O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti


-jadval  Gul va pad asallarining organoleptik va



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

2-jadval 
Gul va pad asallarining organoleptik va 
 fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari 
Ko’rsatkichlar 
Asalning tavsifi 
Gul asali 
Pad asali 
Rangi 
Oq rangdan to qo’ng’ir 
ranggacha 
Och-yantardan to qora-
qo’ng’ir ranggacha 
Hidi (aromat) 
Tabiiy, yoqimli, kuchsizdan to 
xushbo’ylikkacha 
Yaxshi seziluvchan 
emas 
Ta’mi
Shirin, yoqimli, begona 
ta’mlarsiz 
Shrin, uncha yoqimli 
emas, ba’zan achchiq ta’mli 
Konsistenstiyasi 
Turiga qarab, siropsimon, 
kristallashgan, yopishqoq 
Siropsimon, 
kristallashgan, yopishqoq 
Kristallari 
Mayda kristallardan to katta kristallargacha 
Mexanik aralashmalar 
Bo’lmasligi kerak 
Bo’lmasligi kerak 
Bijg’ish belgilari 
Bo’lmasligi kerak 
Bo’lmasligi kerak 
Suv miqdori, % da ko’p bo’lmasligi 
kerak 
21 
21 
Qaytaruvchanlik xususiyatiga ega 
bo’lgan qand miqdori (suvsiz 
mahsulotga hisoblaganda), % larda, 
kam bo’lmasligi kerak 
82 
71 
Saxaroza miqdori (suvsiz 
mahsulotga hisoblaganda), % larda, 
ko’p bo’lmasligi kerak 

10 
Diastaza soni, Gote birligida, kam 
bo’lmasligi kerak 
57 
10 
Umumiy nordonlik graduslarda 
1-4 
1-4 
Har xil soxtalashtirish 
Yo’l qo’yilmaydi 
Yo’l qo’yilmaydi 
Antibiotiklar, radioaktiv moddalar 
Bo’lmasligi kerak 
Bo’lmasligi kerak 
2-jadval ma’lumotlarida keltirilganidek, asalning tabiiyligini aniqlashda qo’llaniladigan 
muhim ko’rsatkichlardan yana biri Gote biriligida ifodalanadigan diastaza soni hisoblanadi. 
Standart talabi bo’yicha tabiiy asalda diataza soni 57 Gote birligidan kam bo’lmasligi kerak. Bu 
ko’rsatkichning pasayishi asalning qalbakilashtirilganligidan dalolat beradi. 
Asalning tozaligini aniqlashda oddiyroq usullardan ham foydalanish mumkin. Masalan, 
asalga shakar qiyomi qo’shilganini aniqlash uchun 2-3 milligramm asalning distillangan suvdagi 
eritmasiga 5-10 tomchi 5% li kumush nitrat (AgN0
3
) tuzi qo’shiladi. Agar eritmada oqish 
loyqalanishdan keyin cho’kma hosil bo’lsa, asalga shakar qiyomi qo’shilgan deb xulosa qilish 
mumkin. Ba’zan asalga kraxmal qiyomi qo’shib ham soxtalashtiriladi. Kraxmal qiyomi bor-
yo’qligini aniqlash uchun 2-3 milligramm asalning distillangan suvdagi eritmasiga tomchilatib 
10% li xlorli boriy (BaCl
2
) qo’shiladi. Bunda cho’kma hosil bo’lishi, asal toza emasligidan 
dalolat beradi. 
Ko’pchilik holatlarda asal kraxmal va un qo’shib ham soxtalashtiriladi. Asalga kraxmal 
va un qo’shib soxtalashtirilganligini aniqlash uchun 2-3 milligramm asalning distillangan 
suvdagi eritmasi qaynatilib, keyin sovutiladi. Bunda eritmaga bir necha tomchi yod eritmasi (1 
gramm kristallangan yod, 2 gramm yodli kaliy, 300 milligramm distillangan suv) qo’shiladi va 


164 
reakstiya kuzatiladi. Agar eritmada ko’kish rang hosil bo’lsa, bu asalga kraxmal yoki un 
qo’shilganligidan dalolatdir. 
Asalning shakar bilan qalbakilashtirilganligini aniqlash uchun esa asalning 5-10% li 
suvdagi eritmasiga ozgina lyapis qo’shiladi. Bunda eritmada oq cho’kindining ajralib chiqishi 
asalda shakar qo’shilmasi borligini bildiradi. 
Gohida asalga turli xil sochiluvchan moddalar qo’shib ham soxtalashtiriladi. Masalan, 
makkajo’xori va kartoshka uni shular jumlasidandir. Bu xildagi aralashmani aniqlash uchun 0,5 
litr hajmdagi bankaga bir osh qoshiq asal va distillangan suv solib eritiladi. Ushbu holda asal 
suvda to’liq eriydi, aralashmalar esa suvning yuziga chiqadi yoki cho’kma hosil qiladi. 
Shuningdek, asalning tozaligini aniqlashda tib ilmlarining sultoni bobokalonimiz Abu Ali 
ibn Sinoning tavsiyalaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Abu Ali ibn Sino o’zining 
«Tib qonunlari» kitobida asalning tozaligini aniqlashning eng oddiy va oson usulini shunday 
bayon etgan: «toza asalni qoshiqqa olib bo’y barobar baland ko’targanda ham u tiniq ingichka 
ipdek uzilmasdan oqib tushadi». 
Asalning veterinariya-sanitariya tahlili. Asalning veterinari-sanitariya tahlili tovar tahlili 
va gigienik tahlili bilan bir qatorda uning sifati va xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga 
egadir. 
Veterinariya-sanitariya tahlili o’tkazish jarayoni bozorlardagi veterinariya-sanitariya 
tahlili laboratoriyalari va veterinariya laboratoriyalarida veterinariya-sanitariya nazorati o’tkazish 
qoidalari asosida olib boriladi. Bu qoidalarda asal tahlili o’tkazishning tarkibi va uslublari 
ko’rsatilgan. Veterinariya-sanitariya tahlili laboratoriyasi xodimlari aynan amalda qo’llanilib 
kelayotgan qoidalar asosida ish yuritishlari talab etiladi. 
Asal ekspertiza uchun ekspertizaga taqdim etilayotgan xodimda veterinariya 
ma’lumotnomasi va asal uyasiga veterinariya-sanitariya pasporti mavjud bo’lgan hollardagina 
qabul qilinadi. Agar veterinariya hujjatida asalari uyasi antibiotiklar bilan ishlanganligi ko’rsatib 
qo’yilgan bo’lsa, u holda, bunday asallar antibiotik qoldig’ini aniqlash maqsadida laboratoriyaga 
jo’natiladi. 
Veterinariya ma’lumotnomasini faqatgina veterinariya mutaxassissi berishga haqlidir. 
Asalarilarning yuqumli kasalliklar qo’zg’atuvchilari bilan kasallanishiga yo’l 
qo’yilmaydi. Agar bunday kasalliklar aniqlansa, u holda bunday asallarga ishlov beriladi, ya’ni 
bular avtoklavlarda 120
0
S da 20 daqiqa davomida ishlanib zarasizlantiriladi. Keyin esa bu 
asallar zich yopiladigan idishlarda saqlanib, faqatgina qish paytida iste’molga chiqariladi. 
Bunday asallarni asalarilarga qo’shimcha oziqa sifatiga berish qat’iyan man qilanadi. 
Asallar veterinariya-sanitariya tahlili qoidasi bo’yicha asal qadoqlangan idishlarning har 
biridan 100 g miqdorida, suv miqdorini aniqlash uchun esa 200 g miqdorida namuna olib 
tekshiriladi. 
Idishlarga joylangan suyuq asallardan namuna olish uchun asal avval yaxshilab 
aralashtiriladi va so’ngra maxsus moslama yordamida namuna olinadi.
Veterinariya qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan O’zbekiston Respublikasining 
«Veterinariya to’g’risida»gi Qonuniga binoan tarbiyaviy, ma’muriy, jinoiy javobgarliklar ko’zda 
tutilgan. 
Veterinariya-sanitariya tahlili natijalari bo’yicha veterinariya sertifikati beriladi. Bu 
sertifikat ekspertlar tomonidan kompleks tovar tahlili o’tkazishda va muvofiqlik sertifikati 
berishda asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. 
Asalning gigienik tahlili. Gigienik ekspertiza asalning gigienik talablariga javob berish 
yoki bermasligini aniqlash uchun o’tkaziladi. Tarqalishi bo’yicha eng xavfli va zaharli 
komponentlarga quyidagilar kiradi: zaharli unsurlar (og’ir metallar) – simob, qo’rg’oshin, 
mish’yak, kadmiy; antibiotiklar; pestistidlar; radionuklidlar (steziy-137, stronstiy-90). Gigienik 
ekspertiza «Oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarining xavfsizligi va sifatiga gigienik 
talablar» nomli me’yoriy hujjat asosiga binoan o’tkaziladi. 
Asallarning sifatiga va xavfsizligiga gigienik me’yorlar 3-jadval ma’lumotlarida 
keltirildi. 


165 
Gigienik ekspertiza sanitariya epidimiologiya stanstiyasining ish rejasi tarzida va rejasiz 
ham o’tkazilishi mumkin. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish