O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

№ 
Ko’rsatkichlari 
Purkash yo’li bilan quritilgan sut 
Baraban usuli da 
quritilgan sut 


99 
Iste’molchila
rga tovarga 
qo’shib 
beriladigan 
idishlarda
Transport 
idishlarida 
Transport idishlarida 
germe- 
tik 
bekitilga

germetik 
bekitil-
magan 
germetik 
bekitilgan 
germetik 
bekitil-
magan 
1 Suv miqdori, % ko’p 
bo’lmasligi kerak 





2 Yog’ miqdori, %kam 
bo’lmasligi kerak 
25 
25 
25 
25 
25 
3 Eruvchanligi, ml ho’l 
cho’kma, ko’p 
bo’lmasligi kerak: 
oliy navli sut 
birinchi navli 
0,2 

0,3 
0,4 
0,6 
0,8 
0,3 
1,5 
0,6 
1,5 
4 Nordonligi,
0
T, ko’p 
bo’lmasligi kerak 
20 
21 
22 
22 
22 
Oksidlangan yog’ga xos ta’m - bu nuqson quruq sut tarkibidagi yog’ning havo kislorodi 
ta’sirida oksidlanishi natijasida paydo bo’ladi. Bu nuqsonning vujudga kelishining oldini 
olishning birdan-bir yo’li tayyor mahsulotni vakuum sharoitida qadoqlashdan iboratdir. 
Zax hidi va ta’mi – bu nuqson quritilgan sutni germetik bekitilmagan idishlarda va yuqori 
haroratda yaxshi shamollatilmaydigan xonalarda saqlaganda vujudga keladi. 
Eruvchanligining pastligi – bu nuqson quritish jarayonida haroratning keragidan ortiq 
bo’lishi va oqsillar kolloid holatining o’zgarishi natijasida vujudga keladi. 
Quruq sutlarni qadoqash va saqlash. Quruq sutlar iste’molchilarga to’g’ridan-to’g’ri 
sotish uchun metall va kombinastiyalashtirilgan bankalarga hamda sochiluvchan mahsulotlar 
uchun ichiga polimer materiallari yoki alyumin folgasi to’shalgan pachkalarga 1 kg massagacha 
qilib qadoqlanadi. Unda quruq sutning ishlab chiqarilgan kuni, oyi va yili ko’rsatiladi. 
Sanoat korxonalariga jo’natiladigan quruq sutlar esa 25-30 kg massada qilib transport 
idishlariga qadoqlanadi. Bunda qog’oz xaltalar, tagiga polietilen, pergament, stellofan to’shalgan 
faner bochkalar va boshqa idishlardan foydalaniladi. 
Ma’lumki, quritilgan mahsulotlarning o’ziga xos xusuiyatlaridan biri ularning yuqori 
darajada gigroskopikligi hisoblanadi. Sut kukunlari suv bug’larining havodagi parstial bosimi 
bilan mahsulot sirtidagi suv bug’larining parstial bosimi tenglashgunga qadar atrof muhitdan suv 
bug’larini o’ziga singdirib oladi. Quruq sut saqlanayotgan xonalarda havoning nisbiy namligi 
yuqori bo’lgan hollarda uning namligi 15% gacha ortib ketadi. Bu esa mahsulotning tezda 
mog’or bosishi va uning tarkibidagi qaytarilmaydigan jarayonlarning vujudga kelishini keltirib 
chiqaradi. Shu sababli quruq sutlarni qadoqlaganda suv bug’larini o’tkazmaydigan idishlardan va 
o’rab-joylash materiallaridan foydalaniladi. 
Quruq sutning gigroskopiklik xususiyati asosan uning tarkibidagi oqsil moddalarining 
miqdoriga bog’liq. Shu sababli yog’sizlantirilgan sutdan tayyorlangan quruq sut tabiiy sutdan 
tayyorlangan quruq sutga qaraganda yuqori darajada gigroskopiklik xususiyatiga egadir. 
Quruq sutda suvning miqdori 2-4 % ni tashkil etadi. Unda namlikning 4% dan ortib 
ketishi erkin suvlarning paydo bo’lishini keltirib chiqaradi. Ma’lumki, erkin suv sut kislotasining 
va boshqa tuzlarning erituvchisi hisoblanadi. Bu moddalarning konstentrantlangan eritmasi oqsil 
bilan reakstiyaga borib, ularning koagulyastiyasini keltirib chiqaradi, natijada quruq sutning 
eruvchanligi keskin kamayib ketadi. 
Quruq sutlarda namlikning oshishi bilan melanoidlar hosil bo’lish reakstiyasi ham 
intensivlashadi va natijada mahsulotning ozuqaviy va biologik qiymati ma’lum darajada 
pasayadi. 


100 
Quruq sut uchun eng ahamiyatli bo’lgan ko’rsatkichlaridan biri uning hajmiy massasi 
hisoblanadi. Bu ko’rsatkich quruq sut zarrachalarining o’lchami va ular orasida qanchalik havo 
mavjudligidan dalolat beradi. Yog’sizlantirilgan quruq sutning hajmiy massasi 0,54 g/sm
3
ni, tez 
eruvchan quruq sutniki esa 0,49 g/sm
3
ni tashkil etadi. 
Quruq sutlarni qoplarda saqlaganda, shtabellarga qoplarni ustma-ust taxlaganda va 
mahsulotni tashiganda uning o’z-o’zidan zichlashishi natijasida hajmiy massasi ortadi. 
Quruq sutning germetik idishlarga qadoqlanganda saqlash muddati 8 oy, germetik 
bekitilmaydigan idishlarda saqlaganda esa 3 oy qilib belgilanadi.

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish