O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

 
Choylarning sifat tahlili 
Choy – choy daraxtining 2-3 bargdan iborat yosh navdasini qayta ishlash natijasida 
olinadigan mahsulotdir. Choy daraxti ko’p yillik butasimon o’simlik hisoblanadi. Choy 
to’g’risida yozilgan kitoblarda uni odamlar 5000 yil muqaddam kashf etganliklari aytiladi. U 
dastlab Xitoyda o’stirila boshlagan, nomi ham xitoycha «cha-iyyo» degan ikki so’zdan olingan 
bo’lib «yashil barg» ma’nosini anglatadi. 
Choy daraxti birglari va uning yosh navdasi sirtqi tomondan oq tuschalar (kiprikchalar) 
bilan qoplangan bo’ladi. Ana shu tukchalar xitoy tilida «bay-xao» deb atalar ekan. Shu sababli 
ana shu barglardan tayyorlangan choyni bayxaviy chay deb yuritamiz.
Choyning sifati ko’p jihatdan choy bargining sifatiga katta darajada bog’liq bo’ladi. 
Yuqorida aytib o’tganimizdek sifatli choy olish uchun yosh navdalar terib olinishi va ular tezda 
qayta ishlanishi kerak. Agar choy braglari partiyasida begona hidlar, buzilgan, eski barglar bo’lsa 
u holda tayyor choyning sifati juda past bo’ladi. Shu sababli choy barglarini choy fabrikalarida 
qabul qilganda ana shu nuqsonlar bo’lmasligiga katta e’tibor beriladi. 
Choy bargini qayta ishlash choy daraxti o’stirilayotgan dalalarga yaqin joylashgan choy 
fabrikalarida o’tkaziladi. Ular asosan choyning fabrika navini ishlab chiqaradi. Iste’molchilarga 
yaqin joylashgan choy qadoqlash fabrikalarida esa ana shu fabrika navlaridan ularni har xil 
nisbatda aralashtirish yo’li bilan choyning savdo navlari ishlab chiqariladi. 
Ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab choylar uch guruhga bo’linadi: bayxao choylari, 
presslangan va suvda eriydigan choylar. 
Bayxao choylari ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab qora, ko’k, qizil choylarga 
bo’linadi. 
Presslangan choylar esa taxta choy va tosh choylar deb guruhlanadi. 
Suvda eriydigan choylar esa choy ekstraktlaridan tashkil topgan bo’ladi. Quyida ana shu 
choylar bo’yicha ma’lumotlarni keltiramiz. 
Qora choy. Bu choyni ishlab chiqarishda quyidagi texnologik jarayonlar o’tkaziladi: choy 
barglarini so’litish, burash, saralash, fermentastiya o’tkazish va quritish. 


151 
Choy barglari terib olingandan keyin choy fabrikalariga keltirilib 35-40
0
S haroratda 
so’litiladi. So’litish natijasida choy barglari yumshoq, qayishqoq bo’lib qoladi. So’lish 
jarayonida choy barglari tarkibidagi xlorofill parchalanib, S vitamin va oshlovchi moddalarning 
qisman oksidlanishi natijasida ekstraktiv moddlarning miqdori ko’payadi. 
So’ngra so’litilgan choy barglari maxsus rollar-mashinalarda barg hujayralarini 
jarohatlash va o’ziga xos shakl berish uchun ishlanib-buraladi. Keyin esa buralgan choy barglari 
saralash mashinalarida saralanib, o’lchamlari bo’yicha kichik va katta frakstiyalarga ajratiladi.
Fermentastiya qora choy ishlab chiqarishda asosiy jarayon hisoblanadi. Bu jarayonning 
borishi uchun choy bargi harorati 20-24
0
S va havoning nisbiy namligi 98% ga yaqin sharoitda 
maxsus xonalarda bir necha soat davomida saqlab turiladi. Natijada fermentlar ta’sirida choy 
bargi tarkibidagi kimyoviy moddalar oksidlanib, choyda o’ziga xos xushbo’y hid, ta’m va rang 
hosil bo’ladi. Choy qancha yaxshi buralib-ishlangan bo’lsa uning aromatik ko’rsatkichlari 
shuncha yuqori bo’ladi. Keyin esa fermentastiya qilingan choy barglari 3-4% namlik qolguncha 
quritiladi. Quritish jarayonida choydagi fermentlar faoliyati to’xtaydi va choyning rangi yanada 
to’qroq holga keladi. 
Quritilgan choy katta-kichikligi bo’yicha saralanib, choy qadoqlash fabrikalariga sotuvga 
chiqariladigan choy ishlab chiqarish uchun jo’natiladi. 
Ko’k choy. Ko’k choy ham qora choy singari choy daraxtining yashil barglaridan 
tayyorlanadi, ya’ni ikkalasi ham bir xil xom ashyodan ishlab chiqariladi. Ular bir-biridan xom 
ashyoga qanday ishlov berish jarayonlari bilangina farq qiladi. 
Ko’k choy ishlab chiqarish quyidagi jarayonlarni o’z ichigiga oladi: choy barglarini issiq 
par bilan ishlov berish, burash va quritish. Ko’k choy ishlab chiqarishda choy barglari 
so’litilmaydi va fermentastiya ham qilinmaydi. Ko’k choy ishlab chiqarishda fermentastiya 
o’rniga choy barglariga fermentlar faoliyatini to’xtatib qo’yish uchun issiq par bilan ishlov 
beriladi. Natijada choy barglarida qora choydagi singari chuqur o’zgarishlar ro’y bermaydi. Shu 
sababli ham, ko’k choy kimyoviy tarkibi bo’yicha choy barglaridan deyarlik farq qilmaydi. Ko’k 
choy damlamasi tarkibida oshlovchi moddalar, kofein, vitaminlar, ayniqsa R va S vitaminlari 
qora choydagiga nisbatan ancha miqdorda ko’p bo’ladi. Bundan tashqari ko’k choyning 
shifobaxshlik va bakteriyalar rivojlanishini to’xtatib qo’yish xususiyatlari qora choydagiga 
nisbatan birmuncha kuchliroq bo’ladi. 
Presslangan choy. Presslangan choy ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo choy 
daraxtining yirik barglari, novdalari, choyni saralashda hosil bo’ladigan bo’lakchalari, gardlari, 
qipiqlari hisoblanadi. 
Presslangan choylar ko’k va qora choylar tarzida bo’ladi. 
Qanday hom ashyo ishlatilishi va presslash shakliga qarab presslangan choylar taxta va 
tosh choylarga bo’linadi. 
Taxta choylar ko’k ham qora choylardan ishlanadi. Taxta choyning qorasi ham ko’ki ham 
qora va ko’k bayxao choylarini saralash paytida hosil bo’ladigan choy maydalari, gardlaridan 
presslab olinadi. Bu choylarni olishning o’ziga xos xususiyati shundaki, bu choylarni ishlab 
chiqarishda xom ashyoga biron-bir qo’shimcha biokimyoviy ishlov berilmaydi. 
Tosh choy faqat ko’k choydan qilinadi. Xom ashyo sifatida dag’alroq, eskiroq choy 
barglari va novdalari ishlatiladi. Bu choyni olishda xom ashyo ma’lum darajada qovuriladi, 
buraladi, harorat bilan ishlov beriladi va quritiladi. So’ngra tayyor xom ashyo g’isht ko’rinishida 
presslanadi. Bu choyning damlamasi qizg’ish-sariq, ta’mi va hidi esa dag’alroq bo’ladi. 
Tezchiqar choy. Bu choy tabiiy qora va ko’k choylarni issiq suvda damlab, hosil bo’lgan 
damlamani quritib kukun holigacha keltirilgan choy mahsulotidir. Bu choy issiq suvda damlansa 
butunlay erib ketadi. 
Choyning assortimenti. Choy bargiga ishlov berish usuli va tashqi ko’rinishiga qarab 
choylar qadoqlangan ko’k va qora choylar, ko’k va qora taxta choylar, ko’k tosh choy va 
tezchiqar choylarga bo’linadi. 
Choylar o’sish joylariga qarab gruziya choyi, ozorboyjon choyi, xitoy choyi, hindiston 
choyi, steylon choyi va boshqalarga bo’linadi. 


152 
Sifati bo’yicha esa qadoqlangan qora va ko’k choylar - buket, ekstra, oliy, 1, 2 va 3-chi 
tovar navlarga bo’linadi. 
Taxta qora choy qadoqlangan qora choy singari a’lo, 1, 2 va 3-chi tovar navlariga 
bo’linadi. Taxta ko’k choy esa faqat 3-chi tovar navli bo’ladi. 
Tosh ko’k choy esa tovar navlariga bo’linmaydi. 
Choyning sifatiga talablar. Har xil choy turlari va navlari sifat ko’rsatkichlari bo’yicha 
bir-biridan ma’lum darajada farq qiladi. Qaysi choy turi yoki navi bo’lishidan qati nazar 
choylarning sifati ularning organoleptik va fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari asosida aniqlanadi. 
Lekin choyning sifatini belgilashda ularning organoleptik ko’rsatkichlari asosiy ahamiyatga 
egadir. Choyning sifatini degustatorlar quruq choyning tashqi ko’rinishi, rangi, buralganligi va 
damlamasining hidi, ta’mi, rangi kabi ko’rsatkichlari asosida baholashadi. 
Quyidagi 12-jadvalda qadoqlangan ko’k choy navlarining organoleptik ko’rsatkichlari 
bo’yicha tavsifi GOST 1939-90 standarti talablari asosida keltirildi. 


153 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish