O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


-MAVZU. FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

1-MAVZU. FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI. 
Falsafa fanining predmeti va mazmuni, xamda ushbu fanning jamiyatdagi roli 
va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligi borasida sо‘z yuritar ekanmiz avvalo biz 
birinchi navbatda “Falsafa” sо‘zining ma’nosi nima ekanligini anglab olgan xolda 
mazkur tushunchaning mazmun moxiyatini yoritib berishimiz, falsafa va falsafiy 
dunyoqarashning vujudga kelishi jarayonini insoniyat yaratilganidan beri mazkur 
tushuncha bilan chambarchas bog‘liqligini asoslab berishimiz xamda falsafa fanini 
fan sifatida shakllanishi mexanizmini ketma ket yoritib berishimiz lozim. 
Qadimgi davrda falsafa barcha nazariy fikrlarni, ma’naviy hayotning hamma 
tomonlarini qamrab oluvchi fikrlar tizimi sifatida paydo bо‘lgan. Shu ma’noda falsafa 
yunoncha «filio» -sevaman, «sofiya»-donolik sо‘zlaridan olingan bо‘lib, donolik, 
donishmandlik bilan shug‘ullanish deb qaraladi. 
Falsafa tushunchasi keng qamrovli tushuncha xisoblanib u olam va uning 
yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va 
yо‘qlik kabi kо‘plab tushunchalarni о‘zida mujassam etganligi bilan axamiyatlidir.
Falsafa inson tarbiyasi va undagi dunyoqarashni shakllantirishdagi rolini, 
insonning dunyoda tutgan о‘rnini aniqlab olishga yordamlashadi. 
 
Hozirgi zamon falsafasi borliq, bilish, ilmiy bilish, qadriyatlar, ma’naviyat, 
inson, shaxs, erkinlik kabi masalalarni hal qilishda yangicha fikrlash va yangicha 
uslubga asoslanmoqda. 
Eskicha yashash tamoyillari asoslari о‘zgarishi bilan hayotni yangicha fikrlash 
asosida tushuntiradigan nazariy bilimlarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu masalani hal qilishda 
falsafa fani asosiy о‘rinni egallaydi. Chunki jamiyat taraqqiyotining turli 
bosqichlarida eskicha yashash asoslari о‘zgargandan sо‘ng falsafa endi qanday 
yashash kerak, insonlar qaysi yо‘ldan ketmoqda, ularning faoliyati nimaga qaratilishi 
lozim, odamlarning maqsadi, orzu – umidlari istaklarini qaysi yо‘l bilan amalga 
oshirish mumkin, yashashning maqsadi, ma’nosi, tamoyillari nimadan iborat, inson 
dunyoni nima maqsadda о‘rganadi, inson-dunyo, inson-jamiyat kabi masalalarni 



qanday biladi kabi savollarga javob qidiradi va shu asosda nazariy fikrlar tizimini 
ishlab chiqadi. 
«Falsafa» atamasi «filosofiya» so’zining Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. 
Sharqning atoqli faylasufi, mashhur mutafakkir Abu Nasr Forobiy filosofiya so’zini 
«Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida 
«donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va 
insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida 
ishlatilgan. 
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o’tkinchi ekani, abadiyat 
insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab yetgan, o’zi va o’zgalar qadrini to’g’ri 
tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof 
etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko’zga tashlanadi. Ammo, 
Forobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga 
yetish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda
ko’pdan-ko’p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan 
alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan. 
«Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga yaxshi 
ma’lum bo’lgan, alloma Pifagor ishlatgan. Yevropa madaniyatiga esa, u yunon 
faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Asrlar davomida filosofiyaga nisbatan 
xilma-xil qarashlar shakllangan, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o’rniga 
nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar dunyoga kelgan, bu atamaning 
mohiyat-mazmuni ham o’zgarib borgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda 
alohida bilim sohasiga, to’g’rirog’i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan. 
Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida “donishmandlikni sevish” degan 
mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot, insonni qadrlash, umr mazmuni 
haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan. Masalan, “Ikkinchi 
Arastu”, “Ikkinchi muallim” deya e’tirof etilgan mutafakkir Abu Nasr Forobiy 
“filosofiya” sо‘zini “Hikmatni qadrlash” deb talqin etgan. 
Qadimgi Yunonistonda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan 
shug’ullanishidan qat’i nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham 


10 
tabiat to’g’risidagi ilm hisoblanar edi. Shu ma’noda, dastlabki filosofiya olam va 
unda insonning tutgan o’rni haqidagi qarashlar tizimi bo’lib, dunyoni ilmiy bilish 
zaruratidan vujudga kelgan edi. Uning eng asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi 
ekanini, ana shu erkin hayot to’g’risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos 
bo’lganini aksariyat olimlar alohida ta’kidlaydilar. 
Ushbu fanning shakllanishini faqatgina qadimgi Yunoniston va Rim bilan 
bog’lash ham bu borada yetarli tasavvur bermaydi. Chunki ushbu hududning 
dastlabki faylasufi Fales ko’p yillar Osiyoda bilim olib qaytganidan so’ng falsafly 
fikrlarni alohida ilm sohasi sifatida talqin eta boshlagani ma’lum. Alloma 
Beruniyning «Hindiston» asarida hindlarning dastlabki qarashlari qadimgi 
yunonlarniki bilan o’xshash edi, degan fikri ham bejiz aytilmagan, albatta. Bu o’z 
navbatida, falsafiy dunyoqarashning qadimgi shakllari barcha xalqlar tarixiga tegishli 
umumiy hodisa ekanini isbotlaydi. 
Aslida esa, Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII—III asrlarda 
ushbu fan endigina shakllanib kelayotgan nazariy flkrning ifodasi, olamni yaxlit va 
bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi. Ushbu fan dastlab saroy ilmi 
sifatida shakllangan va asosan mulozimlarning tafakkur tarzini ifodalagan. Bu fan 
bilan ko’proq aslzodalar shug’ullangan, uning asosan ular uchun tushunarli bo’lgan 
muayyan tushunchalari va atamalari, o’ziga xos fikrlash uslublari va bayon qilish tili 
ham shakllangan. 
Falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bo’lib, u insoniyatning tafakkur bobida 
ilgari erishgan yutuqlarni tanqidiy baholashni taqozo etadi. Biroq bu — ularni 
tamoman rad etish, ko’r-ko’rona tanqid qilish lozim degani emas, balki ularga xos 
barcha xato va kamchiliklarni anglab, yaxshi va ijobiy jihatlaridan foydalanish 
demakdir. Ana shunday tanqidiy yondashuv va vorislik falsafaning muhim 
xususiyatlaridan biridir. 
Bu fanning oldiga qoyilgan vazifalarga va uning hayotdagi o’rniga qarab, 
ijtimoiy taraqqiyotning turli davrlarida unga bo’lgan munosabat ham o’zgarib borgan. 
Bu munosabatlar dastlabki fanlar paydo bo’lib va ularning ba’zilari falsafadan ajralib, 
alohida mustaqil fan sohasiga aylana boshlagan davrlardayoq shakllana boshlagan. 


11 
Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o’rni, jamiyat va shaxs hayotidagi 
ahamiyati nimadan iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bo’lgan. 
Ayniqsa, tarixiy taraqqiyotning tub burilish davrlarida falsafaning asl mohiyatini 
bilish, uning usul va g’oyalari kuchidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan. 
Kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq rivojlanmagan. Taraqqiyot 
ortidan inqirozlar, yutuqlar ketidan mag’lubiyatlar, farovonliklar izidan zavolga yuz 
tutishlar ta’qib etgan. Muayyan jamiyat iqtisodiy-siyosiy, axloqiy-diniy, badiiy-
estetik taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun 
ilg’or falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj sezadi. 
Shuning uchun ham buyuk falsafiy ta’limotlarni, bir tomondan, madaniy-
intellektual rivojlanish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy o’zgarishlar 
taqozosi deyish mumkin. Muayyan tarixiy burilish davrida «Falsafa nima o’zi?» 
degan masala dolzarb ahamiyat kasb etishi ham shundan. Ana shunday davrlarda 
kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha idrok etganlar. 
Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon o’tgan ikki ming yildan ziyodroq 
vaqt mobaynida «Falsafa endi yo’q bo’ldi, uni o’rganishning hech bir zarurati 
qolmadi» qabilidagi gaplar ko’p bo’lgan. Lekin zamonlar o’tishi bilan odamzod 
baribir falsafaga ehtiyoj sezgan va u insonning ma’naviy kamolotida beqiyos 
ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan. 
Bu jihatdan quyidagi rivoyat juda ibratlidir. Miloddan oldingi birinchi asrda 
yashab o’tgan buyuk faylasuf Lukretsiyning shogirdlaridan biri unga qarab: «Ustoz, 
fanning boshqa sohalariga oid ilmlar juda ko’payib ketdi. Endi falsafani 
o’rganishning hojati bormikan?» — debdi. Shunda ulug’ faylasuf bamaylixotir gap 
boshlab: «Falsafani Suqrot, Aflotun, Arastu kabi buyuk allomalar yaratgan. Lekin 
endilikda insoniyatning ana shunday buyuk mutafakkirlari yaratgan bu fanni 
o’rganmaslik har qaysi nodonning ham qo’lidan keladigan ish bo’lib qoldi», — degan 
ekan. 
Falsafa kishilarga olam to’g’risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa
uning ayrim jihatlarini o’rganadi. Masalan, biologiya o’simlik va hayvonot 
dunyosini, turlarining kelib chiqishi, o’zgarishi va takomillashib borishi kabi 


12 
masalalarni o’rganadi. Bu sohaga oid fanlar ushbu yo’nalishdagi jarayonlarning ba’zi 
xususiyat va jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi. Binobarin, biolog har 
qanday rivojlanish jarayoni bilan emas, balki faqat jonli tanadagi rivojlanish jarayoni 
bilan qiziqadi. Umuman, rivojlanish jarayonining o’zi nima, uning mohiyati qanday? 
Masalaning aynan shu taxlitda qoyilishi ilmiy muammolarni falsafiy masalaga 
aylantiradi. Ya’ni, shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm sohasidagi yo’nalishdan 
falsafiy muammo tusini oladi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish