Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
“… Hammamizga teran bir haqiqat ayon bo’lishi kerak – biz yurtimizning ertangi rivoji haqida qanday chuqur o’ylangan dasturlarni yaratmaylik, bu rejalarni bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoniyatlar yaratmaylik, buning uchun qancha ko’p sarmoya safarbar etmaylik, ularning barchasini amalga oshiradigan , ro’yobga chiqaradigan qudratli bir omil borki, u ham bo’lsa, yuqori malakali ishchi kuchi va yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan yetuk mutaxasis yoshlarimiz uchun o’ylaymanki, hech qanday xato bo’lmaydi.(“Barkamol avlod dasturi”, “O’zbekiston”. 2010 y 80 bet)
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kunlardan boshlaboq Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov mamlakatimizdagi kadrlar tayyorlash masalasiga asosiy e’tiborni qaratib, muntazam ravishda yosh avlodning barkamol bo’lib yetishishi va mustaqil O’zbekistonning fidoyi kadrlari bo’lmog’i uchun sharoitlar yaratib bermoqdalar, o’zlarining har bir nutqlarida yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, bilim saviyasi, dunyoqarashini shakllantirish kabi dolzarb muammolarga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Quyida keltirilgan iqtiboslar so’zlarimizning yaqqol dalilidir:
Kadrlar tayyorlash haqidagi fikrlarni quyidagi so’zlardan ham ko’rishimiz mumkin: “Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik, qanday muammoni yechish zarurati tug’ilmasin, gap oxir-oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi o’rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog’liq. (Karimov I, “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.- T.,”O’zbekiston”. 1999 y, 18-bet)
Dunyo miqyosida noyob Kadrlar tayyorlash dasturining mazmun-mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari, ustuvor yo’nalishlari haqida Yurtboshimiz 1990 yilda - respublikamizda ilm-fan va ta`lim sohasining moddiy-tehnik bazasi, kadrlar tarkibi achinarli ahvolga tushib qolgan, bu sohalar "qoldiq" prinsipi asosida moliyalashtirilayotgan, jumladan, 1700ta maktab binosi avariya holatida bo’lgan bir vaziyatda, uzoq va davomli maqsadlarni ko’zlab katta ishonch bilan fikr bildirgandi.
Shu borada e`tiboringizni kichik bir iqtibosga qaratmoqchimiz:
"... Bizga kadrlar tayyorlashning mahsus milliy dasturi kerak.
Bu dastur:
- umumiy ta`lim maktablarida dars berish sifatini oshirish (o’qituvchilarni, metodistlarni qo’shimcha ravishda moddiy rag’batlantirish, maxsus sinfxonalar barpo etish, oliy o’quv yurtlarining maktablarni otaliqqa olishini yo’lga qo’yish va shu kabilar)ni;
- eng iste`dodli bolalar uchun maktablar ochishni;
- korxonalar bilan maktablar o’rtasida sifat jihatidan yangi munosabatlarni joriy etishni;
- hunar-texnika bilim yurtlarida xo’jalik xisobini joriy etishni va shu asosda ommaviy kasb kadrlarini tayyorlash sifatini keskin oshirishni;
- oliy o’quv yurtlarida mutahassislar tayyorlash sistemasini qayta qurishni, bu sohaga kadrlar tayyorlashning buyurtma berish usulini joriy etishni;
- respublikaning yuqori malakali milliy mutahassislarini tayyorlash uchun Ittifoqdagi va chet ellardagi eng yaxshi markazlarga yoshlarni yuborish sistemasini o’z ichiga olishi kerak.
Darvoqe, bu sohada hozirning o’zidayoq bir muncha ish qilinmoqda. Yaqinda Farg’ona davlat dorilfununini, Buxoro meditsina institutini, Nukus pedagogika institutini va shu kabilarni tashkil etish haqida qarorlar qabul qilindi..." Shu o’rinda 2004 - 2011 yillarda 4 mln. 275 ming o’quvchi o’rinli 8832ta maktabda qurilish-ta`mirlash ishlari amalga oshirilganligi, ushbu maqsadlarga jami 1 trln. 538 mlrd. So’m sarflangani, birgina 2011 yilning o’zida 46300 dan ortiq o’quvchiga mo’ljallangan 166ta yangi maktab qurilgani va rekonstruksiya qilinganligi, 151ta maktab kapital ta`mirlanganligini yodga olsak bu borada istiqlol - buyuk ne`mat ekanligiga amin bo’lamiz.
Bugun O’zbekiston aholisining deyarli 100 foizi savodli. Yalpi ichki mahsulotning 10 - 12 foizi ta`limga sarflanmoqda (Eng ilg’or mamlakatlarda bu ko’rsatkich 3 - 5 foizdan oshmaydi). Respublika xalq ta’lim tizimida 5215 maktabgacha tarbiya muassasasi, 9779 umumta`lim maktabi, 303 musiqa va san`at maktabi, 432 bolalar va o’smirlar sport maktabi faoliyat ko’rsatmoqda.
Yana bir bor tarixiy chekinish qilsak-da, o’tgan asrning 80- yillariga hayolan qaytsak. O’sha paytda 4248ta maktab gazlashtirilmagan, 4253tasi oddiy telefon aloqasi tizimiga ulanmagan, 3581 maktab toza ichimlik suvi bilan ta`minlanmagani ham yaqin o’tmishimizning xunuk manzaralaridan biridir. Bularning barchasi ta`lim-tarbiya jarayonini me`yorida tashkillashtirishga keskin to’sqinlik qilgani, uning sifat va samaradorligiga o’ta salbiy ta`sir ko’rsatgani achchiq haqiqat.
Yana XX asrning 80- yillari o’rtalariga qaytsak. O’sha o’ta murakkab, og’ir, taxlikali bir davrda Islom Karimov ta`biri bilan aytganda, "Mahalliy kadrlar va boshqa mintaqalardan jo’natilgan kadrlarning sun`iy tarzda kuchaytirilgan qarama-qarshiligi o’nglash qiyin bo’lgan siyosiy va ma`naviy zarar yetkazdi.
Boshqa mintaqalardan jo’natilgan kadrlarning ba`zilari respublika ehtiyojlari va kulfatlariga hamdard bo’lish u yoqda tursin, balki partiya, sovet va huquqni muhofaza etish organlari va boshqa organlarda o’zlarining rahbar lavozimlariga tayinlanishlarini o’zboshimchalik qilish uchun berilgan yorliq deb bildilar.
I-Bob. “Kompuyuter qurilmalari” sotish bilan shug’ullanuvchi shahobcha ma’lumotlar bazasini avtomatlashtirilgan tizimininig avtomatlashtirilgan loyihalash jarayonlarini nazariy asoslari.
1.1 “Kompuyuter qurilmalari” sotish bilan shug’ullanuvchi shahobcha ma’lumotlar bazasi axborot-boshqarish tizimlarining rivojlanish bosqichlari
Bugungi kunda ishlayotgan ma'lumotlar bazalarining eng keng tarqalgan turlaridagi ma'lumotlar qayta ishlash va so'rovni samarali qilish uchun odatda bir qator jadvallardagi qatorlar va ustunlarda modellashtiriladi. Keyin ma'lumotlarga osongina kirish, boshqarish, o'zgartirish, yangilash, nazorat qilish va tartibga solish mumkin. Ko'pgina ma'lumotlar bazalari ma'lumotlarni yozish va so'rash uchun tuzilgan so'rovlar tilidan (SQL) foydalanadi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol o’ynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Programma tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan programmalardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: ma’lumotlarning turi va ko’rinishi ularni qo’llaydigan programmalarga bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o’zgartirganda, programmalarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim;
MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin.Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Ma’lumotlar bazasini qurishda insonga yo‘naltirilgan mantiqiy ifodalanish haqida va uzoq muddatli xotira qurilmasiga yo‘naltirilgan jismoniy ifodalanish haqida gapirish an’anaga aylangan. quyudagi rasmda predmet sohasining ma’lumotlar bazasida ifodalanishi bilan bog‘liq asosiy tushunchalar keltirilgan.
1.2 Kompuyuter qurilmalari” sotish bilan shug’ullanuvchi shahobchaning ma’lumotlar bazasi axborot-boshqarish tizimlarini tashkil etish va boshqarish printsiplari.
Demak, biz yaratyotgan ma’lumotlar bazasida tashkil etuvchi qism kompuyuter hisoblanib ya’ni ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchi to’g’ridan to’g’ri kompuyuter orqali bazaga so’rov yuborishi munkin. Bu holatni yanada to’liq tushuntirish maqsadida Microsoft Access dasturidan foydalanamiz . ma’lumotlar bazasini shu dastur yordamida yig’amiz hamda uni bosqichma –bosqich ishimiz savomida ko’rsatib boramiz.
Ma’lumotlarning joylashuvi va xotira qurilmasida ularning o‘zaro aloqalari haqida gapirishdan oldin, o‘zigan xos ma’lumotlar modelini yaratgan holda, ma’lumotlar o‘zaro bog‘liqligini mantiqiy darajada keltirish lozim.Shunday qilib, predmet sohasining barcha ob’ektlarida yozuv tarkiblari va ularning o‘zaro aloqasi aniqlandi, ya’ni predmet sohasining ma’lumotlar modeli vazifalashtirildi. Ma’lumotlar modelining asosiy vazifasi saqlash ahamiyatlari bilan bog‘liq, chalg‘itadigan detallarsiz axborot kartinasini to‘liq namoyon etish imkonini berishdan iborat.
-MBni yaratishda predmet sohasini tahlil qilish:
-MB ni loyihalashtirishda asosan ikkita masala yechiladi:
Ixtiyoriy turdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichdagi predmet sohasini tahlil qilish bo’lib, u axborot tuzilmasini (kontseptual sxemalar) tuzish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so’rovlari tahlil qilinadi, axborot ob’ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o’tkazilgan tahlil asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilishni uch bosqichga bo’lish maqsadga muvofiqdir:
ularni esa quyudagicha ko’rishimiz munkin
kontseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish;
axborot ob’ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash;
predmet sohasining kontseptual modelini qurish va MBni kontseptual sxemasini loyihalashtirish.
Kontseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda quyidagi masalalarni hal qilish kerak:
foydalanuvchilarning MBga bo’lgan talablarini tahlil qilish;
MBdan o’rin olishi lozim bo’lgan axborotlarga ishlov berish bo’yicha mavjud masalalarini aniqlash;
kelajakda hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarni aniqlash;
tahlil natijalarini hujjatlashtirish.
1.3 “Kompuyuter qurilmalari” sotish bilan shug’ullanuvchi shahobchaning ma’lumotlar bazasi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini loyhalashda nazariy ma`lumotlar.
Bu O'zbekistonning barcha hududlaridan tovarlar va xizmatlarni taqdim etuvchi noyob savdo Internet platformasiga yaratilgan ma’lumotlar ombori. Biz xaridor va sotuvchilarga bir-birlarini tezda topishga yordam berish orqali chegaralarni yo'q qilamiz.
Mahsulot va xizmatlarni sotish va sotib olishni yoqimli mashg'ulotga aylantiradi. Sahifaning chiroyli dizayni, tovarlar va xizmatlarning batafsil tavsiflari va xususiyatlari, narxlarni taqqoslash imkoniyati, shuningdek aniqroq qidirish tafsilotlarini belgilashga imkon beruvchi filtr tizimi - bularning barchasi saytni xaridor va sotuvchilar uchun ishlatish qulayligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |