, “
политика соседних стран”
,
“
стратегическое
партнёрство”, “общественная
активность”,
“взаимовыгодное сотрудничество”
kabi iboralarning tarjimasidir. Rus tilidan
juda o‘rinli tarjima qilingan bunday iboralar hozirgi kunda turli ijtimoiy
hamkorlikdagi davlatlarning o‘zaro birgalikda hamkorlik aloqalarini
mustahkamlash ma’nosida keng qo‘llanmoqda.
“…bu Rossiya MDH faoliyatida,
siysiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli munosabatlarni
kengaytirishda muhim va asosiy o‘rin egallashini yana bir bor tasdiqlaydi”
(“Yoshlar ovozi” 2017-yil, 85-son); “Oliy darajadagi muzokaralar yakunida
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Almazbek Atambayev O‘zbekiston
Respublikasi va Qirg’iziston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik, do‘stlik,
ahil qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash to‘g‘risida deklaratsiya
imzolandi” (“Yoshlar ovozi” 2017-yil,
83-son);
61
Tilimizda avvaldan mavjud bo‘lgan quyidagi so‘zlarda ma’noda
kengayishlar, ma’noda ko‘chishlar yuz berganini kuzatamiz. Endilikda siyosiy
gazetalar uslubida ular yangi, qo‘shimcha mazmun kasb etgan. Masalan
tomon
so‘zi dastlab ma’lum bir yo‘nalishni, ma’lum bir yo‘nalishdagi tomonni
anglatgan bo‘lsa, hozir gazeta publitsistikasida ma’nosi kengayib ijtimoiy-
siyosiy mazmunni ham qamragan: har ikkala tomon (har ikkala mamlakat),
tomonlarning manfaati, tmomnlarning srategik hamkorligi, ikki tomonlama
munosabatlar va hokazo. Yoki
strategiya
so‘zini olaylik. Bu so‘z dastlab aynan
urush olib borish san’ati, urush va harbiy operatsiyalar o‘tkazishning umumiy
rejasi
22
bo‘lgan bo‘lsa, xozir umumiy ijtimoiy-siyosiy ma’noga ham ega:
harakatlar strategiyasi, strategik hamkorlik, iqtisodiyotning strategik ahamiyati,
ta’lim tizimidagi strategik vazifalar va boshqalar. Shuningdek,
xavfsizlik, xuruj,
innovatsiya
kabi so‘zlarning ham mazmun doirasi, ma’no qirralari kengaygan.
Endilikda bular keng doirada ijtimoiy-siyosiy mazmun ham kasb etgan.
“…iqtidorlarini rivojlantirish, axborot xurujlari va nosog‘lom muhitdan himoya
qilishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda” (“Yoshlar ovozi”
2017-yil, 91-son);
Siyosiy gazeta nutqining o‘ziga xos uslubiy xususiyati jiddiy, rasmiy til
bilan ta’sirchan, obrazli nutq vositalari bilan standart nutq vositalarining
dialektik birligi va bu kontrast hodisalarning o‘zaro almashinib turishidan
iboratdir.
Matnlarning ekspressivligini, obrazliligini ta’minlovchi, ularni ta’sirchan
qiluvchi vositalar juda ko‘p va turli-tumandir. Ularni tanlash va qo‘llash esa
ifodaning maqsad va vazifasiga, mavzuning mazmuni va xarakteriga bog‘liqdir.
Shuiingdek, bu vositalarni ko‘llashda gazetxon ommaning taraqqiyot darajasi
hamda ijtimoiy-siyosiy savodxonligi hisobga olinadi.
Siyosiy publitsistik uslubdagi materiallar ham ortiqcha detallar, ortiqcha
so‘zlar va g‘aliz iboralar bo‘lmasligi talab etiladi. Bunday materiallar tili qayta-
22
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” давлат илмий нашриёти, 2007,
3-жилд, 573-бет.
62
qayta takror qo‘llanib turadigan standart nutq vositalaridan iborat bo‘ladi:
Binobarin, siyosiy materiallardagi axborot va xabarlar ham boshqa turdagi
gazetalar kabi hamisha standart nutq vositalari bilan ifodalanadi.
Siyosiy uslubdagi xronik axborotlar va xabarlarning mavzusi rang-
barangdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |