Kasal mollar go’shtlari va ulardan foydalanish imkoniyatlari.
Mollarni go’shtga
so’ygandan keyin hayvonning kasalliklar bilan kasallanish darajasiga qarab go’shtlar uch toifaga
bo’linadi:
iste’molga yaroqli, shartli ravishda iste’molga yaroqli (bunday go’shtlarga iste’mol qilishdan
oldin issiqlik ishlovi berilishi kerak), iste’molga yaroqsiz.
Hayvonlarda uchraydigan kasalliklar invazion kasalliklar va infekstion kasalliklarga
bo’linadi.
Invastion kasalliklarga finnoz va trixinellaz kiradi. Finnoz kasalligi asosan yirik shoxli
mollarda va cho’chqalarda uchraydi. Bu kasalliklarni asosan parazitlar chaqiradi. Go’sht
finnozini oddiy ko’z bilan ham ko’rish mumkin. U qo’ng’ir-oq rangli tiniq pufakcha holida
bo’ladi. Shakli ko’pincha ovalsimon yoki yumaloq bo’ladi. Finlar tashqi tomondan muloyim
biriktiruvchi to’qima bilan qoplangan bo’ladi. Qoramollarda finlar asosan yurak, bo’yin
muskullarida, shuningdek muskul tolalari orasida, o’pkada, yog’ to’qimalarida, cho’chqalarda
esa til, yurak, bel muskullarida hamda bosh miyada joylashgan bo’ladi.
Bunday go’shtlar iste’mol qilinganda inson oshqozonida uzunligi 2 m dan 10 m gacha
bo’lgan lentasimon qurt-soliter hosil qiladi.
56
Agar go’shtning 40 sm
2
yuzasida 3 tagacha finlar bo’lsa kuchsiz zararlangan, 5 tadan
ko’p bo’lsa kuchli zararlangan go’shtlar deb ataladi. Kuchli zararlangan go’shtlar iste’molga
yaroqsiz hisoblanadi.
Kuchsiz zararlangan go’shtlarni muskullari orasida –12
0
S harorat bo’lgancha sovutib,
kuchli tuzlab va 20 kun mobaynida saqlab, uzoq muddat qaynatib iste’mol qilinadi.
Trixinellaz – eng xavfli kasalliklardan sanalib, insonga go’sht orqali yuqishi mumkin.
Trixinellazning chaqiruvchilari trixenallalar hisoblanadi, bu kasallik ko’pincha cho’chqalarda
uchraydi. Cho’chqa tanasida trixinellar asosan oyoq diafragmasida uchraydi. Shu sababli
trixinellazga tekshiruv o’tkazilganda cho’chqaning ikki oyog’i diafragmasidan namuna olinadi.
Shuningdek, trixinellar til, bel, bo’yin muskullarida uchraydi. Trixinelloskopiya qilinganda 24
kesimidan atigi bitta trixinella topilsa ham, bu go’sht texnik utilizastiyaga jo’natiladi. Infekstion
kasallliklarga sil, brustellez, kuydirgi va boshqa kasalliklar kiradi.
Sil kasalligi go’shtga so’yiladigan hamma chorva mollarida uchraydi. Ko’pincha molning
o’pkasi sil kasalligiga chalinadi.
Oriq mollarning ichki organlaridan birortasi sil kasalligiga chalingan bo’lsa, bunday
go’shtlar yo’q qilib tashlanadi. Molning organlari va to’qimalari kasallanish darajasining qaysi
bosqichida bo’lishidan qat’iy nazar to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qilinmasdan texnik utilizastiyaga
jo’natiladi.
Mol tanasining semizligi yuqori bo’lgan holatlarda agar ichki organlardan faqat bittasi
silga chalingan bo’lsa bunday go’shtlarni 120
0
S da ishlov berib so’ngra ovqatga ishlatsa bo’ladi.
Brustellez kasalligi yirik shoxli mollar, cho’chqa, ot va quyonlarda uchraydi. Bu
kasallikni brustellellalar chaqiradi va ular suyaklarni , bo’g’inlarni, suyak moylarini jarohatlaydi.
Bu kasallikni chaqiruvchilari hayvon organizmiga ovqatlar, suv, hatto teri orqali ham o’tishi
mumkin. Kasallikning shakliga qarab kasal mollarning go’shtlari sotuvga ruxsat etiladi yoki
qayta ishlashga jo’natiladi. Go’shtlarni 65
0
S gacha qizdirganda brustellalar halokatga uchraydi.
Ana shu haroratda ishlov berilgan go’shtlarnigina iste’mol qilish mumkin.
Odamlar kasal mollar bilan muomalada bo’lganda va brustellez kasalligi bilan
kasallangan mol go’shtlarini va sutlarini tegishli darajada issiqlik ishlovi bermasdan iste’mol
qilganda kasallanishi mumkin. Brustelloz butun dunyoda keng tarqalgan kasalliklardan biri
sanaladi va hayvonlarning mahsuldorligini kamaytirib katta iqtisodiy zarar keltiradi.
Kuydirgi kasalligi-yirik, mayda shoxli mollar va cho’chqalarning eng xavfli
kasalliklaridan biri hisoblanadi. Bu kasalliklarning chaqiruvchilari sporalar hosil qiluvchi
tayoqchalar hisoblanadi. Odamlar kuydirgi kasalligiga chalingan mollarni go’shtini
maydalaganda va iste’mol qilganda kasallanishi mumkin. Ayniqsa o’lgan mollarning tanalari
tuproqqa va atrof muhitga kuydirgi tayoqchalarining tarqalishini keltirib chiqarishi mumkin.
Shu sababli bunday kasallikka chalingan mollarning go’shti kuydirilib, yo’q qilib
tashlanadi.
Yashur - o’tkir infekstion kasallik hisoblanadi. Bu kasallikning chaqiruvchilari viruslar
hisoblanadi. Ko’pchilik holatlarda bu kasallikka qoramol va cho’chqalar chalinadi. Kam hollarda
qo’y va echkilar ham bu kasallik bilan kasallanishi mumkin. Ko’pincha mollarning og’iz
bo’shlig’i, tili va emchaklari kasallikka chalinib, shu joyda yara hosil qiladi.
Kasallikka chalingan mollarning go’shtini va bu go’shtdan tayyorlangan go’sht
mahsulotlarini yaxshilab qaynatganda so’ngra iste’mol qilish tavsiya etiladi. Odam yaщur
kasalligi bilan kasallangan mollarning sutini qaynatmasdan, xom holida iste’mol qilganda shu
kasallikka chalinishlari mumkin.
Agar kasal mollarning go’shtini shartli ravishda ovqatga ishlatish mumkin bo’lsa, u holda
maxsus tamg’a bilan tamg’alanadi. Masalan, qaynatib ishlatish kerak bo’lsa, «V proverku»,
muzlatish zarur bo’lsa «Finnoz v zamorozku» singari tamg’alar bosiladi, bundan tashqari yaщur
kasalligi bilan kasallangan mollarning go’shtiga qo’shimcha ravishda «Yaщur» tamg’asi
bosiladi. Iste’molga yaroqsiz deb topilgan go’shtlarga «Iste’molga yaroqsiz» degan tamg’a
bosiladi.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |