O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari


NERV HUJAYRALARI QAYTADAN TIKLANMAYDI



Download 3,62 Mb.
bet35/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

NERV HUJAYRALARI QAYTADAN TIKLANMAYDI
Ichilgan har qanday spirtli ichimliklar (alkogol) avvalo organizmning nerv tizimiga ta’sir etadi. Buning natizasida bosh miyadagi miya po’stlog’i, undagi markazlar, uzunchoq miya, miyacha, orqa miyacha, so’ngra boshqa qismlari faoliyatiga zarar etkazadi.
Ma’lumki, bosh miyaning po’sloq qismida pastdagi barcha markazlarning in’ikosi (soyasi) joylashgan bo’lib, unda 14 millardan ko’p nerv hujayralari mavjud. Ular bir-birlari bilan chambarchas tutashgan bo’lib, shu tufayli cheksiz vazifalarni bajaradi. Miya po’stlog’i etti qavatdan iborat va ularda turli xil hujayra-to’qimalar mavjud bo’lib, barcha murakkab vazifalarni, kelgan xabarlarni tahlil (analiz-sintez) qilib, tegishli javoblar orqali organizmni boshqaradi, himoya qiladi, dirijyor sifatida ishlaydi. Buyruq beradi.
Alkogol haqiqiy narkotik moda sifatida birinchi galda miya po’stlog’i va markazlarga ta’sir qilib, ularning faoliyatini buzadi, ruhiyatni izdan chiqara boshlaydi. Chunki spirt yog’ va yog’simon moddalarda yaxshi erigani uchun, bosh miya to’siqlaridan osonlikcha o’tib, uning hujayra-to’qimalariga joylashib, oz miqdordagisi ham faoliyatini izdan chiqaradi.
Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra ichilgan alkogol hujayra-to’qimalarda 15-30 kungacha saqlanar ekan. Shifokor V.P. Pikusning 2 yillik tajribasida, shofyorlarda yurak ritmining buzilishi, qon bosimining o’zgarishi, engil titrash, reflektor faoliyatning buzilishi, sezgirlikning o’zgarishi, hujayra-to’qimalarda suv yig’ilishi kuzatilgan. Shuningdek, diqqat turg’unligi, ruhiy va jismoniy xarakat reaktsiyasi buzilgan. Shofyorning mashinani boshqarish qobiliyati pasaygan. Ular 60 foyizdan ortiq shofyorlarda tasdiqlangan.
AROQ VA RAK. RAK OLDI KASALLIKLARI
Ma’lumki, kasalliklarni davolashdan ko’ra uning oldini olishlik afzal-muhim hisoblanadi.
Hozirgi kunda inson salomatligiga putur etkazadigan va yomon oqibatlarga olib keladigan, eng ko’p tarqalgan kasalliklardan biri yurak-tomir xastaliklari bo’lsa, undan keyingi o’rinlarni yomon o’simta kasalligi – rak egallamoqda.
Ushbu kasallikning ikki xil turi mavjud bo’lib, birinchisi turli xil sabablarga ko’ra paydo bo’lgan «nonormal» hujayralar (rak hujayrasi) organizmning biror joyida joylashib olgach, jadal sur’atda, qobiqqa o’ralgan holda ko’paya boradi va atrofidagi to’qima-hujayralarga, a’zolarga o’z tazyiqini ko’rsatadi. O’simta borgan sari kattalashib boradi. Uni tegishli kimyoterapevtik dori vositalari bilan davolash hamda jarrohlik yo’li bilan olib tashlanadi. Shuning uchun u «beziënroq» (dobrokachestvenniy) nomini olgan. Ikkinchi xili «yomon sifatli» (zlokachestvenniy) deb atalib, u qobiqqa o’ralmay atrof tevarakka qarab ko’paya boradi va so’ngra limfa yoki qon tomirlar orqali organizmning boshqa joylariga tarqaladi. Rak kasalligi va onkologiya faniga Gippokrat va Abu Ali ibn Sinolar katta hissa qo’shishgan.
Hozirgi kunda rak kasalligining kelib chiqishi to’g’risida bir qancha nazariy-fikrlar bo’lib, birinchisi bo’yicha «onkoviruslar» sababchi bo’ladi. Ular asosan hayvonlarda, o’simliklarda ushbu kasallikni keltirib chiqaradi. Ikkinchisi turli xil sabablarga ko’ra kelib chiqadi, masalan, quyosh nurining ultrabinafsha to’lqinlari, rentgen nurlari, radioaktiv nurlar, toshko’mir, margimush, slanets, neft qoldiqlari, qorakuya, qatron, o’zidan nur tarqatuvchi asbob-uskunalar, televizor va boshqalar, nur tarqatuvchi tog’ jinslari, ayrim marmartoshlar, turli xil mexanik ta’sirotlar (miya chayqalishi, organlarning shikastlanishi) va boshqalar.
Rak kasalligining birqancha turlari mavjud: teri, bosh miya, og’iz, qizilo’ngach, meda, yo’g’on ichak, jigar, o’pka, leykoz (oq qon) tanachalari kasalligi va boshqalar.
Bularning kelib chiqishida ko’pincha rak oldi kasalliklari kuzatiladi: shuni alohida qayd etish kerakki, rak va rak oldi kasalliklarining kelib chiqishiga surunkali spirtli ichimliklardan iste’mol qilish hamda chekish asosiy omillardan hisoblanadi va ularning Yana boshqa salbiy ta’siri organizmda mavjud bo’lgan rak oldi va rak kasalliklarining rivojlanib ketishiga asosiy turtki bo’ladi. Shuning uchun ham spirt ichimliklar ichish va chekishdan saqlanish, rak va rak oldi kasalliklarida saqlanishda eng muhim ahamiyatga ega.

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish