O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori: ________B.Sobirov
2021 -yil“___”___________
|
O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGI TARIXI
FAN DASTURI
Bilim sohasi:
|
100000- Gumanitar
|
Ta’lim sohasi:
|
110000- Pedagogika
|
Magistratura mutaxassisligi:
|
70111401 - O‘zbek tili va adabiyoti
|
Navoiy-2021
Fan/modul kodi
|
O‘quv yili
2021-2023
|
Semestr
1,2
|
ECTS - Kreditlar
8
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi
|
120
|
120
|
240
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – O‘zbek xalqining adabiyotshunosligi va adabiy-tanqidiy qarashlari tarixi, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, ularning badiiy ijod taraqqiyotidagi mavqeini belgalashdan iborat.
Fanning vazifasi – o‘zbek adabiyotining tarixiy taraqqiyot bosqichlari, har bir bosqichda yashab ijod etgan adabiyotshunoslar asarlarini g‘oyaviy-badiiy, estetik jihatdan tahlil va talqin qilish, milliy va zamonaviy adabiyotning eng nodir namunalari tahliliga bag’ishlangan asarlarni o‘rganishni nazarda tutadi.
1-semestr
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari )
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. “O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi” fanining maqsad va vazifalari
“O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi” fan sifatida. Fanning metodologiyasi. Boshqa fanlar bilan aloqasi.
2-mavzu. “O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi”ni davrlashtirish
O‘zbek adabiyotshunosligining shakllanish bosqichi (XI asr-
gacha bo‘lgan davr). O‘zbek adabiyotshunosligining shakl va mazmun jihatidan takomillashish davri (XV - XIX asrlar). Yangi bosqichdagi o‘zbek adabiyotshunosligi ( XX-XXI asr boshlari).
3-mavzu. Ifodalanish usullari va janr rang barangligi
Adabiyotshunoslik janrlarining vujudga kelishi. Bilvosita va bevosita janrlar.
4-mavzu. Adabiyotshunoslikdagi ilk qadamlar
Ilk o‘zbek adabiyoshunosligida G’arb va Sharq tafakkurining uyg’un namoyon bo‘lishi. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg’ariy she’r va she’rshunoslik haqida.
5-mavzu. Faxriyalar, she’riy parchalar, ilmi adabga doir asarlarda adabiyotshunoslikka doir qarashlarning ifodalanishi
O‘zbek mumtoz adabiyoti vakillari ijodidagi faxriyalar, she’riy parchalar, ilmi adabga doir asarlarda adabiyotshunoslikka doir qarashlarning ifodalanishi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |