O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari



Download 3,62 Mb.
bet16/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

Chekishning odam organizmi uchun
Zararli oqibatlari
Chekish va uning odamga, uning organizmiga zararli ta’siri hamda insoniyatga keltirayotgan turli xil o’ta salbiy oqibatlari hozirgi kunda ko’pchilikka ma’lum. Chekish yuqorida aytilgandek narkomniyaning to’rtinchi guruhi hisoblanadi.
Ammo uning boshqa guruhlardan farqi, unga qarshi kurashish va oldini olish masalalari eng qiyini bo’lib, juda keng tarqalgan va tarqalayotganidir. Shuning uchun ham butun dunyo bo’yicha eng og’ir muammolardan bo’lib qolmoqda. Na chora! U insoniyat uchun odat tusiga kirib qolayapti.
Odat – bu shaxsning muayyan hatti-harakatlarini bajarishga bo’lgan turg’un ehtiyojdir. Masalan kishi cho’ntagidan sigareta qutisini oladi, qutidan navbatdagi sigaretani tortib chiqaradi, qutini yana cho’ntagiga solib qo’yadi, sigaretani tutatadi.
Bunday odat tufayli, qayta-qayta chekish inson ruhiyatida chuqur-salbiy iz qoldiradi va shuningdek, chekish natijasida og’iz bo’shlig’i, yutqun, bronxlarning shilliq qavatlarini o’pka olveolalariga va atrof muhitga ko’rsatadigan salbiy-zararli ta’sirlar, tishlarning qorayishi, og’izdan nohush hidlarning atrofga tarqalishi kabilar kun sayin davom etaveradi, natijada uning sog’lig’iga atrofdagilarga, ish unumi va sifatiga, ayniqsa iqtisodiyotga doimiy zarar keltira boradi. Yana kishining ruhiyatiga ta’sir etib, fe’l-atvori o’zgacha shakllanadi. Jahldor, jizzaki bo’lib qoladi.
Tamaki nima. Tarkibida
Nimalar bor?
Avvalo shuni aytish kerakki, tamakini chekishadi, xidlashadi va shimishadi. Bizning mintaqalarda, odatda tamakini chekishadi.
Tamaki o’simligi Respublikamizning ko’pgina xududlarida o’stiriladi. Lekin eng ko’p va oliy sifatli, dunyoga tanilgan hili Samarqand viloyatining Urgut tumanida etishtiriladi.
Keyingi o’rinda Farg’ona vodiysining Oltiariq xududlarida etishtiriladi.
Ishlangan tamaki bargining kimyoviy tarkibi quyidagicha: nikotin alkaloidi (1-4%), karbonsuvlar (2-20%), oqsillar (1-13%), organik kislotalar (5-17%), efir moylari (0,1-1,7%). Tamaki tarkibiga kiruvchi moddalar nisbatiga qarab uning sifati belgilanadi.
Papiros chekish jarayonida tamaki quruq haydaladi, bunda turli xil maxsulotlar: nikotin moddasi, uglerod (II) oksid, tsianid kislota, ammiak, karbonsuvlar, yog’, sirka, chumoli va valeriana kislotalari, akreolin, antratsin, piren, efir moylari, vodorod sulfid, farmaldegid, pektin moddalar, piridin, anilin,ammoniy atsetat (II) oksid, lyutidin, kollidin, kantserogen uglevodorod va boshqalar hosil bo’lish jarayoni kechadi. Umuman, ushbu jarayonda ming-minglab juda mayda bo’lgan zararli zarrachalarni chekish natijasida nafas yo’llariga – o’pkaga olinadi. Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, tamaki tutuni tarkibidagi moddalarning eng xavflisi nikotin hisoblanadi.
Olimlarning aytishicha tamakida yana bir qancha boshqa kimyoviy birikmalar borki, ular albatta organizm uchun zararli va zaxarli ta’sir ko’rsatadilar.
Yanada daxshatliroq narsa - chekuvchining nafas yo’llarida - traxeyada, bronxlar va bronxiolalarida, o’pka to’qimalarida, shuningdek, ichki a’zolarida radioaktiv modda oz-ozdan to’planadi. U poloniy-210 deb nomlanadi. U o’zidan nurlar chiqaradi va bunday radioaktiv ta’sir natijasida organizmda yomon o’simta (rak) kelib chiqadi.
Tamaki tutunidagi-piridin asoslari ham eng zaxarli hisoblanadi.
Sinil kislota yoki boshqacha nomi tsianistovodorod kislota. U kaliy tsianid xosil qiladi. Ular ichki-hujayra va to’kima nafasini izdai chiqaruvchi o’ta kuchli zaxar hisoblanadi.
Umuman kishi tamaki tutuni orqali o’z organizmiga kislorodni 2-3 marta kam oladi, karbonat angidridini esa 200 marta ko’p oladi. Tamaki tutuni tarkibida o’ta salbiy ta’sir qiladigan is gazi 5%-ni tashkil qiladi.
Sigaretani tutatib chekilayotgan sigaretaning uchida 300-6000 S gacha issiqlik harorati paydo bo’ladi. Bunda tamaki tutunida o’nlab-yuzlab zararli kimyoviy moddalar sintezlanadi – paydo bo’ladi. Jumladan, nikotin, is gazi (SO), karbonat angidridi (SO2) qo’zg’alishi, turli hil qatronlar-kuyindilar, sinil kislota, chumoli kislota va boshqa kislotalar, oltingugurt, radioaktiv poloniy va benzpirenlar (rak keltirib chiqaruvchi), ammiak, formaldegidlar, qorakuya va boshqa ko’pgina kimyoviy moddalar chiqaradi.
Chekilayotgan tamakida 0,7-6% nikotin bor. 80-120 mg nikotin erkak kishi uchun o’ldiruvchi miqdordir.
Nikotinning odam organizmiga zaharli ta’sir mexanizmi quyidagicha bo’ladi:
1) Moddalar almashinuvi va eng muhimi oqsillar almashinuvi buziladi. 2) Organizmda vitaminlarning (A, V1, V6,V12) etishmasligi kuzatiladi. 3) S vitamini odatdagidan 1,5 barobar kamayib ketadi. 4) Natijada organizmning quvvati oqsaydi. 5) O’sish orqada qoladi. 6) Jismoniy mehnat qobiliyati pasayadi. 7) Aqliy-ruhiy qobiliyati ham oqsaya boradi va boshqalar.
Nikotinning zaharli ta’siriga tamaki tutunidan boshqa zararli moddalarning salbiy ta’siri qo’shilib, kuchaya boradi. Jumladan, kishi 20 dona sigareta cheksa, 309 ml. uglerod oksidi, 0,032 mg. Ammiak, 0,61mg piridan asoslari, 0,6 mg sinil kislotasi va boshqa bir qancha zaharli moddalarni o’z organizmiga kiritadi.
Is gazi (SO) o’pkaga kirgach qondagi, (eritrotsit ichidagi temir valentiga birikib oladi va eng muhimi uning temirga birikish kislorodga nisbatan 200-300 marotaba kuchli ta’sir etadi. Ma’lumki, har bir eritrotsit ichidagi gemoglabin o’zida 4 ta temir (Fe) elementi tutadi va u o’ziga 4-molekula kislorodni (O2) biriktiradi va uni hujayra-to’qimalarga etkazib berib, qaytishida karbonat angidridini (SO) biriktirib olib, o’pka orqali tashqariga chiqarib yuboradi.
Agarda havoda is gazi (SO) bo’lsa, shu tariqa kislorod o’rniga birikib olib, kislorodga joy bermay, temir valentidan ajralmay qonda uzoq vaqt aylanib yuradi va natijada organizm, birinchi galda bosh miyadagi markazlar, ayniqsa, miya po’stlog’idagi oliy markazlarning faoliyati izdan chiqadi.
Agar nafas olayotgan havoda 0,1 % is gzi bo’lsa, u gemoglabinni 80% egallaydi va og’ir oqibatlarga olib keladi. Natijada bosh aylanishi, hotiraning zaiflashishi, bosh og’rishi va nihoyat o’zidan ketadi, og’ir zaharlanishi o’lim bilan tugaydi.
Xulosa shuki, tamaki yonganidagi, chekayotganda hosil bo’lgan tutunning 1sm kub xajmida 4000-6000 miqdorda “ultra mayda” zarrachalar borki, ularda yuqorida qayd etganlardan boshqa zararli va zaxarli moddalar bor bo’lib, barchasi umr zavoli hisoblanadi.



Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish