O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/95
Sana06.02.2022
Hajmi1,9 Mb.
#432693
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   95
Bog'liq
Диншунослик Услубий Кўлланма сўнгги doc

Uhud jangi. 
Makka zodagonlarining boshlig‘i Abu Suf‘yon payg‘ambardan 
va musulmonlardan o‘ch olishga qaror qiladi. U Madina vohasidagi Banu Nazir 
degan yahudiy qabilasi bilan yashirin til biriktirib, ulardan musulmonlar to‘g‘risida 
ma‘lumotlar to‘playdi. 625 yil 21 martda Uhud degan adirlikda jang bo‘lganligi 
uchun ―Uhud jangi‖ deyiladi. Bu jangda makkaliklardan 3000 otliq va tuya 
minggan askar va musulmonlardan ming kishilik lashkar Muhammad qo‘mondon-
ligida qatnashadi. Maydonga makkaliklardan pahlovon Abu Talha va 
madinaliklardan Bahodir Ali tushadi. Ali Talhani engadi va musulmonlar hujum 
boshlab makkaliklarning markazi yanchib tashlanadi. G‘alaba alomatlari ko‘rina 
boshlaganda askarlardan bir qismi makkaliklar qarorgo-hidagi o‘ljalarga 
tashlanadi. Bularni ko‘rgan kamonchilar ham o‘ljaga qarab ketadilar, natijada 
mudofaa mavqei ochiq qoladi. Makkaliklarning 200 otliqdan iborat guruhi Hamid 
Ibn Valid boshchiligida musulmon qo‘shinlarining o‘ng qanotini osongina qirib 
tashlaydi. Madinaliklar chekina boshlagan paytda Muhammad boshiga urilgan 
qilichdan yaralanadi. Madinaliklar payg‘ambarni jang maydonidan olib chiqadilar 
va tog‘ orasiga yashiradilar. Jang maydonini aylanib chiqqan Abu Suf‘yon 
musulmonlardan o‘chini olganiga qanoat hosil qilgach, ularning iziga tushib ta‘qib 
qilmasdan orqaga, Makkaga qaytadi. 
Musulmonlar tog‘ oralig‘idan chiqib halok bo‘lganlarni yig‘adilar. 
Payg‘ambarning, ular shahid (ya‘ni islom dini uchun jang qilib fidoyi bo‘lganlar), 
shu boisdan yuvish va kafan-lashga muhtoj emas, degan hukmi asosida o‘z 
kiyimlarida dafn qiladilar. Bu keyinchalik aylanadi. Musulmonlar shaharga 
qaytgach, bir necha kun motam tutadilar. Ilk manbalardagi ma‘lumotlarga ko‘ra, 
musulmonlardan 70-74 kishi, ular orasida payg‘ambarning eng jangovar amakisi 
Hamza ham shu jangda halok bo‘ldilar. Makkaliklar talofati esa 24 kishidan iborat 
bo‘ldi. 
Uhud jangidagi mag‘lubiyatdan keyin Madinada bir oz kelishmovchilik, 
payg‘ambarni ayblash bo‘lib o‘tadi, ammo umuman Muhammadning obro‘siga 
putur etmagan. Dushman bilan til biriktirgani va payg‘ambar, uning safdoshlariga 


84 
suiqasd uyushtirgani uchun Banu Nazir yahudiy qabilasi bilan urush olib boriladi 
hamda 625 yilning sentyabrida bu qabila ko‘chirib yuboriladi. 
Ularning erlariga musulmonlar ko‘chib kelib joylashadi. Bu vaqtdan keyin 
musulmonlar bilan yahudiylar murosasi yomonlashadi. 
Banu Nazir qabilasi bilan urush bo‘lib turgan vaqtda bir necha musulmon 
qaerdandir ichkilik topib ichishadi va kayf qilib, o‘zaro janjallashadilar. Shu 
munosabat bilan Qur‘onning 5-Moida surasidagi 90-oyatda aroq va boshqa kayf 
qiladigan ichkilik harom, deb ko‘rsatilgan. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, 
ichkilikni Qur‘onda birdaniga harom deyilgan emas. Avval, Makka davrida kayf 
qiladigan ichimlik Xudo bergan rizq (musallas uchun) kunjut, zaytun yog‘ini siqib 
olish kabi Allohning ne‘matlaridan deyilgan (12-sura 49-oyat). Madinaga xijrat 
qilingach, oradan ko‘p o‘tmay, maydan ma‘lum foyda ham bor, lekin uning 
foydasidan zarari ko‘proq deyilgan (2-sura 219-oyat). Payg‘ambarning yaqin 
safdosh-laridan biri Amir Ibn Avf (Uhud jangidan so‘ng) kayf bilan namozga kirib, 
Qur‘on surasini buzib o‘qiydi. 4-sura 43-oyatdagi ―kayf holatingizda namozga 
yaqinlashmangiz‖, degan ko‘rsatma ana shu hodisa bilan bog‘liq hisoblanadi. 
Ichkilikbozlikning musulmonchilikka zid, ahloq-odobga xilof, jamiyatga zararli 
ekanligini yodda saqlamoq darkor, buni bizga Rasulullohimiz aytib ketganlar.
Uhud jangidan keyin Muhammad payg‘ambar rahbarligida atroflardagi 
badaviy arablari 
musulmonlikka dohil qilindi
jamoa mustahkamlandi. 
Payg‘ambarimiz diniy rahbar, bosh imom ham harbiy qo‘mondon (lashkarboshi), 
ham ma‘muriy rahbar sifatida hamma tan olgan buyuk shaxsga aylandi. 
Hijratdan keyingi o‘tgan 3 yil ichida huquqiy va ahloqiy munosabatlarni 
takomillashtirishga qator karor va qonunlar kiritiladi va ular keyinchalik islom 
shariatida mustahkam o‘rin egallaydi. 625 yilning oxiri 626 yilning boshlarida 
vahiy qilingan 4-surada oila, nikoh, vorislik, etim-esirlar huquqi kabi 2-suradagi 
(Uhud, jangidan keyin) masalalar yanada batafsilroq aytib o‘tilgan. Mukammal 
yangi qonun-qoidalar (4-suraning 1-39, 127-130-oyatlar), shuningdek jihod 
urushlarida ishtirok etish, shahidlar va ularning oilalari haqidagi qoidalar vahiy 
etilgan (4-suraning 71-104-oyatlari). 


85 
Shuningdek, Badr va Uhud janglarida, oraliqdagi 10 dan ortiq mayda 
to‘qnashuvlarda, jami 180 dan ortiq kishi halok bo‘lgan edi. Ulardan qolgan tul 
xotinlaru etim bolalarning turmushi va ta‘minoti masalasi paydo bo‘lgandi. Etimlar 
va bevalarni boqish, tarbiyalash maqsadida to‘rttagacha xotin olishga ruxsat 
etilgan. Lekin ularga teng qaray olmagan kishi bo‘lsa bitta xotin olsin, hatto o‘z 
cho‘risiga uylansin, deyishning mohiyatida shahvatparastlik emas, balki vujudga 
kelgan murakkab ijtimoiy, huquqiy va ahloqiy muammolarni hal qilish zaruriyati 
yotadi. 
Bu masalada musulmonlarga ibrat bo‘lish uchun payg‘am-barning o‘zi Uhud 
jangida yaralanib, keyin vafot etgan yaqin safdoshi Abu Salama ibn Abdul 
Asadning xotini Ulima Salamaga 626 yilning mart oyida uylanadi va uning etim 
qolgan ikki o‘g‘ilchasini o‘z tarbiyasiga oladi. 
Feodalizm sharoitida o‘rta asrlar musulmon mamlakat-larida diniy 
mutaassiblik kuchayadi, ilk islomga xos demok-ratik va insonparvarlik 
g‘oyalarining mazmuni unutiladi, boylar va hokimlar uchun etimlarga g‘amxo‘rlik 
emas, balki shuhratparastlik va shahvatparastlik tuyg‘ulari hamda oilaning mol-
mulkini ko‘paytirish, o‘z manfaat, huquqlarini kuchaytirish kerak edi. Lekin bu 
mohiyatan ilk islomga xos ahloqiy tamoyillarni qo‘pol buzish bo‘ldi.
 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish