O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti


Qand mahsulotlarini o’rash, joylash, saqlash va tashish qoidalari



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

 
Qand mahsulotlarini o’rash, joylash, saqlash va tashish qoidalari 
Qand mahsulotlarini saqlash, tashish paytida tashqi muhitdan yaxshi himoya qilinsa, ular 
o’zlarining dastlabki xususiyatlarini o’zgartirmaydi. 


161 
Shakar 50 kg sig’imga ega bo’lgan yangi va ishlatilgan I va II toifa qoplarga yoki 25, 30 
va 40 kg sig’imli qog’oz qoplarga joylanadi. Qand solinadigan qoplar zig’ir, kunjut, kanop 
tolalari aralashmasidan to’qiladi. Qoplar toza, quruq, va begona hidsiz bo’lish kerak. Shakarlarni 
avtomobil vositalari bilan tashiganda ularni 40 kg sig’imli 5-6 qavatli qog’oz xaltalarga 
joylashga ham ruxsat etiladi. 
Chaqmoqlangan qand-rafinadlarni uzoqlarga tashilganda sof massasi 50; 70 va 80 kg 
qilib ikki qavat zig’ir-kunjut yoki kunjut-kanop qoplarga joylanadi. Savdo tarmoqlariga qand-
rafinadlar 0,5-1,0 kg karton qutilarga yoki ikki qavatli qog’oz pachkalarga joylanadi. Bu quti va 
pachkalar faner va taxtadan yasalgan sig’imi 30-35 kg bo’lgan yashiklarda savdo 
shaxobchalariga jo’natiladi. Tozalangan shakar ham savdo shaxobchalariga 0,5-1,0 kg sig’imli 
qog’oz yoki polietilen paketlarga qadoqlanib chiqariladi. 
Shakar va qand-rafinad solingan qoplarga yorliqlar tikiladi, yashiklarga esa tovar 
yorliqlari yopishtirilib markalanadi. Markalarda quyidagilar ko’rsatilishi kerak: shakar va qand-
rafinad ishlab chiqargan zavodning qaysi tarmoqqa tegishli ekanligi, tayyorlovchi zavodning 
nomi, mahsulot xili, massasi, qopning toyifasi va standart nomeri. 
Saqlash jarayonida bo’ladigan o’zgarishlar ko’p hollarda qandning kimyoviy tarkibiga 
va tozaligiga bog’liqdir. Masalan, saxaroza tashqi muhitga va haroratning o’zgarishiga juda 
chidamli, hatto havoning nisbiy namligi 90 foiz va undan baland bo’lganda ham toza saxaroza 
namlanmaydi. Lekin, saxarozaning suvda eruvchanligi juda yuqori bo’lganligi uchun yuqori 
havo namligida saqlash tavsiya etilmaydi. Shuning uchun ham shakar va qand-rafinadlarning 
namligini tortish qobiliyati ko’p jihatdan ular tarkibidagi saxarozaning miqdoriga bog’liqdir. 
Harorat bir xil (20
0
S) bo’lganda shakarning nam tortmasdan yaxshi saqlanishi uchun havoning 
nisbiy namligi 70 foizdan, qand-rafinand uchun esa bu ko’rsatkich 85 foizdan oshmasligi kerak. 
Qand-rafinadda shakarga nisbatan saxarozaning ko’pligi va uning tozaligi havoning nisbiy 
namligi yuqori bo’lganda ham uning namlanmasdan saqlanishini ta’minlaydi.
Shakarning nam tortib qolishi, ya’ni ularda erkin suvning ko’payishi shakar 
kristallarining yopishqoq bo’lishiga, ularning sochiluvchanligi, yaltiroqligining yo’qolishiga 
sabab bo’ladi. Qand-rafinadlarning nam tortishi mikroorganizmlarning rivojlanishini ta’minlab, 
qandning buzilishiga, ishqorlikning kamayishiga, saxarozaning inverstiyaga uchrashiga olib 
keladi. Bu o’zgarishlar shakar va qand-rafinad sifatining keskin pasayishiga sabab bo’ladi, 
hamda ularni bundan keyin saqlash va iste’mol qilish mumkin bo’lmay qoladi. 
Bundan tashqari qand va shakar mahsulotlari havodagi begona hidlarni o’ziga singdirib 
olish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ularni hid tarqatadigan mahsulotlar bilan (masalan, 
dudlangan baliqlar) saqlash ruxsat etilmaydi. 
Qoplarga solingan shakar mahsulotlari omborlarda 15-20 qator qilib, presslangan quyma 
qand xususiyatli oq qand 7 qatorgacha, presslangan va qo’yma qandlar 6 qatorgacha taxlanib 
saqlanadi. Bundan baland holda taxlansa pastki qoplardagi shakarlar bosilib zichlashib qoladi, 
qandlar esa ma’lum darajada uqalanib maydalanishi mumkin. 
Hozirgi kunda shakarlar qoplarga solinmasdan stilindr shaklidagi temir beton minoralarda 
ham saqlanishi mumkin. Bunday usulda saqlanganda ketadigan xarajat ozroq kam bo’lsada, 
biroq shakarning sifatini tekshirish qiyinlashadi. 
Qand va shakar mahsulotlarini saqlash muddatini oshirish uchun ularni har oyda nazorat 
qilib, sifatini tekshirib turish va omborlarda aniq harorat hamda nisbiy namlikni ushlab turish 
tavsiya etiladi. Bu talablarga rioya qilinsa mahsulotlar namligining o’zgarishini to’xtatish 
mumkin. 
Shakarlarning saqlash muddatlari 26907-86 nomerli Davlat standartlarida isitiladigan 
omborlarda 8 oygacha, isitilmaydigan omborlarda esa 1,5 oydan 4 oygacha, qandlar uchun - 
isitiladigan omborlarda esa 5 oygacha qilib belgilanadi. 
Qand va shakar mahsulotlari sanitariya qoidalariga javob beradigan turli xil transport 
vositalari yordamida tashilishi mumkin. Tashish paytida bu mahsulotlarning namlanib yoki 
qurib, hamda zichlashib yaxlit massa hosil bo’lib qolishiga yul qo’ymaslik kerak.


162 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish