qadoqlanadi.
Sifati bo’yicha donador bankali ikralar oliy, 1-chi va 2-chi navlarga bo’linadi.
Oliy navli ikra bir tur baliqdan olingan va bir vaqtning o’zida tuzlangan bo’lishi
kerak. Bu nav ikralarda ikra donalari o’lchami bir xil, rangi och kulrangdan to’q
kulranggacha, konsistenstiyasi quruq, sochiluvchan, ikra donlari bir – biridan oson
ajraladigan, ta’mi yoqimli, kam tuz, begona ta’m va hidlarsiz bo’lishi kerak.
Birinchi va ikkinchi navli ikralar ham bir xil baliqdan olingan va bir vaqtning
o’zida tuzlangan bo’lsa-da, ikra donalari konsistenstiyasi, hidi va ta’m ko’rsatkichlarida
ozroq chetlanishlar bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Tuz miqdori ikraning hamma navlarida 3,5 % dan 5 % gacha bo’lishi, antkseptik
moddalar miqdori esa 0,6 % dan ortiq bo’lmasligi kerak.
Shuningdek, donador ikralar 50 kg sig’imga ega bo’lgan emal bochkalarga ham
qadoqlanishi mumkin. Bochkali ikralar ham bankali ikralar singari uch navga bo’linadi.
Pasterizastiya qilingan donador ikra yangi ikradan yoki tuzlangan ikraning 1-chi va
Do'stlaringiz bilan baham: |