kimyoviy o’zgarishlar ro’y berib, mahsulotga yoqimli ta’m va hid beruvchi yangi
moddalar hosil bo’ladi. Qoqlash uchun o’rtacha semizlikdagi va seryog’ baliqlar
ishlatiladi. Osetra va lasos oilasiga kiruvchi baliqlardan tashqari hamma baliq turlari
qoqlanadi. Osetra va lasos baliqlaridan esa tansiq lahmli baliq mahsulotlari ishlab
chiqariladi.
Baliqlarni qoqlash quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: saralash, tilimlash,
yuvish, tuzlash, suvda ivitib ortiqcha tuzdan xalos etish va qoqlash.
Baliq massasi bo’yicha yirik, o’rtacha va kichik baliqlarga saralanadi. Ularni
nimtalash tuzlashdagi singari olib boriladi. Ko’pincha nimtalamasdan butun holida
ishlangan baliqlardan yuqori sifatli qoqlangan baliq mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Tilimlangan baliqlar sirtidagi shilimshiq moddasidan tozalash uchun yaxshilab
yuviladi. Shilimshiq moddasidan yaxshi tozalanmagan baliqlar sirtida oqishg’ubor paydo
bo’ladi, bu esa baliqning tovar ko’rsatkichlarini pasaytiradi va saqlash muddatiga salbiy
Do'stlaringiz bilan baham: |