O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Sababiyat
(kauzallik) ikki hodisa о‘rtasidagi zaruriy aloqa bо‘lib, muayyan 
sharoitda ulardan biri (sabab hodisa) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqaradi. Uning 
muhim xususiyatlari quyidagilar: 1) aloqaning umumiyligi; 2) vaqtdagi izchilligi; 3) 
aloqaning zaruriyligi; 4) sabab va oqibatning bir ma’noli bog‘lanishda bо‘lishi. 
1. 
Sababiy aloqalarning umumiyligi 
deganda, olamda hech bir hodisaning 
sababsiz mavjud bо‘la olmasligi tushuniladi. U har qanday hodisaning о‘z holicha, 
boshqa hodisalardan mustaqil holda vujudga kela olmasligi, boshqa hodisalar bilan 


301 
bevosita yoki bilvosita bog‘lanib ketgani, turli xil hodisalar ta’sirida paydo bо‘lishi, 
о‘zgarishi, yо‘q bо‘lishi hamda, о‘z navbatida, boshqa hodisalarga ta’sir о‘tkazishini 
bildiradi. Borliqdagi har bir hodisa о‘z sababiga ega bо‘lib, uni ertami yoki kechmi 
bilib olish mumkin. 
Turli xil aloqalar, mavjud holatlar о‘rtasida noma’lum bо‘lib qolayotgan sabab-
hodisa munosabatini topish uchun boshqa omillar, xususan, sababiy aloqada bо‘lgan 
hodisalarning vaqtdagi ketma-ketligi, izchilligi hisobga olinishi zarur. 
2. 
Sababiy aloqadorlikda bо‘lgan hodisalarning vaqtdagi birin-ketinligi 
deganda, sabab-hodisaning oqibat (natija) dan doimo oldin kelishi nazarda tutiladi. 
Sabab-hodisa bilan oqibat-hodisaning rо‘y berishi orasida turli muddat о‘tishi 
mumkin. Ba’zan oqibat (natija)–sabab-hodisadan bir zum keyin paydo bо‘lishi 
mumkin. Masalan, о‘qning otilishi bilan u tekkan obyektning zararlanishi о‘rtasida 
о‘tadigan vaqt juda qisqa, organizmga tushgan mikrob bilan u qо‘zg‘aydigan 
kasallikning vujudga kelishi о‘rtasida о‘tadigan vaqt uzoqroq (bir qancha daqiqa, 
soat, kun) bо‘ladi. Sababiy aloqadorlik ijtimoiy hayotda (masalan, kishilarning 
huquqiy ongi bilan uni shakllantirishga yо‘naltirilgan xatti-harakatlar), geologiyada 
(masalan, ma’lum bir jarayonlar ta’sirida tog‘larning paydo bо‘lishi) va boshqa shu 
kabi sohalarda ancha kо‘p uzoq davomida amalga oshadi. 
Sabab-hodisa oqibat-hodisadan avval keladigan bо‘lgani uchun, u bilishda 
doimo oqibatdan oldin keladigan hodisalar orasidan qidiriladi. Bunda oqibat bilan bir 
vaqtda yoki undan keyin keladigan hodisalar istisno (eliminatsiya) qilinadi, ya’ni 
chiqarib tashlanadi. 
Sabab va oqibatning vaqtdagi izchilligi, birin-ketinligi hodisalar о‘rtasidagi 
sababiy aloqadorlikni aniqlashning zaruriy sharti, lekin о‘z holicha kо‘zlangan 
maqsadga erishish uchun yetarli emas. Oldinma-ketin kelgan hodisalarning hammasi 
ham sababiy aloqadorlikda bо‘lavermaydi. Bu holat hisobga olinmasa, «undan keyin, 
demak, shu sababga kо‘ra», deb ataladigan xato (lot. – post noc, ergo propter noc) 
rо‘y beradi. Masalan, chaqmoq chaqish hodisasi momaqaldiroqdan avval sodir 
bо‘ladi. Kishilar chaqmoq chaqishini momaqaldiroqning sababi deb tushunganlar, 
vaholanki, haqiqatda bunday emas. Momaqaldiroqning chaqmoqdan keyin kelishiga 


302 
sabab tovush tezligining yorug‘lik tezligidan kamroq bо‘lishidir. Aslida esa ular bir 
vaqtda vujudga keladi. Xuddi shu singari, jinoyat sodir bо‘lishidan avval u sodir 
etilgan joyda bо‘lgan kishilarning hammasi ham jinoyatchi bо‘lavermaydi. 
3. 
Sababiy aloqadorlikning zaruriyligi 
oqibatning uni vujudga keltiradigan 
sabab mavjud bо‘lganidagina paydo bо‘lishini anglatadi. Sabab-hodisaning yо‘qligi 
oqibat-hodisaning ham yuzaga chiqmasligini bildiradi. Ana shuning uchun ham 
sababiy aloqadorlikni aniqlashda oqibatdan avval keladigan hodisalardan oqibat-
hodisani keltirib chiqarmaydiganlari olib tashlanadi, ya’ni eliminatsiya qilinadi. 
4. 
Sababiyatning bir ma’noli aloqadorlik 
ekanligi muayyan sababning о‘ziga 
muvofiq keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqarishini ifodalaydi. Buni sabab va 
oqibat о‘rtasidagi aloqadorlikda simmetriyaning mavjudligi, ya’ni sabab-hodisaning 
о‘zgarishi oqibat-hodisaning о‘zgarishiga olib kelishi tasdiqlaydi. Sababiyatning bu 
xususiyati uni aniqlash jarayonida faqat о‘zaro birgalikda о‘zgaruvchi hodisalarni 
olib qolib, qolganlarini chiqarib yuborishga undaydi.Sababiy aloqadorlikning 
yuqoridagi xususiyatlarini hisobga olish uni aniqlashni osonlashtiradi. 
Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sabab-hodisa turli xil 
sharoitlarda turli oqibatlarni keltirib chiqarishi (masalan, havo namligining yuqoriligi 
turli xil kasalliklar sababi bо‘lishi) yoki aksincha, bir oqibat turli sharoitlarda har xil 
sabablar ta’sirida paydo bо‘lishi (badan haroratining kо‘tarilishi tumovning, buyrak 
kasalligining, ichak kasalligining va shu kabilarning oqibati bо‘lishi) mumkin. 
Shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni aniqlash empirik tadqiqot natijalarini 
samarali tahlil qilishga imkon beruvchi prinsiplarni qо‘llashni taqozo etadi. Ular 
sababiy aloqadorlikda bо‘lgan hodisalarni ularning borliqdagi tabiiy mavjud bо‘lish 
sharoitidan «ajratib olib», maxsus bilish sharoitlarida о‘rganishga imkon beradi. 
Xususan: 
1. Oqibatdan avval kelgan hodisa murakkab tarkibga ega, u a, b, c, d va hokazo 
holatlardan tashkil topgan, deb hisoblanadi. 
2. Mazkur holatlarning har biri mustaqil holda mavjud va boshqalari bilan 
о‘zaro aloqada bо‘lmaydi, deb qaraladi. 
3. Qayd etilgan holatlar mavjud bо‘lishi mumkin bо‘lgan holatlarning tugal 


303 
tо‘plami, deb olinadi. 
Bu prinsiplar bilan bir qatorda sababiy aloqadorlikni aniqlashning yana bir 
qancha metodlari mavjud. Ular mantiqda ilmiy induksiya metodlari deb yuritiladi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish