Mavzu: Boburiylar sulolasi davrida Movarounnahr va Hindistonda ilm-fan va madaniyatimiz taraqqiyoti.
REJA:
Boburiylar sulolasi davrida Movarounnahr va Hindistonda ijtimoiy jarayonlar.
Boburiylar sulolasi davrida Movarounnahr va Hindistonda ilm-fan va madaniyatimiz taraqqiyoti.
Ma'naviy madaniyatimizning ulug' vakillari orasida Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar o'ziga xos munosib o'ringa ega. Bobur Mirzo va boburiylar Afg'oniston, Hindiston, Pokiston, Kashmir va Bangladesh tarixida alohida iz qoldirdilar. Bu awalo boburiylar qoldirgan buyuk merosdir. Bu meros eng awalo moddiy madaniyat boyliklari bo'lsa, ikkinchisi ma'naviy madaniyat durdonalaridir.
Boburiylar sulolasining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur yaratuvchilik homiysi, fan va madaniyatning jonkuyar himoyachisi bo'lgan. Uning shiori insoniyatga yaxshilik qilish va ezgulikdan iborat bo'lgan. Buni biz Boburning quyidagi satrlari orqali ham yaqqol his etamiz:
Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo 'q,
Kim, degaylar daxr aro qoldi falondin yaxshilik.
Bobur Mirzo Hindistonda juda qisqa muddatda u begona yurtning shart-sharoitini o'rganish, o'zining yangi saltanatini mustahkamlash kabi ishlarga katta kuch-matonat va vaqt sarf qilgan. Bobur bu ishlar bilan har qancha band bo'lmasin yaratuvchilik va qurilish ishlariga ham vaqt va imkoniyat topa olgan. «Boburnoma»da uning o'zi bu haqida shunday hikoya qiladi: «... Nechunkim «Zafarnoma»da Temurbekning «masjidi sangin» imoratini qilurda Mullo Choraf mundoq mubolag'a bila bitibdurkim, Ozarbayjon va Fors va Hindiston va yana o'zga mamolik sangtaroshlardin har kunda ikki yuz kishi masjidda ish qilurlar edi. Bir Agrada ushbu Agraning sangtaroshlaridin me-ning imoratlarimda har kunda olti yuz sakson kishi ish qilurlar edi. Yana Agrada va Sekriyda va Baynoda va Do'lpurda va Gavaliyarda va Qo'yilda ming to'rt yuz to'qson bir sangtarosh har kunda mening imoratimda ish qilurlar edi...»'.
Bobur imoratlar qurdirishdan tashqari karvon yo'llarini tik-lash, hovuz, quduq va ariqlar qazdirish ishlari bilan shug'ullangan, hammomlar qurdirgan. Hindistonda suv tegirmonini birinchi bo'lib qurdirgan ham Bobur dir.
Bobur vafotidan so'ng avlodlari navbati bilan 1858-yilga qadar Hindistonni idora qilganlar. Ana shu yillar davrida Hindistonning turli shaharlarida barpo etilgan buyuk qurilish obidalari boburiylarning jahon madaniyati taraqqiyotiga qo'shgan ulkan hissasi hisoblanadi. Dehlidagi Humoyun maqbarasi, Qizil qal'a ansambli, Jome masjid, Agradagi qal'a, Tojmahal, Fathpur Sek-riy shahri, Sekandaradagi Akbarshoh maqbarasi, Lohurdagi qal'a va boshqalar ana shular jumlasidandir. Oradan shuncha zamonlar o'tgan bo'lsada bu obidalar o'z mahobati-yu tarovatini yo'qotmagan holda hali-hanuz kishilarni maftun etib o'ziga lol qoldirib kelmoqda.
Boburiy shahzodalarning Hindistonda turli davrlarda qurdirgan arxitektura yodgorliklarining naqadar go'zalligi va mahobatiga birgina Toj Mahal maqbarasi yorqin misol bo'la oladi. Bu maqbarani Shoh Jahon (1627-1658) o'zining sevikli xotini Arjumand Bonu Begim (Mumtoz Mahal) xotirasi evaziga qurdirgan. Arjumand Bonu boburiylar saroyining bosh vaziri Asaf Xonning qizi, Nur Jahon (Jahongirshohning xotini)ning jiyani bo'lgan. Go'zallik va husn-latofatda, oqillik va fahm-u farosatda, tadbirkorlik va mehri-muhabbatda u shu qadar teng-siz ekanki, qaynotasi Jahongirshoh erkalab «Mumtoz mahal» ya'ni «Saroyning sarasi» deyar ekan. O'sha davrdagi saroy shoirlarining ta'rif va tafsificha uning «oy desa og'zi, kun desa ko'zi bor ekan», «husni jamolidan oy uyalib kun qizarar ekan», «jamolidan nur shunchalar taralar ekanki, u bilan to'qnashishdan qo'rqib yulduzlar ko'zdan g'oyib bo'lar ekan». Ana shunday go'zal parivash bilan Shoh Jahon 18 yil baxtiyor hayot kechirgan. Rivoyat qilishlaricha Mumtoz Mahal xonim vafoti oldidan Shoh Jahondan uch narsani iltijo qiladi: bolalarga birday munosabatda bo'lish, uylanmaslik va nihoyat unga atab dunyoda tengi yo'q maqbara qurdirish. Shoh Jahon go'zal va sevikli malikasining vasiyatiga sodiq qoladi, farzandlariga mehrli va yaxshi ota bo'ladi va umrining oxirigacha uylanmaydi. Arjumand Bonu Begimni dastlab Burxonpurda, yarim yildan so'ng Agra yaqinida Jamna daryosi sohilidagi Akbarobodda va nihoyat uchinchi marta Toj Mahal maqbarasida dafn qiladilar. Shoh Jahonga xotinining o'limi shu qadar ta'sir qiladiki, u 8 kecha-kunduz o'z xonasiga kirib hech narsa yemasdan- ichmasdan motam tutadi, ko'ngliga hech narsa sig'maydi. Butun saltanat bir necha yilgacha aza tutadi, ko'ngilochar o'yin-kulgilar, ayshu ishratlar unitiladi.
Nihoyat Shoh Jahon sevikli rafiqasining so'nggi iltijosini bajarishga kirishadi. Turli o'lkalardan qurilish va me'morchilik san'atining eng nomi chiqqan yulduzlari-ustalarini to'playdi, maqbaraning bir necha loyiha nusxalari ishlanadi va tanlanadi oradan. Bir yil o'tgach Mumtoz Mahal vafotining bir yilli-gi munosabati bilan maqbaraga birinchi tosh qo'yiladi. Dehlidagi Humoyun maqbarasi unga andoza bo'ladi, uslub jihatdan o'xshashdir. Farqi shundaki, Humoyun maqbarasi bog'ning o'rtasida qurilgan bo'lsa, Toj Mahal maqbarasi bog'ning to'g'risida joylashgan. Bu ulkan va go'zallikda tengi yo'q arxitektura ansambliningqurilishi 1632-yildaboshlanib 1653-yildatugallangan. Inson aqli-zakovati va mohir qo'li bilan yaratilgan ushbu san'at mo'jizasi qurilishida har kuni 20 ming odam ishlagan ekan. Olim Ansoriddin Ibrohimov1 bergan ma'lumotlariga qaraganda, Toj Mahal shu darajada katta hajmdagi beqiyos qurilish bo'lgan ekanki, 22 yil davomida unga sarf qilingan harajatlarning hisobini chiqara olmaganlar va shu boisdan bu haqda turli ma'lumotlar tilga olinadi. Bu ulkan qurilishga sarf qilingan harajatlar bir yerda 6 million rupiya deyilsa, boshqa joyda 60 million rupiya deb qayd etiladi. Yana boshqa manbalarda 5 million, ba'zilarida esa hatto tiyin-tiyingacha ko'rsatilib, 31 million 748 ming 28 rupiya, yoki 3 million 174 ming 802 funt sterling, deb ko'rsatiladi.
Tarixiy yozma manbalarning guvohlik berishicha Toj Mahal maqbarasi qurilish ashyolari turli mamlakatlardan: sarg'ish marmar O'rta Hindistondan, oq marmar Rajastxanning Markana deganjoyidan, billur Xitoydan, yoqut-la'l Badahshondan, lojuvard Shri-Lankadan, yashil toshlar Panjobdan, aqiq Erondan, marjon va durlar Hind ummonidan va hokazolardan keltirilgan.
Mo'jizalar mo'jizasi bo'lgan Toj Mahaldek san'at durdonasini yaratgan loyihachi me'morlardan 40 ga yaqin ustaning nomlari yozma manbalarda tilga olinadi, hatto ularning oylik maoshlari ham keltiriladi. Jumladan, loyihachi me'mor Muhammad Iso Afandi-turkiyalik, maoshi 1000 rupiya, Sattorxon-xattot, turkiyalik maoshi 1000 rupiya va boshqalar. Bir kecha-kunduzda bir necha xil rangda toblanib turuvchi Toj Mahalni hindlar haqli suratda yetti mo'jizaning biri, deb mag'rurlanadilar. O'z vaqtida hatto Shoh Jahonning o'zi ham Toj Mahal go'zalligiga tan berib: «Yer yuzidagi odam bolasi buni bunyod etishga qodir emas, buning shakli-shamoyili osmondan tushirilgandir, deydi. Ingliz arbobi Edvard Lir esa ahli dunyo odamlarini ikkiga bo'ladi: «bi-rinchi Toj Mahalni qurganlar, ikkinchisi qurmaganlar».
Yozma manbalarning guvohlik berishicha, boburiylar sulolasi tomonidan dastlab Afg'onistonda, so'ngra Hindiston, Pokiston va Kashmirda barpo eitlgan muhtasham va ko'rkam bog'larning ko'plari hozirgacha ham o'zining go'zalligi bilan insonlarni maftun etib kelmoqda. Zahiriddin Muhammad Bobur 1504-yilda Qobulni egallagach to 1509-yilga qadar bu yerda o'nta bog' tash-kil qilgan: shahararo bog', Chorbog', Bog'i Jilovxona, O'ra bog', Suvrat bog', Bog'i Mohtob, Bog'i Ohuxona, Odinapur qal'asi yonidagi Bog'i Vafo va yana uchta bog' ana shular jumlasidandir. Bobur Mirzo Hindistonda bir necha bog'lar bunyod etdi. Bular: Agradagi Orom bog'i, Behisht, Sekridagi Bog'i Fath, Dibalpurdagi Nilufar bog'i. Bog'i Nazargohlardir. Go'zallik va gullar shaydosi bo'lgan Zahiriddin Muhammad Bobur o'zi barpo etgan bog'larni dunyodagi bor bo'lgan ko'chat- mevalar va gullar bilan bezaydi. «Boburnoma»da faqat Dashti shayx qirlari etagida o'sadigan lolaning 33 xili nomma-nom tilga olinadi. Rivoyat qilishlaricha Hindistonga atirgulni ham birinchi bor Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo keltirgan ekan.
Go'zal bog'lar barpo etishdek ajoyib an'anani Bobur Mirzoning avlodlari ham davom ettirganlar. Boburiylar sulolasining eng buyuk vakili bo'lmish Akbarshoh davri (1556-1605) da yaratilgan bog'lar haqida Akbarshohning davlat maslahatchisi alloma Abulfazlning «Otini Akbariy» asarida qimmatli ma'lumotlar berilgan. Jumladan Agradan 23 mil masofada Akbarshoh Fatxpur Sekrida yangi poytaxt barpo etib uning chor atrofini go'zal bog'larga burkaydi. Kashmirda Srinagardagi Dal ko'li bo'yjda «Nasim bog'i»ni qurdirgan. Akbar barpo etgan bog'lar orasida Agradagi Sekandarada Akbar maqbarasi atrofidagi eng go'zali va mahovatlisidir. Bobur Mirzoning nevarasi Jahongir Mirzo (1605-1627) Hindiston tarixida tasviriy san'at va bog' yaratishning buyuk homiysi sifatida tilga olinadi. G'arbiy Pokistondagi, Hasan Abdul yaqinidagi Vah degan joyda, Agrada qaynotasi Etimodud davlaga atab va Lohurda esa Dilkusho deb ataluvchi u yaratgan bog'lar biri-biridan go'zal va lobardir. Hindistonliklar Jahongir Mirzoni eng ulug' bog' yaratuvchi deb ataganlar. U yaratgan barcha bog'lar orasida Kashmirdagi Shalimar bog'i go'zal maskanlarning tengsizi bo'lgan. Hindlar bu bog'ni haqli suratda «Sevgi maskani» deb ataydilar. Jahongir barpo qilgan bog'lardan yana biri Nishot bog', ya'ni jannat bog'idir. Bu bog'ni Johongirshohning go'zal xotini Nur Jahon-ning akasi Asafxon bunyod cttirgan.
Anantnag tog'i yaqinida joylashgan Achhabal, Rovalpindidagi Hasan Abdal buloqlar yaqinidagi Vah bog'i va yana boshqa bir qancha bog'lar ham Jahongir nomi bilan bog langan. Ja-hongir shoh vafot etganda (1627) Nur Jahon Lohurda erining vasiyati va hurmati evaziga Shohdara bog'ini barpo ettirib u yerda maqbara qurdiradi. Maqbara nihoyatda go'zal va betakrordir. Oq marmardan to'rtta minorasi uzoqdan odamlarning diqqatini o'ziga tortadi. Bog'dan to'rtta yo'l maqbara sari boradi. Bu yo'llarning uchtasi marmardan ishlangan panjaralar bilan to'sib qo'yilgan. Marmar qabr toshlar rangli bir tusda bezatilgan va uning bosh tomonida fors tilida quyidagi so'zlar bitilgan: «Ushbu yer A'lo Hazratlari Nuriddin Jahongirshoh Podshohning nur to'la qabrlari, so'nggi manzilgohidir».
Bunday go'zal bog'lar Shoh Jahon (Toj Mahal haqida yuqorida hikoya qilindi) davrida ham barpo etilgan. Ayniqsa, 1634-yilda Xon Alimardon boshchiligida qurilgan Lohurdagi Shalimar bog'i Shoh Jahonning eng nodir ijodiy mahsuli hisoblanadi. Bu bog'ni o'z vaqtida jannatning pog'onalari misolida ta'rifu-doston qilganlar. Bog'dagi ariq va hovuzni bezab turgan 450 ta favvora bog'ning husniga husn qo'shib turibdi. Mulla Abdulhamid Lohuriy «Podshohnoma» asarida guvohlik berishicha bog'ning ochilishi munosabati bilan bu yerda hozir bo'lgan ma'rifatli va dono shaxslar bunday go'zal va hashamatli mo'jizani ilgari Rum, Iroq va Movarounnahrda ham hech qachon ko'rmaganliklarini hayratlanib ta'kidlaganlar. Boburiylar faqat Lohurda 36 ta bog' yaratganlar. Boburiylardan qolgan ulkan darvozalar, ajoyib masjid va madrasalar shu kunga qadar o'z ko'rki, jamoli bilan har qanday kimsani ham maftun qiladi.
Bobur Mirzo va boburiylar sulolasidan faxrlansak arzigulik ma'naviy meros na'munalari ham qolgan. Zahiriddin Muhammad Boburning barcha yozgan asarlari bizgacha yetib kelmagan. Unga to'liq bo'lmagan she'riy devoni, Islom dini asoslarini bayon etuvchi «Mubayin» nomli she'riy risolasi, «Vilodiya» deb atalgan tasawufga oid bir kitobchaning nazm bilan tarjimasi, Bobur ixtiro etgan va «Xatti Boburiy» nomi bilan mashhur bo'lgan alfavit jadvali va albatta, uning shoh asari «Boburnoma» ulug' shoir qoldirgan ma'naviy meros bo'lib avlod-ajdodlarimizning ma'naviy kamolotiga xizmat qilmoqda. Asarning asli nomi «Boburiya» bo'lgan. Uni «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Voqe-oti Boburiy» deb ham atadilar. Asar keyinchalik «Boburnoma» nomi bilan shuhrat qozondi.
«Boburnoma» Zahiriddin Muhammad Boburning tarjimayi holini aks ettiruvchi asar desak yanglishmagan bo'lamiz. Unda salkam 36 yillik voqealar bayoni berilgan, lekin shundan yarmi-18 yillik voqealar turli sabablarga ko'ra «Boburnoma»dan o'rin olmagan. Ana shu uzilib qolgan Boburga aloqador voqealarni ingliz tarjimonlari quyidagi yozma manbalar asosida shartli ravishda tiklab chiqqanlar: «Tarixi salotini Afg'ona», «Tarixi Rashidiy», «Humoyunnoma», «Akbarnoma», «Taboqoti Akbariy», «Tarixi Farishta», «Labbu Tavorix», «Tarixi 01amaroiy», «Tarixi Badayuniy», «Tarixi Sind» va boshqalar.
«Boburnoma»ni qomusiy bir asar sifatida ta'riflansa ham hech mubolag'a bo'lmaydi. Zero unda tarix ilmi, jug'rofiyaga oid voqealar, tabiat sarchashmalari, aholining etnik tarkibi, badiiy shoirona lavhalarda o'z aks-sadosini topgan. Turkiy tilda Boburning o'z qo'li bilan yozilgan bu kitobning dastlabki satrlari ulug' shoirning nasl-nasabi temuriylardan ekanligiga guvohlik beradi.
«Boburnoma»ni o'qigan har bir kishi asar muallifi nihoyatda sog'lom va chiniqqan bir yigit bo'lganligiga ishonch hosil qiladi. Chunki 17 yoshli Bobur qish kunida Bekobod yaqinidagi Xachtiyak degan qishloqda tunaydi (bu qishloq hozir ham bor). Sirdaryo yuzi o'shanda sovuqdan muzlagan edi. Bobur ertalab uyg'onganidan zarurat sezib, muzni teshib g'usul qilgan ekan.
Yigirma uch yoshga kirgan Bobur kech kuzda Hirotda Qobulga qaytayotganda Afg'onistonning eng baland qorli dovonlaridan biri bo'lgan Qo'tali Zarringa qalin qor yog'ib yo'l bekilib qoladi. Qor uzangidan baland bo'ladi. Otlar yurolmay qolgandan keyin qor tepib, yo'l ochishga kirishadilar. Lekin baland tog' ustida havo siyrak, buning ustiga qor bo'ralab yog'ib ko'z ochirmaydi. Tik yo'l yuqori qarab ketgan, baquvvat yigitlar ham qor tepa-tepa holdan toyadilar. «Endi shu dovonda qor tagidao'ligimiz qoladi» degan vahima boshlanadi. Shunda Boburning o'zi oldinga o'tib, qor tepib, yo'l ochishga kirishadi. Odamlarni Qutay degan shamolpana joyga boshlab chiqishga muvaffaq bo'ladi. Bu voqeada biz Boburning ham jismoniy, ham ma'naviy kuch-qudratini yaqqol ko'ramiz. Shunday og'ir vaziyatda u o'z shoirlik iste'dodidan madad oladi. Go'zal bir g'azalga matla', ya'ni kalit bo'lgan quyidagi ikki satrni Qo'tali Zarrinda qor ostida tunaganda topadi. Mana o'sha mashhur matla':
Do'stlaringiz bilan baham: |