O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 81,85 Kb.
bet3/5
Sana18.01.2020
Hajmi81,85 Kb.
#35303
1   2   3   4   5
Bog'liq
Фукаролик жамияти. УзДЖКНА



Amaliy mashg’ulotlar taqsimoti




Mavzular

Qisqacha mazmuni

Soati







7-semestr




1

Fuqarolik jamiyati fanining predmeti, obyekti, maqsad va vazifalari

Fuqarolik jamiyati ijtimoiy hayotning fenomeni. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining - yuqori bosqichi. Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy lectron pirovard maqsadi. Fuqarolik jamiyati tushunchasining kelib chiqishi va uning shakllanishining asoslari. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti.

Fuqarolik jamiyati fanining maqsadi, o‘quv, ilmiy, amaliy va tarbiyaviy vazifalari, funksiyalari. Fuqarolik jamiyati fanining boshqa ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va o‘ziga xos xususiyatlari.



2

2

Fuqarolik jamiyati g‘oyalari evolyutsiyasi

Fuqarolik jamiyati tushunchasining tarixiy ildizlari va ularning turli tavsiflari. Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarida fuqarolik jamiyati tushunchasiga oid o‘ziga xos yondshuvlar. Fuqarolik jamiyatining antik paradigmasi. Sharq mamlakatlarida fuqarolik jamiyati haqidagi ilk qarashlar. O‘rta asrlarda fuqarolik jamiyati g‘oyalarining rivojlanishi. Yangi davrda fuqarolik jamiyatining paradigmalarini yaratilishi. G‘arb mamlakatlarida fuqarolik jamiyati paradigmasining rivojlanish an’analari. Sharq sivilizatsiyasida yangi davrda fuqarolik jamiyati paradigmasining o‘ziga xosligi. Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalar.

2

3

Jahon tajribasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati

G‘arb mamlakatlarida fuqarolik jamiyati institutlari shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari. XX asr oxiri – XXI asr boshida dunyo miqyosida globallashuv jarayonlari chuqurlashishi, ma’naviy-axloqiy inqiroz kuchayishi sharoitida G‘arb mamlakatlari fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlik siyosati. Hozirgi davrda AQSH, Fransiya va Germaniyada NNTning faoliyati va ularni rasmiylashtirish tartiblari. Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari.

2

4

Fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozitsiyasi

Fuqaroviylik tushunchasi. Fuqaroviylikning asosiy belgilari va mezonlari. Fuqaroning o‘z haq-huquqlarini tushuniish va uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi va boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilishi. Fuqaroning o‘z hatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi. Fuqaroning davlat va jamiyat oldida o‘z huquqiy va ahloqiy mas’uliyatini anglashi. Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga bo‘lish va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. Fuqarolik ongining jamiyat hayotida turli shakllarda namoyon bo‘lishi va o‘ziga xos xususiyatlari. Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtiruvchi kuch sifatida.

2

5

Qonun ustuvorligi – fuqarolik jamiyatining muhim omili

Qonun ustuvorligi tushunchasi. Fuqarolik jamiyati qurishda qonun ustuvorligi tamoyilining mustahkamlanishi. Hokimiyatlarning bo‘linish tamoyili va konseptual asoslari. Konstitutsiya va qonunlarda adolat hamda inson manfaatlarining ustuvorligi.

Qonun ustuvorligini ta’minlash mexanizmlarining ishlab chiqilishi. Fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usini shakllantirish. Sud-huquq tizimini isloh qilish. Demokratik talablarga mutanosib keladigan mustahkam qonunchilik bazasining yaratilishi.



2

6

Saylov huquqi erkinligi – fuqarolik jamiyatining sharti

Erkin saylovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi. Saylov tushunchasi va turlari. Xalqaro saylov standartlari va O‘zbekiston qonunchiligi. Saylovning asosiy tamoyillari. Davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi. Fuqarolarning siyosiy-ijtimoiy jihatdan yetukligi uning ijtimoy hayotida faol ishtirok etishi bilan belgilanishi. Erkin saylovlarni o‘tkazishda ommaviy axborot vositatalarining roli.

4

7

Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti

Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar. Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi)ning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi (1995-yil), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996-yil). Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi (2000-yil).

2008 –yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasini BMTning – “Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi”ga qo‘shilishi. O‘zbekiston Respublikasi – “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni (2017-yil fevral). Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo‘lgan salbiy voqiylik. Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarida fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirok etishi.



2

8

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik, nazariy asoslari

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan mamlakatimizda yangi huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishning konseptual zaminlarining asoslab berilishi. Rivojlangan mamlakatlarning taraqqiyot modellari. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli”ni yaratilishining siyosiy ijtimoiy, tarixiy asoslari. Asosiy tamoyillari, mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari Mamlakatni yangilash va ustuvor modernizatsiya qilish – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning sharti. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yo‘nalishlari.

2

9

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi

Fuqarolik jamiyatining shakllantirish va rivojlantirishda demokratik institutlarning tutgan o‘rni. Ko‘ppartiyaviylik – fuqarolik jamiyat barpo etishning muhim sharti. Siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari kengashlaridagi faoliyatini takomillashtirish. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish istiqbollari.

2

10

Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash

Fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida axborot sohasini isloh qilish, so‘z va axborot erkinligi. Ommaviy axborot vositalarini jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta’minlashning muhim sharti sifatida. Axborot va so‘z erkinligini ta’minlashning asosiy usullari (Ochiq muloqot, Xalqaro Press klub, Yoshlar Press klubi). Fuqarolarning lectron murojaatlari va Xalq qabulxonalari.

2

7-mestr

22







8-semestr




11

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni. “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyat sari” konsepsiyasi. Mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari.

2

12

Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi

Jamoatchilik nazorati tushunchasi. Jamoatchilik nazorati tizimi, subyektlari, shakllari va turli ko‘rinishlari. Vakolatli fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazorati. Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash mexanizmlari. Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi va uning ahamiyati.

2

13

Ijtimoiy sheriklik

Ijtimoiy sheriklik tushunchasi va uning talqinlari. Ijtimoiy sheriklikning rivojlanishining nazariy-huquqiy asoslari. Hamkorlik va ijtimoiy sheriklik. Ijtimoiy sheriklikning turlari, maqsad va vazifalari, sub’ektlari, tashkiliy-huquqiy mexanizmlari. Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi va ahamiyati.

2

14

“O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining predmeti, ob'ekti, maqsad va vazifalari

Fanining ob'ekti va predmeti. O'zbekistonning siyosiy hayoti va undagi o'zgarishlar. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish shart-sharoitlari, omillari va amal qilish qonuniyatlarini o'rganish. Fanning maqsadi va vazifalari. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining maqsadi – yoshlarda O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning o'ziga xos xususiyatlari hamda umume'tirof etilgan demokratik tamoyillar va uni amalga oshirish shart-sharoitlari to'g'risida bilim, ko'nikma va malaka hosil qilish.

2

15

Demokratik jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari


O’zbekiston zaminida demokratiya va adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar. Uning manbalari va rivojlanishi. «Avesto»da ezgulik, insoniy va adolatli jamiyat boshqaruviga doir qarashlar. O’zbekiston hududida milliy davlatchilik negizlari. Hokimlik institutining vujudga kelishi. IX-XII asrlarda O’rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida davlatni boshqarish va adolatli jamiyatga doir g’oyalar. Amir Temurning davlat va jamiyat ishlarini tashkil etish tuzuklari. Uning adolatli saltanat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligiga doir qarashlari. Yusuf Xos Xojib, Nizomulmulk, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur va boshqalarning adolatli davlat, odil jamiyat, inson erkinligi, ezgulik, ma’rifat to’g’risidagi g’oyalari. XV-XIX asrlarda davlat va jamiyat qurilishining ijtimoiy-siyosiy holati. Milliy davlatchilik negizlaridan mahrum bo’lish sabablari va uning oqibatlari. Uni tiklashga bo’lgan urinishlar. Jadidlarning milliy davlatchilik va adolatli jamiyat qurilishiga doir ma’rifatparvarlik g’oyalari.

2

16

O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik tamoyillari


Demokratik jamiyatning milliy va umumbashariy tamoyillari. Demokratiya – milliy va umuminsoniy qadriyat ekanligi. Qadriyat tushunchasi va uning mohiyati. O'zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg'unlashuvi. Demokratik tamoyillarga amal qilish shart-sharoitlari. Qonun ustuvorligi. Demokratiya va shaxs erkinligi. Ularning zarurligi. Ularga yangicha munosabat. Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishda milliy-ma'naviy merosning yangicha ma'no va mazmun kasb etishi. Milliy-ma'naviy o'zgarishlarning davlat va jamiyat qurilishida aks etishi. O'zbekistonda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning ma'naviy yangilanish bilan bog'liqligi. Uning demokratik jamiyat qurishdagi ahamiyati va istiqbollari.

2

17

O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishda o'tish davri va taraqqiyot bosqichlari

“O'tish davri” tushunchasi. Mustaqillikni qo'lga kiritgan barcha mamlakatlar uchun uning zarurligi va mohiyati, umumiy qonuniyatlari. Uning har bir davlat uchun xos bo'lgan xususiyatlarining mavjudligi. O'tish davrining: “klassik”, “inqilobiy”, “evolyusion” yo'llari. Demokratik jamiyat qurishda o'tish davrini “an'anaviy” va “inqilobiy” tushunishning cheklanganligi. O'zbekistonda “o'tish davri”ga yondashishning o'ziga xos jihatlari. Evolyusion, tadrijiy rivojlanish yo'lining mohiyati. Unda har bir mamlakat va xalqlarning o'ziga xos mentaliteti, turmush tarzini hisobga olish zarurligi. O'zbekistonning totalitar rejim va mustamlaka mamlakatdan demokratik jamiyatga o'tishda o'zbek xalqining o'ziga xos xususiyatlari, urf-odat, an'ana va qadriyatlariga tayanishi. O'tish davrida erishilgan yutuqlar va afzalliklarining
jamiyatimiz hayotida ko'rinishlari.

2

18

Demokratik jamiyat qurishda kuchli ijtimoiy himoya va adolat tamoyillari


O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishda “kuchli ijtimoiy himoya” va “ijtimoiy adolat tamoyillari” tushunchalari. Ularning mazmun va mohiyati. “Adolat” va “tenglik”ning umuminsoniy demokratik qadriyatlar ekanligi. Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy adolat va himoya haqidagi g'oyalari va qarashlari. Ijtimoiy himoya g'oyasining adolat va liberal demokratiya g'oyalari bilan bog'liqligi. Demokratik jamiyatda oila institutining o'ziga xosligi. Oilada demokratik ong, tafakkur va hayotning dastlabki shakllarining qaror topishi. Oilaning huquqiy demokratik asoslari. Aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo'naltirilgan davlat xarajatlarining o'sib borishi.

2

19

Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish

Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish tushunchasi, ma'no-mazmuni. Hokimiyatlar bo'linishi konstitusiyaviy prinsipi. Hokimiyatlar o'rtasida o'zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish. Sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta'minlash. Boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash, ikki palatali milliy parlamentning vujudga kelishi. «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to'g'risida», «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risida»gi va «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida»gi konstitusiyaviy qonunlarning mazmun-mohiyati. Saylovlarda yutib chiqqan siyosiy partiyaning Bosh vazir nomzodining ko'rsatishi va uning parlament tomonidan ko'rib chiqilishi va tasdiqlanishi. Siyosiy tizimni modernizasiya qilishni takomillashtirish jarayoni. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish bo'yicha amalga oshirilgan konstitusiyaviy o'zgarishlar va uning ahamiyati.

2

20

Mahalliy davlat hokimiyati institutlarini demokratiyalashuvi

O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishda mahalliy xokimiyat va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarining o'rni. Mahalliy davlat hokimiyatining asoslari. Mamlakatimizda mahalliy vakillik va mahalliy ijroiya tizimining demokratik asoslar. Uning demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati.

2

21

O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorlikda demokratik tamoyillarga asoslanishi.


O’zbekistonning xalqaro hamjamiyatga qo’shilishidagi demokratik tamoyillari haqida. O’zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosatining huquqiy va amaliy printsiplari. O’zbekiston va jahon hamjamiyati munosabatlarining huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy asoslari. O’zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning asosiy yo’nalishlari. Jahon hamjamiyati va demokratik jarayonlar. BMT va O’zbekiston Respublikasi. O’zbekistonning NATO bilan “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturi doirasidagi o’zaro aloqalari. O’zbekistonning Yevropa, Osiyo davlatlari, Tinch okeani xavzasi mamlakatlari bilan ikki va ko’p tomonlama aloqalari. Xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarda demokratik institutlarning rivojlanishi. MDH davlatlaridagi demokratik islohotlar va davlatlararo munosabatlar.

2

8-semestr

22

Jami

44

Download 81,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish