O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti


Mavzu: Texnologiya ta’limidan sinfdan tashqari ishlar



Download 6,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/208
Sana01.02.2022
Hajmi6,34 Mb.
#423826
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   208
Bog'liq
Texnologiya Toliq Majmua.

Mavzu: Texnologiya ta’limidan sinfdan tashqari ishlar. 
Reja. 
1.
Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari. 
2.
Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. 
3.
Sinfdan tashqari ishlarning shakllari (ommaviy ish, tarbiyaviy tadbirlar
musobaqalar, to`garak ishlari, mustaqil mashg`ulot) 
Mehnat tarbiyasi, Mehnatga munosabatni tarbiyalash maktabdagi o’quv 
hamda sinfdan tashqari ishlarning o’zagi, maktabning hayot bilan aloqasini 
mustahkamlashning asosiy yo’lidir. O’quvchilar Mehnat ruhiy va amaliy 
tayyorlash maktabning asosiy tarbiyaviy vazifalaridan biridir. 
Maktabning turmush bilan aloqasi kundan-ko’nga mustahkamlanib 
bormoqda, sinfdan tashqari ishlarning o’quvchilar o’zlarining mustaqilliklari 
va tashabbuslarini namoyish eta oladigan, ularga jamiyat foydasi uchun tashkil 
etilgan Mehnat ning go’zalligi va quvonchini, jamoaning kuchini his 
etishlariga yordam beradigan yangi shakl va usullarlari aniqlanmoqda.
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlarni davom ettirilishi to’garak 
ishlari, jumladan “Mohir qo’llar”, “Yosh naturalistlar”, “Badiiy kashtachilik 
to’garaklari” kabi to’garaklar keng tarqalgandir. 
O’quvchilarning Mehnat faoliyatiga psixologik va amaliy tayyorlash 
o’quvchilar ijtimoiy foydali Mehnatining har xil turlarida qatnashayotgan 
vaqtlarda xilma-xil tarbiyaviy tadbirlarni qo’llash orqali amalga oshirilishi 
kerak.
O’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ish maktabning 
butun tahlim – tarbiyaviy ishlarining ajralmas qismi bo’lib, u bolaning har 
tomonlama rivojlantirish, darslarda egallayotgan bilimlarini mustahkamlash, 
chuqurlashtirish, amalda qo’llanishga yordam beruvchi muhim vositalardan 
biridir. Sinfdan tashqari ish ayni bir vaqtda o’quvchilarning bilim doirasini 
kengaytiradi, Mehnat tahlim va tarbiyasi bolalarda fan texnika, sahnatning turli 
sohalariga qiziqishini o’stirish masalalarini hal etishga yordam beradi. 
Texnologiya ta’limi bo’yicha sinfdan tashqari ishlar texnik Texnologiya 
darslarining davomi qo’shimchasidir. O’quv mashg’ulotlari bilimlarga 
qiziqishini o’zstiradi, sinfdan tashqari ish darsida bilimlarni kengroq qo’llash 
hamda chuqurlashtirish imkonini beradi. SHu bilan birga sinfdan tashqari 
ishdarsda berilgan materiallarni aynan takrorlamasligi kerak, u sinfdagi ishdan 
o’zining o’yin, qiziqarli xarakterdaligi bilan ajralib turadi. Sinfdan tashqari ish 
o’quvchilarga ishning o’zlariga ko’proq yoqqan, o’zlarini ko’proq qiziqtirgan 
turini tanlashlari uchun imkon yaratadi. Faqat sinfdan tashqari ishlarda 
o’quvchilarning individual ijodiy qobiliyatlari yorqinroq namoyon bo’ladi, bu 
yerda ular istalgan ish bilan shug’ullanishilari, qo’yilgan maqsadga erishish 
uchun kerak bo’lgan vaqt va kuchini sarflashlari mumkin. 
Sinfdan tashqari ishning formalar ko’pdir: 
Ommaviy ish – kechalar, ertaliklar, konkurslar, viktorinalar
ekskursiyalar, suhbatlar,ko’rgazmalar. 


27 
Maktablarda boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni ertaliklar, 
ko’rgazmalar tayyorlashni uyushtirish kabi ommoviy ish turlaridan keng 
foydalanib, konskurs va viktorinalarga kam ehtibor beriladi. Ommaviy ishning 
konkurs va viktorinalar kabi turi juda qiziqarli va aynan bir vaqtda katta 
tarbiyaviy imkoniyatlarga egadir. Chunki zehnli, tez javob topa bilish, o’z fikri, 
bilim va ko’nikmalarini safarbar eta bilish xuddi mana shu ish turlarida talab 
qilinadi. 
Maktabning tarbiyaviy ishlarida ommoviy ishlar katta rolg’ uynaydi. 
Kechalarga, konkurslarga, viktorinalarga tayyorgarlik O’quvchilarni xar 
tomonlama xarakat qilishga matnlarni yodlash, kostyumlar tayyorlash,
jixozlash, bezash ishlarini amalga oshirishga majbur kiladi. Kechalar mavzulari 
shunday tanlanish kerakki, u o’quvchilarda xar tomonlama kizikish uygotsin, 
ularni uylashga, ixtiro qilishga majbur etsin va fakat mavjud bilim va 
ko’nikmalar bilan cheklanib kolmay, kecha mavzusining dasturiga muvofik 
yangiliklarni xam uzlashtira borsin. Ayniksa kechalar ikki yondosh sinflar 
kushilganda juda kizikarli va jonli utadi. Kecha mavzusi asosan makol va 
matallardan olinadi, ammo kecha mavzusini “Mehnat va Mehnat kishilarini 
sharaflaydigan” Mehnatga alokador bulishi xam mumkin. 
Mehnatga bagishlangan kechalarni xar bir ukuv choragi va yil oxirida 
utkazish maqsadga muvofik bular edi. Kecha “Maktab Mehnat darslarida 
nimalarni urganib oldingiz” mavzusi asosida utkazish mumkin. Kechaning 
maksadi Mehnat darslarida olingan ko’nikma va malakalarni mustaxkamlash, 
Mehnatga muxabbat singdirishdir. 
Turli ishlarni bajarish, asboblarni tugri ishlatish, darslarda 
foydalaniladigan materiallar va asboblar buyicha bilimlarni tekshirishga 
bagishlangan musobakalar sinfda va sinflararo utkazilishi mumkin. Ish 
turlarini, tayyorlash Mehnat sini aynan uzini koldirib uzgartirish kerak. Xamma 
topshiriklarni bajargan O’quvchilarni maxsus nishon bilan takdirlash mumkin.
Tugarak ishlarida kurgazmalar, mavzuli alg’bomlar, kurgazmali 
kurollarni tashkil etish va bajarish muxim urin egallaydi. 


28 
Kurgazmalar mavzusi xilma-xil bulishi mumkin, masalan sinfda 
Mehnat darslarida bajarilgan ishlar kurgazmasi, uyda mustakish ishlagan yoki 
tugaraklarda ishlangan ishlar kurgazmasi va shu kabilar. Kurgazmani 
tomoshabinlar qanday idrok etishlari, kurgazmani qanday tashkil etilganligi
qanday bezatilganligini, namunalarning joylashtirishiga boglikdir. Kurgazma 
estetik didni tarbiyalaydi. 

Download 6,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish