Ilm kasbini qildi to joni bor,
Hunar o’rgandi ongaki imkoni bor.
Tarbiyaning dolzarb masalalarini yechishda asos bo’lib xizmat qiladi.
O’zbek xalqining mehnat sevarligi tarix to’fonlariyu ur yiqitlariga bardosh berib,
tajriba-sinovlardan muvafaqqiyat bilan o’tib, toblanib, har bir davrda o’z
faoliyatini takomillashtirib, avlodlar tarbiyasida hal qiluvchi rolni o’ynab keldi.
Quyida biz boshlangich sinflarda qo`llaniladigan xalq maqollaridan misollar
keltiramiz.
Mehnat -salomatlik garovi.
Mehnat qilgan dard ko’rmaydi.
Mehnat - tanga davo, jonga-shifo. (Nosir Buxoriy).
O’g’il topsin san`at-hunarda kamol
Bu hunar bilan u tera berar mol. (Yusuf Xos Hojib).
«Baxt yo’lda emas, qo’lda»;
«Baxt qushini ushlamoq uchun, baxt oviga chiqmoq kerak»;
«Baxtli odamni izlama, baxt yo’lini izla»,
degan maqollar ham borki, bular
bilan: «quruq tilak, orzu-istak, umid Baxt –tilakda emas, bilakda. «Kishining
baxti-bel, bilagi bilan baxtga erisholmaysan, bilagingni ishga sol, mehnat qil»,
demoqchi bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |