O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


Sanash orqali tо‘liqsiz induksiya



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Sanash orqali tо‘liqsiz induksiya
yoki 
ommabop induksiyada
(enumerativ 
induksiya) bir sinfga mansub predmetlar biror belgining takrorlanishini kuzatish 
asosida, uning shu sinfga kiruvchi barcha predmetlarga xosligi haqida ehtimoliy
xulosa chiqariladi. 
Sanash orqali tо‘liqsiz induksiyaning obyektiv asosini insonlarning kо‘p yillik 
hayotiy faoliyati, avloddan avlodga о‘tib kelayotgan turmush tajribalari natijalari 
tashkil etadi. Masalan, yoz juda issiq kelganda, qishda qattiq sovuq bо‘lishi 
mumkinligi, qaldirg‘ochlarning janub tomonga uchib ketayotgani havoning soviy 
boshlaganini bildirishi va shu kabi xulosalar insonlarning ob-havoni uzoq yillar 
davomida kuzatishining natijasidir. 
Kishilarning kundalik hayotiy tajribasiga asoslanishi, sog‘lom fikr yuritishga 
xos xususiyatlarni о‘zida mujassamlantirgani uchun ham xulosa chiqarishning bu 
usuli ommabop induksiya deb ataladi. 
Ommabop induksiyaning muhim xislatlaridan biri kuzatilayotgan vaziyatga zid 
bо‘lgan holatning yо‘qligiga ishonch hosil qilishdir. YA’ni biror belgining muayyan 
sinf predmetlarining bir nechtasida takrorlanishini qayd etish bilan cheklanmay, 
ularga zid bо‘lgan holatning yо‘qligi ham aniqlanadi. Bu, odatda, ommabop 
induksiya asosida qat’iy xulosaga kelishdan oldin «Shoshmay tur-chi, qani, yana bir 
tekshirib kо‘raylik!» degan fikrga suyanib ish yuritishga undaydi, «Yetti о‘lchab, bir 
kesish»ga chaqiradi. Ana shuning uchun ham ommabop induksiyani xalq 
donishmandligining namoyon bо‘lish turlaridan biri, deb aytish mumkin. 
Ilmiy induksiya 
Ilmiy induksiya
asoslarida birorta belgining bir sinfga mansub predmetlarning 


300 
bir qanchasida takrorlanishi qayd etilishi bilan bir qatorda, u belgining sababiy 
aloqasi haqida ham ma’lumot mujassamlashgan bо‘ladi va ular xulosada berilgan 
predmetlar sinfiga nisbatan hosil qilingan fikrda о‘z aksini topadi. 
Ommabop induksiyadan farqli о‘laroq, ilmiy induksiyada bir sinfga mansub 
predmetlarda takrorlanuvchi belgi shunchaki qayd etilib qolmasdan, uning mavjud 
bо‘lishi sababini aniqlash uchun predmetning boshqa belgilari bilan bо‘lgan 
aloqalari, xususan, sababiy bog‘lanishlari о‘rganiladi. Shuning uchun ham, 
hodisalarning sababini aniqlash va ularni ifoda etuvchi qonunlarni ochishga 
qaratilgani uchun ham tо‘liqsiz induksiyaning bu turi ilmiy induksiya deb ataladi. 
Ma’lumki, ilmiy bilish, fanning bosh maqsadi о‘rganilayotgan obyektni 
tavsiflaydigan qonunlarni ochish orqali uning (obyektning) tabiati hamda mohiyatini 
tushuntirishdan iborat. Bu esa, birinchi navbatda, hodisaning (yoki uning belgisining) 
mavjud bо‘lish sababini aniqlashni taqozo etadi. 
Aytish 
kerakki, 
sababiy 
aloqadorlik 
hodisalar 
о‘rtasidagi umumiy 
bog‘lanishlarning boshqa turlari (masalan, tarkibiy, funksional, genetik bog‘lanishlar) 
kabi hodisalarning tabiatini belgilaydi. Ana shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni 
о‘rganish hodisalarning mohiyatini tushunish, turli jarayonlarni oldindan kо‘rish, 
yangiliklar yaratish imkonini beradi. 
Sababiy aloqadorlikni aniqlash murakkab ish, chunki u borliqda yuqorida qayd 
etilgan hodisalar о‘rtasidagi umumiy aloqadorlikning boshqa turlari bilan birgalikda 
mavjud. Uni ilmiy bilishda «toza» holda ajratishga hamma vaqt ham osonlikcha 
erishib bо‘lmaydi. Buning uchun sababiy aloqadorlikning tabiati hamda 
xususiyatlarini yaxshi bilish kerak. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish