikromuhit ham o’ziga xos muhim tarbiyaviy ta`sirga ega. Shu boismustaqillikka erishilgandan so’ng o’tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o’rni va roli masalalari chuqur tahlil etilmoqda.
Oila muhiti hamda ijtimoiy muhit o’rtasida o’zaro ta`sir, ikki tomonlama aloqa mavjud. Mavjud ijtimoiy muhit insonning o’sib borayotgan ongiga ta`sir etadi, ijtimoiy tuzum darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning shaxsga nisbatan ongli ta`siri ham shunchalik yuqori bo’ladi. Ushbu ta`sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Tarbiya - biror maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, u muayyan reja, dastur g’oyalari asosida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan kishilar tomonda tashkil etiladi. Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta`sirlarning barchasi bilan bog’liq holda ta`sir qiladi. Bunda qulay, samarali omillardan foydalanadi, salbiy ta`sirlarning kuchini
ma`lum darajada kamaytiradi. Bola shaxsining rivojlanishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta`sir etadi. Bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta`siri deganda, ota-onalarga o’xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarning takrorlanishini tushunmoq kerak. Shar bir bola ota-onasidan meros shaklida
ba`zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochining, ko’zining, terisining rangi, bo’yi basti va boshqalar) ega bo’lgan holda dunyoga keladi. Bular jismoniy xususiyatlardir. Oliy nerv faoliyatining xususiyatlari ham tug’ma tadi. Bu fiziologik xususiyat hisoblanadi.
Agar bola o’z layoqatiga mos sharoitda o’sib, zarur faoliyat bilan shug’ullansa, layoqat erta ko’rinib, rivojlanishi, aks holda yo’q bo’lib ketishi mumkin. Shuning uchun pedagogic layoqatning namoyon bo’lishi va qobiliyat sifatida rivojlanishi to’la-to’kis hayot sharoitiga va tarbiyaga bog’liq.
Nazorat savollari
1.Ekologik valeologiya haqida nima bilasiz
2.Ijtimoiy va oila valeologiyasini rivojlantirish haqida nima deysiz.
3.Pedagogik valeologiya haqida nimalarni bilasiz.
3-AMALIY MASHG’ULOT:
MAVZU: TURMUSHNING ZARARLI ODATLARI.
Do'stlaringiz bilan baham: |