O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

 
Estetik hissiyot
hayot hodisalarini yoki san’at asarlarini estetik idrok etish 
jarayonida paydo bo‘ladi. 
Estetik hissiyot shu idrok yuzaga keltiradigan o‘ziga xos kechinmadan iborat 
bo‘lib, go‘zallikni va yuksaklikni, fojiaviylik yoki kulgililikni his qilish sifatida yuz 
beradi. Insonning hayotga estetik munosabati nozik hissiyot tarixiy taraqqiyot 
mahsulidir. U jamiyat estetik ongining darajasini aks ettiradi. 
Estetik did turli estetik hodisalarga nozik baho berish, avvalo, chiroylilikni, 
go‘zallikni xunuklikdan, jirkanchlikdan farq qila bilish qobiliyatidir. San’at asarlariga 
baho beriladigan hollarda estetik did badiiy did ham deb ataladi. Yaxshi estetik did 
chinakam go‘zallikdan lazzat ola bilish, mehnatda, turmushda, yurish-turishda, 
san’atda go‘zallikni idrok etish va yaratishga ehtiyoj sezish demakdir. Aksincha, 
yomon estetik did insonning voqelikka estetik munosabatini buzadi, chinakam 
go‘zallikka uni loqayd qilib qo‘yadi, ba’zan esa hatto shunga olib keladiki, inson 
xunuk narsadan lazzat oladigan bo‘ladi. Rivojlangan estetik didni shakllantirish — 
estetik tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biridir. 


402 
Ta’lim-tarbiyaning boshqa shakllari kabi estetik tarbiya ham o‘z diqqat-
e’tiborini yakka odamga va ijtimoiy guruhga qaratadi. Estetik tarbiya umuminsoniy 
va milliy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, 
his-tuyg‘ulariga, tasavvurlariga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-
atvoriga ta’sir o‘tkazishni o‘z oldiga maqsad va vazifa qilib qo‘yadi. 
Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifaning tarkibiy qismi 
sifatida amal qilib, ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik hodisani anglatadi. Shuni 
ta’kidlash lozimki, qadimgi dunyoda umuman tarbiya maqsadi estetik asosda 
namoyon bo‘lgan. Masalan, qadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi fuqarolarni 
har tomonlama rivojlanishga, «ruh va badan» hamohangligini qaror toptirishga 
yo‘naltirilgan edi. 
Aflotun va Arastu kabi zabardast mutafakkirlar ta’limotlarida estetik tarbiya 
tizimining bir-biridan farqli tomonlari bo‘lgani holda umumiylik ham mavjud bo‘lib, 
u yagona estetik orzuni qaror toptirishga, yagona axloqiy xulq-atvor va fuqarolik 
xislat-fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilgan edi. 
Bugungi kunda estetik tarbiyaning ahamiyati yanada ortib bormoqda. 
Birinchidan, mustaqillik sharoitida inson omili ortib bormoqda, hayotning 
barcha jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan insonlarning ezgu xislat-fazilatlari, 
ongliligi, faolligi, ijodiy qobiliyatlari o‘smoqda. 
Ikkinchidan, O‘zbekiston aholisining ko‘pchiligining umumiy madaniyati 
yuksalib borishi jarayonida yangi texnika va texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil 
qilish ishi tobora takomillashib boryapti. 
Uchinchidan, yangi ishlab chiqarish munosabatlari, bozor iqtisodiyotining keng 
o‘rin egallab borayotganligi, qonunchilikning yanada rivojlanib, amal qilayotganligi 
fuqarolarning umumiy madaniyati, ayniqsa, estetik madaniyati darajasining yuksalib 
borishini taqozo etmoqda. 
To‘rtinchidan, hozirgi davr ilmiy-texnika inqilobi sharoitida elektronika, 
avtomatika, kibernetika, informatika kabi fanlar ishlab chiqarish sohasini tubdan 
qayta qurishga imkoniyatlar yaratib berayapti. Bu hol ishlab chiqarishda band bo‘lgan 


403 
odamlarning ruhiy holatining ham tubdan o‘zgarishini, ijtimoiy-ruhiy, axloqiy-estetik 
saviyasini oshirishni taqozo etmoqda. 
Beshinchidan, radio, matbuot, ayniqsa, «oynai jahon» kabi ommaviy axborot 
vositalarining turmushdan keng o‘rin olishi natijasida badiiy axborot hajmining ham 
keskin ortib borishi estetik tarbiyaga yanada ko‘proq e’tibor berishni talab etmoqda. 
Avvallari estetik tarbiya o‘ta tor va bir tomonlama talqin qilinar, ya’ni uni san’at 
asarlarini to‘g‘ri idrok etish, bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror san’at turini bilib 
olib, muayyan badiiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish doirasida in’ikos etilar edi. 
Badiiy tarbiya estetik tarbiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, u estetik tarbiyaning 
asosiy mazmuni va maqsad-yo‘nalishlarini to‘la ifodalamaydi. Badiiy tarbiyaning 
asosiy maqsadi munosabatlarni san’at vositalari yordamida shakllantirishdir. 
Estetik tarbiya bilan badiiy tarbiyani bir-biriga tenglashtirish ham, qorishtirish 
ham, qarama-qarshi qo‘yish ham xato bo‘lardi. Shuni esda tutish lozimki, estetik 
tarbiya san’at bilan chegaralanib qolmaydi, balki uning asosiy mazmuni insonning 
voqelikka estetik munosabatini faollashtirish va rivojlantirishdan iboratdir. 
Estetik tarbiya insonning estetik ongini shakllantirish jarayonida uni axloqiy, 
mehnat, ekologik jihatlardan ham tarbiyalash vazifalarini qamrab oladi. 
Estetik tarbiyaning axloqiy tarbiyaga ta’siri shundaki, nafosat olami ezgulik va 
yaxshilikdan, beg‘arazlikdan ajralmagan holda amal qiladi. Estetik tarbiyaning 
mehnat tarbiyasi bilan birlashib ketishi, mehnat jarayoni shaxsning tabiiy ehtiyojiga 
aylanib borishida o‘z ifodasini topadi. 
Estetik tarbiya bilan ekologik tarbiya bog‘liqligi esa tabiatga beg‘araz, insoniy 
munosabatda bo‘lishda, jamiyat bilan tabiat o‘rtasida hamohang aloqadorlik 
munosabatlarini o‘rnatishda namoyon bo‘ladi. 
Shunday qilib, estetik tarbiya — bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol 
bo‘lgan inson shaxsini shakllantirish demakdir. Estetik tarbiya insonparvar 
mohiyatga, estetik orzu mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat 
qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo‘lgan inson shaxsini shakllantirishga 
mo‘ljallangan ta’lim-tarbiya sohasidir. 


404 
Estetik tarbiyaning eng muhim vositasi sifatida san’at nafaqat badiiy 
qadriyatlarni idrok qilish, balki ularni yaratishni ham o‘z ichiga oladi. Badiiy 
qadriyatlarni yaratishda jamiyat a’zolarining, ayniqsa, yosh avlodning faol ishtirok 
etishi muhimdir. Buning uchun esa ularda estetik did-farosat va estetik talab-
ehtiyojlari rivojlangan bo‘lishi zarur. 
Estetik tarbiya ijtimoiy faol, har tomonlama va hamohang rivojlangan shaxsni 
tarbiyalash maqsadiga xizmat qiladi. Yoshlarni har tomonlama ham aqlan, ham 
jismonan barkamol, axloqan yetuk, ma’naviy pok, estetik idrokli qilib tarbiyalashdek 
muhim va dolzarb muammolarni hal etishni taqozo qiladi. 
Estetik tarbiya shaxsning estetik kamolotiga ta’sir o‘tkazadigan tashqi va ichki 
shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Estetik tarbiya vositalari deb, shaxsning voqelikka 
estetik munosabatini rivojlantirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat shakllariga 
aytamiz. Estetik tarbiya omillari va vositalari o‘rtasidagi chegara nisbiy va shartlidir. 
Muayyan sharoitlarda estetik tarbiya omillari estetik tarbiya vositalari vazifasini 
o‘tashi va aksincha bo‘lishi ham mumkin. 
Yoshlarni go‘zallikka oshno qilish, ularda hayotiy voqealarni to‘g‘ri tushunish 
olijanob his-tuyg‘ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi. Yoshlarda 
go‘zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini 
his eta bilish, kishilarning xursandchiliklariga sherik bo‘lish, qayg‘usini birga baham 
ko‘rish kabi xususiyatlar shakllantiriladi. 
Ayrim yoshlar yasama, sun’iy «go‘zallik» bilan o‘zlarini badbashara qilib 
qo‘yadilar, ular haqiqiy go‘zallik yuzning tabiiy latofatida, sodda va xushbichim 
kiyimda ekanini unutib qo‘yadilar. Kishining tashqi go‘zalligi kiyim ranglarining bir-
biriga mos kelishida, tabiiylik va soddalikda yaqqol ko‘rinadi. Ko‘zga tashlanmagan 
holda husniga tabiiy latofat va nafosat beradigan, ayrim kamchiliklarini bilintirmay 
ketadigan ust-bosh kiygan inson ko‘rkam va go‘zaldir. 
Insonning did-farosati kiyim-boshida, xatti-harakatlarida, o‘zini tuta bilishida 
ko‘zga tashlanadi. Samimiy, oqko‘ngil, o‘ziga talabchan, tarbiyalangan inson tashqi 
ko‘rinishida sun’iylik, qalbakilikni ko‘rsatuvchi biron-bir bema’nilikka yo‘l 
qo‘ymaydigan tarzda kiyinishga, o‘zini shunga munosib tutishga harakat qiladi. 


405 
Didli-farosatli kishi hamisha ana shu qiyofani saqlab qoladi. Tashqi qiyofaga e’tibor 
berish ichki, ma’naviy go‘zallikning ifodasi hisoblanadi. 
Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi va estetik faoliyatining shakllanishi va 
takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqiyoti 
ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi. Bu 
har xil yo‘llar va shakllar orqali amalga oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan 
rivojlanishida ta’lim va tarbiya hal etuvchi rol o‘ynaydi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish