47
ammo
konstitutsiya
buddizmga
"ustuvor
maqom"
beradi
4
.
Gautama haqida aniq ma‘lumotlar yo‘q. Rivoyatlarga ko‘ra, u hind qabilasi
hukmronlaridan birining o‘g‘li bo‘lgan va zurriyodsiz malika Mayya g‘oyibdan
homilador bo‘lib, uni 45 yoshida tuqqan. Gautama tug‘ilishida mo‘‘jiza ro‘y
bergan. Tabi-iy
hodisalar - er qimirlashi, chaqmoq chaqishi, momaqaldiroq
guldirashidan tashqari, chaqaloq tug‘ilgan zahoti etti qadam qo‘ygan va gapira
boshlagan.
Qadimiy Hindistonda buddaviylik shakllangunga qadar murakkab sinfiy
munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, o‘rta va quyi tabaqalarga ajratilib, oliyga -
braxmanlar, harbiylar, o‘rta
tabaqalarga - hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar,
eng quyi tabaqaga esa qora xalq, xizmatkorlar kiritilardi. Quyi tabaqa kishilarining
hayoti nihoyatda og‘ir edi. Ular ijtimoiy tenglik u yoqda tursin, diniy tenglikka
ham erishish huquqiga ega emas edilar. Bu xol katta noro-zilikka sabab bo‘ldi.
Bundan tashqari, jamiyatni kastalarga, oliy va past
toifalarga ajratish mavjud
bo‘lib, braxmanizm dini kastachilikning himoyachisi va g‘oyaviy quroli edi.
Buddaviylik diniy ta‘limotining asosiy manbai tripitaka (lug‘aviy ma‘nosi
―uch savat‖ donolik) deb nom olgan diniy yozuvlarda aks etgan. Diniy ta‘limotda
Budda uchta savatda ta‘limot qoldirgan, deb tasavvur etiladi. Birinchi savat -
Vinaya-Pitaka deyiladi va u budda rohiblik jamoasini tashkil etish tartib-qoidalari,
pand-nasihatlar, ahloq normalari bayonidir; ikkinchi savat - Sutta-Pitaka deyilib,
unda duolar, dostonlar,
afsonalar bayon etilgan; uchinchi savat - Atxidamme-
4
https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%91%D1%83%D0%B4%D0%B4%D0%B8%D0%B7%D0%BC
48
Pitaka bo‘lib, diniy falsafiy-ahloqiy g‘oyalar bayonidan iborat. Buddaviylik,
hamma narsaning asosida bilib bo‘lmaydigan ruh yotadi, deydi. Dunyo real
mavjud emas, u faqat kishilarning xayolida, bilib bo‘lmaydigan ruhning namo-yon
bo‘lishida, deb ta‘lim beradi. Buddaviylikdagi Nirvana ta‘limoti ―muqaddas
haqiqat‖ deb ataladi. Unga ko‘ra: 1) hayot va turmush azob-uqubatlarining sababi -
kishilarning istaklari va nafslarida; 2) azob-uqubatdan qutulish uchun kishilar
o‘zlarining
istak va nafslarini tiyishlari, Budda kashf etgan aqidalarga amal
qilishlari zarur. Buddaviylik azob-uqubat tushunchasini mutlaqlashtiradi,
borliqning barcha ko‘rinishlarini, uning mohiyatini, har qanday hayot tarzini azob-
uqubat deb hisoblaydi. Shuning uchun ham buddaviylik Nirvanani borliqning
intihosi, deb ham tushunadi.
Buddaviylik ta‘limotiga ko‘ra, jonli mavjudotlarning o‘lishi uni tashkil etgan
dharma (element, zarracha)larning ajralib ketish jarayonidir. Bu dharmalarning
yangidan birikishi ilgari qilingan «savob va gunoh»lar bilan bog‘liq deyilgan.
Dharma Nirvana darajasiga etgandagina qayta tug‘ilishlarga barham berilib, azob-
uqubatdan butunlay xalos bo‘ladi.
3) Buddaviylik ta‘limotiga ko‘ra azob-uqubatlardan xalos bo‘lishning eng
maqbul yo‘li rohiblik (zohidlik) jamiyatiga (sangxa) o‘tish hisoblanadi. Odam joni-
ruhi gunohdan tozalangach, mutlaq sokinlik olami bo‘lgan Nirvanaga dohil
bo‘ladi.
4) Rohiblik boshqa dinlarga qaraganda buddaviylikda
avvalroq vujudga
kelgan bo‘lib, hozirgi kunda buddaviylik mazhablaridan bo‘lmish Xinayana
tarqalgan mamlakatlar xalqlarining ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynamoqda.
Rohiblar buddaviylikka e‘tiqod qiluvchilar orasida juda katta obro‘ va
hurmatga sazovor bo‘lib, ularga itoat etish va aytganini bajarish zarur, deb
hisoblanadi. Buddizmda bir nechta mazhablar paydo bo‘ldi. Bulardan eng yirigi I
asrda ajralgan Hinoyana (Kichik arava - tor yo‘l ma‘nosida) Shri-Lanka, Birma
kabi mamlakatlarda keng tarkalgan. Mahayana (Katta arava - keng yo‘l ma‘nosida)
Tibet, Yaponiya, Mo‘g‘uliston hamda Oltoy va Uzoq Sharqda yashovchi ba‘zi
xalqlar o‘rtasida keng tarqalgan. Buddaviylik Tibet va Mo‘g‘ulistonda ham
49
tarqalgan bo‘lib, u lamaizm degan nom bilan yuritiladi. Buddaviylikning bu
mazhabi mahalliy xalqlar o‘rtasida qadimdan mavjud bo‘lgan
diniy tasavvur va
urf-odatlarni o‘zlashtirgan. Lamaizmda buddaviylikka xos tasavvurlar bilan bir
qatorda, Buddaviylikning yana qaytib kelishi va er yuzida adolatli hokimiyat
o‘rnatishi to‘g‘risidagi bashoratga keng o‘rin berilgan. Lamaizmni ko‘chmanchi
xalq hayotiga moslashlashtirishga urinish mavjud. Undagi ibodat qilish tartibi ham
ancha soddalashtirilgan.
Buddaviylik ta‘limotida olam uch bosqichli deb ta‘riflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: