Pedagogik tadqiqotdan oldin va keyin chidamkorli sifatining o’zgarishi n = 10 tadan
T/r
|
Test mashqlari
|
Guruhlar
|
Nazorat
|
Tadqiqot
|
1
|
4x10 m ga mokkismon yugurish
|
10,4
10,1
|
11,2
9,8
|
2
|
1600 m ga yugurish
|
9,6
9,8
|
9,3
8,2
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, shu test asosida aniqlangan maxsus chidamkorlik nazorat guruhida pedagogik tadqiqotdan avval 10,4soniya darajasida ifodalangan bo’lsa, tadqiqot muddati tugaganidan so’ng ushbu ko’rsatkich salgina yaxshilandi va 10,1soniyani tashkil etdi. Umumiy chidamkorlik (1600 m ga yugurish) tadqiqot boshlanishida 9,6soniyaga teng bo’ldi, tadqiqot muddatidan so’ng deyarli o’zgarmay qoldi (9,8 s).
Tadqiqot guruhida yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlar quyidagicha ko’rinishda bo’ldi: 4x10 m ga yugurish: tadqiqotdan oldin-11,2 s, tadqiqotdan keyin - 9,8 s; 1600 m ga yugurish: tadqiqotdan oldin - 9,3 s, tadqiqotdan keyin - 8,2 s. Demak, birinchi test bo’yicha yugurish tezligining ortishi 1,4 s, ikkinchi test bo’yicha - 1,1 s.
Ko’rinib turibdiki, nazorat guruhida maxsus va umumiy chidamkorlik 6 oy davomida ham deyarli yaxshi tomonga o’zgarmadi. Aytish mumkinki, mashg’ulotlarni amaldagi dastur asosida tashkil qilish, ya`ni chidamkorlikni oshirishda qo’llaniladigan oddiy standart jismoniy mashqlar shu sifatlarni samarali shakllantirish «kuchi» ga ega emas ekan.
Aksincha, 6 oy davomida tadkikot guruhida qo’llanilgan maxsus harakatli o’yinlar mashqlar chidamkorlik sifatini sezilarli darajada o’sishiga olib keldi.
Natijalarning bir-biridan farqi, nazorat va tadqiqot guruhlarida qayd etilgan maxsus hamda umumiy chidamkorlik ko’rsatkichlarining o’zgarish darajasi 3 diagrammada aks ettirilgan. Diagrammaga muvofiq 4x10 m ga mokkisimon yugurish nazorat guruhida faqatgina 0,3 soniyaga ortgan bo’lsa, 1600 m ga yugurish hatto 0,2 soniya miqdorida salbiy tomonga o’zgardi.
Tadqiqot guruhida esa, aksincha, o’rganilayotgan chidamkorlik sifatlari sezilarli ravishda ijobiy ko’rinishga ega bo’ldi. Binobarin, pedagogik tadqiqot uchun saralab olingan va murakkablashtirilgan maxsus harakatli o’yinlar mashqlar chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishda muhim amaliy ahamiyatga ega ekan.
XULOSALAR
1.Mavzu bo’yicha qayd etilgan adabiyotlar tahlili shu narsani e`tirof qilish ga imkon beradiki, tezkorlik-kuch va chidamkorlik sifatlarini dastlabki o’rgatish bosqichichdan tarbiyalab borish sport mahoratini samaraliroq shakllanishiga imkoniyat yaratadi. Shu bilan bir qatorda bu sifatlarni nafakat an`anaviy standart mashqlar yordamida rivojlantirish zarurligi ta`kidlangan balki boshlang’ich sport tayyorgarligi unumli kechish uchun barcha jismoniy sifatlarni rivojlantirishda maxsus harakatli o’yinlar qo’llash maqsadga muvofiq deb tan olingan.
2.Yosh trenerlar o’rtasida o’tkazilgan savolnoma natijalariga ko’ra, o’quv- mashg’ulot jarayonida bolalar bilan jismoniy sifatlarning nazariy hamda amaliy mohiyatini o’zlashtirish bo’yicha deyarli dars yoki tushuntirish suhbatlari tashkil qilinmas ekan.
3.Pedagogik tadqiqotga jalb qilingan 11-12 yoshli kurashchilarning tezkorlik-kuch va chidamkorlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi juda past, xatto tanlov tlablaridan ham sezilarli miqdorda zaif shakllanganligi namoyon bo’ladi.
4.Pedagogik tajriba davomida tadqiqot guruxida qo’llanilgan maxsus harakatli o’yinlar mashqlar va maxsus mashqlar o’rganilayotgan jismoniy sifatlarning samarali rivojlanishi mumkin ekanligini isbotlab berdi. Bunday natija nazorat guruxida qayd etilmadi.
5.Yuqorida qayd etilgan xulosalar-sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan maxsus maxsus harakatli o’yinlar mashqlar va ixtisoslashtirilgan mashqlarni yosh kurashchilar mashg’ulotlarida qo’llash nafaqat jismoniy sifatlarni samarali rivojlantiradi, balki kurash bo’yicha iste`dodli sport zahiralarini tayyorlashga turtki beradi.
6.Jismoniy sifatlarni rivojlanganlik darajasini ifodalovchi test mashklari natijalariga ko’ra, nazorat va tadqiqot guruhlarida tadqiqot boshida kuzatilgan ko’rsatkichlar bir – biridan deyarli farq qilmadi. Kuch va kuch chidamligi, tezkor-kuch va tezkor-kuch chidamligi tekshiriluvchi 11-12 yoshli kurashchilarda etarli darajada rivojlanmaganligi ma`lum bo’ldi. Shu yoshdagi dzyudochilarda ushbu ko’rsatkichlarning aksariyat qismi ancha yuqori darajada qayd etilgan (V.S.Begidov, V.N.Seluyanov, 1993).
7.Tadqiqot yakunida tahlil etilgan kuch va kuch chidamligi, tezkor-kuch, maxsus tezkor-kuch hamda maxsus tezkor-kuch chidamliligini ifodalovchi ko’rsatkichlar tadqiqot guruxida nazorat guruxida nisbatan 65-70 foizga o’sganligi kayd etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |