O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 81,85 Kb.
bet5/5
Sana18.01.2020
Hajmi81,85 Kb.
#35303
1   2   3   4   5
Bog'liq
Фукаролик жамияти. УзДЖКНА


Chet el adabiyotlari:

  1. Arato A. Civil Society Against the State: Poland, 1980-81 – Telos.

  2. B. Desker and M. N. M. Osman. S Rajaratnam on Singapore: from ideas to reality. – Singapore: World Scientific Publishing, 2006.

  3. Baker G. Civil Society and Democratic Theory: Alternative Voices. 2002.

  4. Habermas J. Theorie des Kommunikative Handeln. Frankfurt/Main, 1981.

  5. Helmut K. Anheier, Stefan. International Encyclopedia of Civil Society, Springer-Verlag New York Inc., New York 2010.

  6. O'Connell, Brian. Civil Society: The Underpinnings of American Democracy. Medford, Mass: Tufts University Press, 1999.

  7. Schmitter Ph. Civil society East and West// Consolidation the Third Wave Democracies: Themes and Perspectives/ Ed. by L.Diamond et al. Baltimore and London: The Johns Hopkins U.P., - 1997. – P.239-262

  8. Toponymics: A Study of Singapore's Street Names. — Singapore: Eastern Universities Press, 2004.

  9. Walzer M. Concept of Civil Society – Walzer M., ed. Toward a Global Civil Society.Providence RI: Berghahn Books. 1995.


Elektron ta'lim resurslari:


  1. www.press-service.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

  2. www.senat.uz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati rasmiy sayti

  3. parliament.gov.uz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti

  4. www.gov.uz O‘zbekiston Respublikasi hukumat portal

  5. www.my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

  6. www.mfa.uz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy satyi

  7. www.edu.uz O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sayti

  8. www.uza.uz O‘zbekiston Respublikasi Axborot va kommunikatsiyani rivojlantirish vazirligi

  9. www.jahon.uz O‘zbekiston Respublikasi MTRK ning “Jahon” axborot agentligi

  10. www.lex.uz O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik bazasi rasmiy sayti

Fuqarolik jamiyati, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotifanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni

“Fuqarolik jamiyati” “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani bo`yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma`lumotlar fan bo`yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini ta`minlash uchun quyidagi nazorat turlari o`tkaziladi:



Joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg`ulotlarda og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;
Oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o`z ichiga olgan) bo`limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir marta o`tkaziladi va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) o`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi; ON o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o`tkaziladi.

Yakuniy nazorat (YN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni talabalar tomonidan o`zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan semstr davomida o’zlashtirilgan ma’ruza, seminar va mustaqil ta’lim mavzulariga asoslangan xolda yozma ish yoki test shaklida o‘tkaziladi. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo`limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YN ni o`tkazish jarayoni muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YN qayta o`tkaziladi.

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash yangi (OO‘MTVning 2013-yil 2 avgustdagi 278-sonli buyrug‘i) reyting nizomi asosida amalga oshiriladi. “Fuqarolik jamiyat” fani bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi o‘zlashtirishi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: joriy nazoatda 40 ball, oraliq nazoratda 30 ball, yakuniy nazoratda 30 ball qilib taqsimlanadi.




Ball

Baho

Talabalarning bilim darajasi

86-100

A’lo

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.

71-85

Yaxshi

Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.

55-70

Qoniqarli

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish Tasavvurga ega bo‘lish.

0-54

Qoniqarsiz

Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik. Bilmaslik.

Fan bo‘yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.

Talabalarning o‘quv fani bo`yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

Talabaning fan bo`yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: R=V*O‘/100, bu yerda: V – semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda); O‘ – fan bo`yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).

Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to`plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Joriy JN va oraliq ON turlari bo‘yicha 55 ball va undan yuqori balni to`plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo`yiladi.

Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to`plagan ballari yig‘indisiga teng.

ON va YN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o`tkaziladi. YN semestrning oxirgi ikki haftasi mobaynida o‘tkaziladi.

JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to`plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so`nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.

Talabaning semestrda JN va ON turlari bo`yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo`lsa yoki semestr yakuniy joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.

Talaba nazorat natijalaridan norozi bo`lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi.



Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra muduri, o‘quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.

Talabalar ON dan toplaydigan ballarning namunaviy mezonlari



Korsatkichlar

ON ballari

maks

ON

1

Darslarga qatnashganlik darajasi. Ma’ruza darslaridagi faolligi, konspekt daftarlarining yuritilishi va to’liqligi.

10

0-10

2

Talabalarni yozma nazorat ishi, kollokvium va boshqa nazorat turlari natijalari bo’yicha

20

0-20

Jami ON ballari

30

30

Talabalar JN dan toplaydigan ballarning namunaviy mezonlari

(Tarix yo’nalishida seminar mashg’ulotlari 7-8 semestrda 22 soatdan belgilangan)



Korsatkichlar

JN ballari

Maks bal

1

Seminar mashg’ulotlarida: har bir darslarga qatnashganlik va o‘zlashtirishi darajasi. Amaliy mashg‘ulotlardagi faolligi, amaliy mashg‘ulot daftarlarining yuritilishi va holati. Semestr davomida 11 ta seminar mashg’uloti o’tiladi (22 soat)

3

3*11=33

2

Mustaqil ta’lim topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi. Mavzular bo`yicha uy vazifalarini bajarilish va o‘zlashtirishi darajasi.

7

Jami JN ballari

40

Seminar mashg‘ulotlari jarayonida mustaqil ta’limga alohida e’tibor beriladi. Talabaning mustaqil ishi – “Fuqarolik jamiyati”, “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” faninig dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan bo‘lib, berilgan mavzu mustaqil ijodiy ish shaklida tayyorlanadi va baholanadi. Talabaning mustaqil ta’limni o’zlashtirishda quydagi mezonlarga e’tibor qaratish lozim;

        • mustaqil ijodiy ishda mavzu to‘liq ochilgan, to‘g‘ri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlari bor bo‘lsa

        • mavzu mohiyati ochilgan, xulosasi bor bo‘lsa


Talabalar YN dan to`playdigan ballarning namunaviy mezonlari



Ko`rsatkichlar

YN ballari

Maks

Savollar soni

Har bir savolga ajratilgan ball

1

Fan bo`yicha yakuniy nazorat – yozma ish

30

3

10

2

Fan bo`yicha yakuniy nazorat - test

30

30

1

1. Yakuniy nazorat yozma ish shaklida amalga oshirilganda, sinov ko‘p variantli usulda o‘tkaziladi. Har bir variant 3 ta savoldan iborat. Nazariy savollar fan bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar asosida tuzilgan bo‘lib, fanning barcha mavzularini o‘z ichiga qamrab olgan. Har bir nazariy savolga yozilgan javoblar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-10 ball oralig‘ida baholanadi. Talaba maksimal 30 ball to‘plashi mumkin. Yozma sinov bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo`yilgan o‘zlashtirish ballari qo‘shiladi va yig‘indi talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish bali hisoblanadi.



2. Yakuniy nazorat test shaklida amalga oshirilganda, sinov ko‘p variantli usulda o‘tkaziladi. Har bir variant 30 ta savoldan iborat. Test savollari fan bo‘yicha semester davomida o’zlashtirilgan mavzularini qmrab olgan. Har bir test savoliga berilgan javoblar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 1 balga baholanadi. Talaba berilgan 30 ta test savollaridan nechtasiga javob berishi uning yakuniy nazoratdan to’plagan balini anglatadi.
Download 81,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish