Yong’oq mevalari
Yong’oqlar bu quruq mevalar bo’lib, boshqa mevalardan tuzilishi, tarkibi, sifatini
baholash va foydalanishi bo’yicha katta farq qiladi.
Yong’oq mevalari tarkibida suv kam (6-15 %) bo’lib, ular tarkibida yog’ – 40-72 %, oqsil
– 14-28 %, uglevodlar esa – 4,8-12,0 % ni tashkil etadi.
Yong’oqlarning sifatini baholashda tashqi ko’rinishi (butunligi, po’stlog’ining rangi,
shakli), 100 dona yong’oq massasi, namligi, ta’mi va hidi, mag’zining sifati va rangi eng muhim
ko’rsatkichlari hisoblanadi. Shuningdek, standartda mexanik jarohatlar, zararkunandalar bilan
zararlanganlik darajasi, achchiq ta’mli mag’izlar hissasi, begona aralashmalar miqdori kabi
chetlanishlar ham ko’rsatiladi. Lekin, har bir yong’oq turining sifatini baholashda o’ziga xos-
xususiyatlari mavjudligi uchun ularning sifat ko’rsatkichlari bo’yicha tavsifini alohida-alohida
keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |