SHOMONIZM
ibtidoiy jamoa tuzumi emirilishi davrida paydo bo‘lgan
qadimgi diniy e‘tiqodlardan biridir. Uning o‘ziga xos xususiyati - kishilar orasida
go‘yo turli ruhlar bilan munosabatda bo‘la oladigan shomonlar (bizning mahalliy
sharoitda shomonlar - baxshilar, folbinlar, parixonlar, ko‘chirikchilar, duoxon,
azoyimxonlar deb ataladi) qobiliyatiga ishonishdir. Shomonlarda kasalni davolash,
17
odamlar qismatini karomat qilish, tabiatda xohlagan o‘zgarishlar qilish kabi
mo‘‘jizakor sirli qobiliyat bor, deb o‘ylashgan.
Sehrgarlar magiya, ya‘ni afsungarlik hatti-harakatlari bilan kishilarda ruhiy
ko‘tarinkilik holatini yuzaga keltirishlari mumkin. Afsungarlar odatlari va duolari
hunar-kasbda, harbiy ishlarda, chorvachilik, dehqonchilik, savdo ishlarida,
tibbiyotda keng qo‘llanilgan.
Shomon do‘mbirasi yoki boshqa musiqiy asboblarda muno-jot kuylari, sirli
duolar, g‘ayriodatiy raqs harakatlari, turli rasm-rusumlar jazavasi tutib, holdan
toyguncha bajariladi. Masalan, zikr tushish hushdan ketguncha davom etadi.
MAGIYА
(Sehrgarlik). Shomonizm bilan magiya-sehrgarlik juda yaqin
bo‘lgan dinlar hisoblanadi. Magiya diniy psixologiyaning o‘ziga xos amal qilishi
bo‘lib, bu din sehr, afsun kuchi bilan insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga
ta‘sir ko‘rsatish maqsadida bajariladigan sehrgar hatti-harakatidir.
Sehrgarlik harakatining shakllari turlicha bo‘lib, ular hayotning har xil
sohasida qo‘llanilgan. Muhabbat sehri, ishlab chiqarish magiyasi, dushmanni
engish sehri-avrash kabi turli ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan. Mehnat va
ishlab chiqarish magiyasiga turli sehrli marosimlar bag‘ishlangan. Oila-nikohga
bag‘ishlangan ko‘pgina sehrgarlik marosimlari, rasm-rusumlar va odatlar mavjud.
Masalan, kelin-kuyov boshidan tangalar, qandlar sochish, ularning oyog‘i ostiga oq
poyondoz solish, shirin choy ichirish, kelinning oyog‘ini kuyov bosishi yoki
18
aksincha, kelin kuyov oyog‘ini chaqqonlik bilan bosib olishi kabi qiziq odatlarda
kelajakda oilaviy hayotni yaxshi, ahl, shirin, boy-badavlat bo‘lishiga
ko‘maklashadi degan maqsadlar ko‘zda tutilgan.
Ovga borishdan avval hayvonlar rasmiga yoki terisiga ustalik bilan nayza
sanchish mashqi yoki sehrli harakat raqsi eng qadimgi ovchilar hayotida keng
tarqalgan.
Xalqimiz o‘rtasida chilyosin qilib kasalni davolash odati ham tez-tez
o‘tkaziladi. Bu marosim sehrgar-baxshilar tomonidan o‘tkaziladi. Odatda birorta
qo‘y yoki echki so‘yiladi, uning qoni bemor kishining ko‘kragiga, qorniga, oyoq -
qo‘llariga, peshonasiga surtiladi, nim qorong‘u xonada Qur‘onning Yosin surasini
qirq marta tilovat qilib, kasal kishiga dam solinadi, uning atrofida «ha chiq, ha
chiq!» deb zikr raqsiga tushiladi, sirli duolar o‘qilib musiqa chalinadi, xipchin
bilan kasalni engilroq darajada savalab, «uning ichiga kirib olgan ins -jinslar»
haydaladi. Kasal ruhiga ta‘sir qilishga mo‘ljallangan bu sehrli marosimdan so‘ng
kasal yo tuzaladi yoki vafot qiladi. ―Chilyosindan chiqibdi yoki chiqa olmabdi‖
degan xabar el orasida shu odat tufayli kelib chiqqan.
Sehrgarlik dini hozirgi zamonda ham folbinlik shaklida; dam solish, isitma-
sovutma, qaytarma qilish, ―ilmi-amal‖, ―oldini boylash‖ kabi shakllarda xalq
orasida saqlanmoqda.
Umuman ibtiodiy jamiyatda totemizm, anemizm, feti-shizm, shomonizm va
sehrgarlik kabi dastlabki dinlar paydo bo‘lgan, ular asosan tabiat kuchlar ini
ilohiylashtirgan, ammo bu dinlarda xudolar, payg‘ambarlar, muqaddas kitoblar
paydo bo‘lmagan edi. Ibtidoiy dinlar ulardan keyin kelib chiqqan dinlarga kuchli
ta‘sir qilgan, ularning ayrim ko‘rinishlari hozir ham mavjud. Ov bilan,
chorvachilik bilan shug‘ullangan xalqlarga ayrim o‘simliklar va osmon jismlarini
ilohiylashtirish xos bo‘lsa, hunarmandlar uchun pirlarga, ma‘budalarga sig‘inish
xos edi.
Afsungarlik, jodu, duoxonlik, avlodlar ruhiga sig‘inish ham o‘sha davrdagi
dinlarga xos edi. Din madaniyat tizimiga kirgan ko‘pgina marosimlarni o‘sha ilk
davrlarda vujudga keltirgan.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |