Krest-xoch salib
. - xristianlikda muqaddas timsol. Pravoslavie va
katolitsizmda diniy sig‘inish predmeti. Bibliyada ko‘rsatilishicha Iso krestga
mixlab o‘ldirilgan. Shuning uchun xristianlikni qabul qilish belgisi sifatida diniy
timsolga aylangan. Xristianlikdan avvalgi dinlarda ham krestga sig‘inish mavjud
bo‘lganligini arxeologiya fani ashyo predmetlari tasdiqlaydi.
5.
Lavra
(yun.-ko‘p kishilik monastir) yirik va muhim pravoslav
erkaklar monastirlarining nomi. Rus pravoslav cherkovida Kiev-Pechera (1598
yilda), Troitsa-Sergiy (1744 yilda), Aleksandr Nevskiy (1797 yilda) va Pochaev-
Uspenskiy (1833 yilda) monastirlari Lavra deb atalgan. Mahalliy eparxial
arxiereylar Lavra Lavirlari hisoblangan. Troitsa-Sergiy Lavrasi noziri cherkov
boshlig‘i - patriarx hisoblanadi.
6.
Do'stlaringiz bilan baham: |