O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti «Ijtimoiy-madaniy faoliyat»



Download 1,43 Mb.
bet38/55
Sana01.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#301669
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi n

Mustaqil O’zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash siyosati madaniy qurilishda muhim tayanch hisoblanadi. U respublikamizda ma’naviy hayotni yangilash masalalari bilan bog’liq bo’lib, milliy madaniyatni rivojlantirish, tiklash sohasi xodimlarini tayyorlashni taqazo etadi.


Respublikamiz madaniy hayotida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, xuquqiy o’zgarishlaryuz berayotganligi ijtimoiy-madaniy faoliyatga bo’lgan talab va ehtiyojli yanada oshirdi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimining faoliyati inson faoliyatining barcha sohalari singari o’z xususiyatlariga ega. Uning eng birinchi xususiyati ijtimoiy-madaniy faoliyatning hayot bilan, mustaqillik davri vazifalari bilan uzviy bog’langanligidadir.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatining hayotdan, uning muammolaridan, kishilarning ehtiyojlaridan ajralib qolishi, ularni muhim ma’rifatchilarga quruq safsatabozlarga aylantirib qo’yadi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatining yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, u muntazam izlanishlarini, ishga ham ma vaqt ijodiy yondoshishni talab qiladi. Mustaqillikni qo’lga kiritgan Respublikamiz jahon ham jamiyatida o’z o’rnini egallab, tobora rivojlanib bormoqda.

Respublikamizda sodir bo’layotgan o’zgarishlar natijasida kishilarimizning ma’naviy-madaniy ehtiyojlari kundan kunga o’sib, o’zgarib bormoqda, axloqiy qiyofasi va fe’l-atvorida ham o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bunday sharoitda ijtimoiy-madaniy ixlarning sho’rolar davrida maqbul bo’lgan shakl va usullari bugungi kunda eskirib, talabga javob bermayapti. Mustaqillik sharoiti kishilarning o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish, unga g’oyaviy ta’sir etishning yanada yangi, samarali usul va vositalarini qo’llashni talab qilmoqda. Bu esa ijtimoiy-madaniy ishlarning mazmunini takomillashtirib, yangilab borishni taqazo etadi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat pedagogik faoliyatning boshqa turlaridan o’zining mazmunan murakkabligi, ko’p qirraliligi, shaklan xilma-xilligi, ish shakllarining o’ziga xos tarzda bir-biriga chatishib ketganligi bilan farq qiladi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyati tarbiyaviy faoliyat ham hisoblanadi, lekin u tarbiyaviy ishlarni maktab va o’quv yurtlari pedagogik jamoalarida bo’lganidek bir xil yoshdagi, bir xil tayyorgarlikka ega bo’lgan o’quvchilar yoki talabalar bilan emas, balki yoshi, kasbi, bilim darajasi, qiziqish va ehtiyojlari turlicha bo’lgan kishilar orasida olib boradi. o’quv yurtlarida tarbiya jarayoni majburiy mashg’ulotlar orqali amalga oshirilsa, ijtimoiy-madaniy soha xodimlari kishilarning bo’sh vaqtini mazmunli uyushtirish, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-madaniy muassasalarda tashkil etiladigan xilma-xil ommaviy tadbirlar o’tkazish yo’li bilan xal qiladilar.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatining yana bir xususiyati ijtimoiy-madaniy tadbirlarda kishilarning aql-idroki bilan birga ularning xissiyotiga ham ta’sir ko’rsatish lozim. Ijtimoiy-madaniy muassasalarda o’tkaziladigan har bir tadbir chuqur mazmunli, yuksak darajada g’oyaviy bo’libgina qolmay, qiziqarli, jozibali, odamlarni maftun etadigan ham bo’lishi kerak jonsiz, quruq o’qilgan ma’ruza, puxta tayyorlanmay ko’rsatilgan kontsert, baxs-munozara kechasi yoki boshqa tadbirlar qatnashchilarni qiziqtirmaydi, bekor o’tkazgan vaqt uchun achinish xissini, uyg’otadi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimining kasbiy (professional) faoliyati o’z mohiyati bilan tarbiyaviy ish ekanligini biz yuqorida ta’kidlagan edik. Uning asosiy vazifasi har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. U kishilarning madaniy dam olish, o’z ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, iste’dod va qobiliyatlarini o’stirishga qaratilgan ijtimoiy-foydali faoliyatni uyushtiruvchidir. Ijtimoiy-madaniy soha xodimi ommaning pedagog-tarbiyachisi, ular orasida o’tkaziladigan ijtimoiy-foydali ishlarning tashabbuskori, xavaskorlik jamoalarining raxbaridir.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatining bunday ko’p qirraliligi ijtimoiy-madaniy soha xodimi shaxsiyatiga, uning axloqiy qiyofasiga yuksak talablar qo’yadi.

Mustaqil davlatimiz ijtimoiy-madaniy soha xodimi chuqur g’oyaviy-nazariy va kasbiy tayyorgarlikkaega bo’lishi, o’z kasbiga mexr-muxabbatli, sadoqatli bo’lishi kerak. o’z kasbiga sodiqlik, xushyorlik, ishda qat’iylik, o’ziga talabchanlik, ishdaqat’iylik, o’ziga talabchanlik ijtimoiy-madaniy soha xodimining asosiy xislatlaridandir. SHuningdek, ishga ijodiy yondoshish, tashabbuskorlik, yangilikka intilish xislatlar ham xos bo’lishi kerak. Bularsiz u ijtimoiy-madaniy ishlarning mazmuni, shakl va usullarini to’xtovsiz takomillashtirib borishdek muhim vazifani muvoffaqiyatli bajara olmaydi.

Kishilar bilan va kishilar uchun ishlashga da’vat etilgan ijtimoiy-madaniy xodimining qiyofasini vatanparvarlik, insonparvarlik kabi yuksak axloqiy sifatlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. CHunki madaniyat uyidagi har bir ommaviy tadbir, to’garak mashg’ulotlari kishilarni o’z ona yurtiga, xalqiga chuqur mexr-muxabbat tuyg’ularini shakllantirishga, vatanparvarlik xissini mustaxkamlashga yordam berish kerak. Bu esa ijtimoiy-madaniy soha xodimining o’zida vatanparvarlik tuyg’ulari qanchalik chuqur va mustaxkam o’rin olganligiga, o’tkaziladigan tadbirlar mazmunini yagona maqsadga yo’naltira bilishiga bog’liq.

Hayotda sinovdan o’tgan bir naql bor: «Boshqalarni tarbiyalaydigan kishining o’zi yaxshi tarbiyalangan bo’lishi kerak». ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatiga bo’lgan talabalar mana shu pedagogik xaqiqatdan kelib chiqadi.

Bilimlar targ’ibotchisi, ommaning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga mutasaddi bo’lgan ijtimoiy-madaniy soha xodimi yuksak darajadagi dunyoqarash madaniyatini, ya’ni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va falsafiy bilimlar majmunini egallagan bo’lishi kerak. chunki ijtimoiy-madaniy soha xodimining ong-bilim darajasi u ish olib borayotgan kishilar bilimidan, saviyasidan yuqori bo’lishi kerak.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi uchun eng zarur bilim tarmoqlaridan biri-bu pedagogik bilimlar hisoblanadi. Pedagogika ijtimoiy-madaniy soha xodimiga olib boriladigan ishlarning mazmuni va mohiyatini chuqur tushunib olishda, kishilarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishning yangi-yangi usullarini o’zlashtirib olib, ulardan oqilona foydalanish yo’llarini o’rganishda yordam beradi. Pedagogik odobi-o’zini jamoatchilik orsida qanday tutishi, qanday gapirish va xokazolarni egallab olish, ta’lim-tarbiya ishlarini uddalay bilish ham talab qilinadi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi kasbiy madaniyatining yana bir muhim ko’rsatkichi–bu psixologik (ruhiyatshunoslik) bilimlaridir. Ruhiyatshunoslik jarayonlari qonuniyatlarini chuqur o’zlashtirib olish, ishni uyushtirishda ijtimoiy-madaniy muassasalardagi tarbiyaviy jarayonni to’g’ri uyushtirish va uning samarali bo’lishini ta’minlash mumkin.

Ijtimoiy-madaniy xodimining tashkilotchilik qobiliyatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: Kommunikativ xususiyatlarni, ya’ni kishilar bilan tezda til topishishni ular bilan aloqa bog’lashni, bir-birlarini tezda tushunishni, jamoaning har bir a’zosining imkoniyatlarini, uning ijtimoiy topshiriqni bajarishga layoqatini to’g’ri aniqlay olishini; Vujudga kelgan vaziyatni tez va to’g’ri baxolashni, muayyan xolatda to’g’ri yo’l topib, uni zudlik bilan ishga sola bilishni; Ishga ijodiy yondoshishni, tadbirkorlikni yangi, samaraliroq ish shakllari va usullarini tezda topib, ijtimoiy-madaniy ish amaliyotiga joriy qila bilishni; Ishni amalda tashkil etishni, maqsadga intilgan xolda tez harakat qilishni, topshirilgan ishning ijrosini nazorat qila va tekshira bilishni.

Ko’rsatib o’tilgan fazilatlarning ko’pchiligi kishida bolalik chog’idan boshlab o’qish, ayniqsa jamoat ishlarida qatnashish jarayonida namoyon bo’ladi va rivojlanib boradi. Maxsus o’quv yurtlari-kollej va institutlaridagi ta’lim bu sifatlarning yanada rivoj topishiga yordam beradi. Lekin ijtimoiy-madaniy soha xodimining tashkilotchilik qobiliyatlarini o’stirish va shakllantirishda uning ommaviy faoliyati xal qiluvchi rolь o’ynaydi. Ijtimoiy-madaniy soha xodimining tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirshda o’z-o’zini tarbiyalash usullari orqali ijtimoiy-madaniy soha xodimi o’zida ishchanlikni, boshlangan ishni oxiriga yetkaza bilishni egallab olishi mumkin. o’z-o’zini tarbiyalash boshqa ko’p ijobiy sifatlarni o’stirishga, salbiy sifatlardan qutulishga yordam beradi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi doimo kishilar bilan aloqada bo’ladi. Ijtimoiy-madaniy muassaga keluvchilarning, o’zi bilan birga ishlaydigan ham kasblarining «diqqat markazida» turadi. SHuning uchun ham u har bir ishda ibrat bo’lishga intilishi, odamlarni o’z shaxsiy namunasi, yuksak odobi, xulqi bilan ishontirishi va tarbiyalashi kerak.

Ibratli sifatlarga ega bo’lgan ijtimoiy-madaniy xodimgina jamoa orasida obro’ qozonadi. Obro’ning o’zi nima? Obro’ - kuch, hokimiyat, ta’sir ma’nolarini bildirib, ular majbur etishga emas, balki shaxs yoki jamoaning axloqiy qadr-qimmatini jamoatchilik tomonidan ixtiyoriy tan olishga asoslangan bo’ladi. Obro’ning darajasi madaniyat xodimi bilimlarining o’tkirligi, vijdonnan ishlashi, ijtimoiy-siyosiy aktivligi, axloqiy qiyofasi bilan belgilanadi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatini ta’sirchinligini oshiradigan omillardan yana biri bu madaniyat xodimining pedagogik odobidir.

Ijtimoiy-madaniy xodimining pedagogik odobi-bu uning mayyan vaziyatda shaxsga yoki jamoaga tarbiyaviy ta’sir etishning maqsadga muvofiq usullari va yo’llarini tanlay va qo’llay bildirish. Pedagogik odobi amaliy faoliyatda, kishilar bilan muloqotda bo’lish jarayonida namoyon bo’ladi va mustaxkamlanadi. Odoblilikning rivojlanishi ijtimoiy-madaniy xodimning umumiy madaniyati, shaxsiy sifatlarga bog’liq bo’ladi.

Pedagogik odobi avvalo kishilar bilan muomalada, u bilan samimiy, rostgo’y bo’lishda namoyon bo’ladi.

Ishdan bo’sh vaqtda o’z bilimlarini boyitish, qobiliyatlarini o’stirish, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun madniy-ma’rifiy muassasaga keluvchilarga mexribonlik, g’amxo’rlik ko’rsatish ijtimoiy-madaniy xodim pedagogik odobining muhim xususiyatlaridir.

Pedagogik odobi kishiga hurmat bilan karashni nazarda tutadi, lekin bu unga talabchan bo’lishni istisno etmaydi,adolatli talabchanlik ham ma vaqt tarbiyachining obro’yini ko’taradi.

E’tibor bilan karab, o’z diqqatini boshqa narsalarga chalg’itmasdan, urinsiz savollar bilan suxbatdoshining so’zini bo’lmasdan, eshita bilishlilik ham ijtimoiy-madaniy soha xodimining muhim xususiyatidir.

Yumor, xazil, askiya-bular suxbatdoshga, tinglovchilarga emotsional ta’sir etishning kuchli vositasidir.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning g’oyaviy emotsional vositalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Maxsus materiallarsiz uy qurib bo’lmaganidek, vositalarisiz ma’daniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilib bo’lmaydi. Vositalar tadbirning tarkibiy qismi, asosiy mexanizmlari sifatida xizmat qiladi.

Vosita deganda, kishilarning xissiyotiga, psixologiyasiga va ongiga ta’sir etuvchi va bilim olish samaradorligini oshiruvchi g’oyaviy-xissiy qurollarni tushunamiz.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatda qo’llaniladigan vositalarning diapozoni juda keng o’va ularning soni ko’pdir. Ma’daniy-ma’rifiy tadbirlarda jonli so’z, matbuot, ko’rgazmali qurollar, adabiyot va san’at, har xil texnik apparatlar kabi vositalarda keng foydalanamiz.

JONLI SO’Z. Asosiy ta’sirchan vositalardan biri- bu jonli so’zdir. (Ba’zi xollarda «og’zaki so’z» deb ham yuritiladi). Jonli so’z ma’daniy-ma’rifiy shakllarning ham masida eng asosiy vosita sifatida qo’llaniladi. Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda jonli so’z faqatgina mazmunni yoritishda xizmat qilmasdan balki tadbir syujeti bilan ommaviy xolatlarni ham bir-biriga uyg’unlashtirib boradi. Ayni jonli so’z voqea ma’nosini tomoshabinga yetkazadi, bir epizodni 2-ga bog’laydi, boshqaruvchining auditoriya bilan muloqotda bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Jonli so’zining yana bir afzallik tomoni shundaki, ba’zan fikrini xech qanday ta’sirchan vosita tomoshabinga yetkazib bera olmaydigan daqiqalarda jonli so’z yordamiga keladi.

Ommaviy tadbirlarda boshqaruvchi so’zi asosiy o’rinnni egallaydi, ba’zi xollarda esa u keganning boshidan to oxirigacha yetakchi vosita sifatida qo’llaniladi. U kirish so’zi (monolog) shaklida yoki muqaddima sifatida yaxshi xizmat qilishi mumkin. Tadbir davomida esa boshqaruvchi, sharxlovchi, xikoyachi yoki intervьyu beruvchi aylanib, jonli so’zdan foydalanish. Tadbirlarda jonli so’zdan foydalanish imkoniyatlari juda ko’p. Jonli so’z boshqaruvchining gapidan tashqari, tadbir qaxromonining nutqi yoki undagi qatnashchining so’zi, kecha qaxramoniga atalgan tabrik, mehnat veteranlari, urush ishtirokchilarining so’zi bo’lishi mumkin.

BADIIY SO’Z - aytilmoqchi bo’lgan fikrni badiiy-emotsional tarzda yetkazib berishga xizmat qiladi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat shakllarida badiiy so’zning she’r o’qish, prozaik va she’riy monologlar, juft yoki ko’pchilik tomonidan o’qiladigan she’rlar kabi turlardan keng foydalaniladi.

Badiiy so’z boshqa materiallar bilan bir vaqtda ijro etilishi mumkin. Masalan, she’r o’qilalayotgan bir vaqtda she’rning ma’nosiga mos keladigan kino parchalari ko’rsatilishi mumkin. Badiiy so’zni vujudga keltirish uchun badiiy asarlarda keltirishning o’zi kamlik qiladi. Yozma she’r-yozma badiiy so’zdir. Uni jonli badiiy so’zga aylantirib, ijro etish uchun ijrochining she’rdagi fikrini munosabati, ruhiy kechinmalari, xis-xayajonli talab qiladi. Aks xolda she’rning oddiy, jonli so’zdan farqi qolmaydi. Yana shuni unutmaslik kerakki, chuqur anglash, fikrning tub mazmuniga yetib xisqxayajon bilan aytilgan har bir jonli so’z badiiy so’zga aylanib ketishi mumkin. Agar «1941» yoki «1991» degan iborani shunday aytib o’tsak, u quruq raqamning o’zi bo’lib qoladi. Lekin ko’z oldimizga urushning boshlanishini keltirib, daxshatli voqealarni xis qilib, mantiq talab qiladigan damli kayfiyatda, ma’noli «ming... to’qqiz yuz.... qirq bir...» desak bu so’z badiiy- emotsional ta’sir etadi. SHunday qilib, oddiy so’z badiiy so’zga aylanib ketishi uchun undagi fikriy mantiq xis qilinib, ijro etilishi kerak.

MATBUOT VOSITALARI. Ma’lumki, ma’daniy-ma’rifiy tadbirlarga aholi yangi, ularga xali ma’lum bo’lmagan va qiziqarli voqealardan xabardor bo’lgani uchun keladi. Bu ishda matbuot vositalari, ya’ni yangi gazeta, jurnallar, ayniqsa, kitoblar bitmas tuganmas manba bo’lishi mumkin. Matbuot eng asosiy axborot tarqatuvchi va saqlovchi vositadir. SHunday ekan tadbir tayyorlovchilar tadbirning mazmunini boyitish uchun ularga har doim murojaat qilmog’i lozim. Tadbirlarda ko’proq tomoshabinlarning nazariga tushmagan materiallardan foydalanishga harakat qilish kerak.

MUSIQA. Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda musiqa yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Tadbirlarda musiqadan 2 xil variantlarda foydalanish mumkin.



  1. Tadbirning alohida nomeri sifatida.

  2. Tadbirlarda aks etilayotgan voqealarning ta’sirini oshirish uchun qo’shimcha vosita (musiqaviy fon) sifatida, 1-variantda badiiy xavaskorlik jamoalarining tayyor yoki maxsus tayyorlangan nomeridan foydalaniladi. Bunday paytda nomer tadbir mazmuni va mavzuiga mos ravishda epizodning tarkibiy qismiga aylanib ketmog’i kerak. Masalan, xotin-qizlar bayramiga bag’ishlangan tadbirlarda onalarga bag’ishlangan. «Onajonlar, assalom» qo’shig’i ijro etiladi. Bu qo’shiq alohida nomer sifatida beriladi. Musiqadan foydalanishning bu varianti tadbirlarda juda keng qo’llanilib, she’r o’qilayotganda ham , kino lavxalar ko’rsatilayotgan ham drammatik parchalar ko’rsatilayotganda ham bu vositalarning ta’sirchanligini oshirish mag’sadida xizmat qiladi.

Musiqa, asosan tadbir ta’sirini kuchaytiruvchi vosita sifatida ham ishlatilib, aytilayotgan fikrning nozik kechinmalarini ommaga yetkazib berishga xizmat qiladi.

DRAMMATIK PARCHALAR. San’atning bu turi boshqa badiiy asarlardan farq qilib, unda g’oyalar kurashi, qarama-qarshi kuchlar to’qlashuvi, konfliktlar yorqinroq, oydinroq yoritiladi. SHuning uchun teatrlashtirilgan tadbirlarda mazmun rivojiga qarab, drammatik parchalardan keng foydalaniladi.

Tadbirlarda drammatik parchalardan foydalanishning 2 xil usuli bor:


  1. Tayyor asarlardan olingan parchalar

  2. Stsenaristning o’zi tadbir uchun maxsus yozgan drammatik epizodlar.

Teatrlashtirishda faqatgina p’esalardan parchalar olinishi bilan kifolanib qolmasdan, kecha yo’nalishiga qarab, badiiy adabiyotlardan ham parchalar olinishi mumkin.

Drammatik parchalardan foydalanishning 2-usuli ham keyingi paytda keng qo’llanilmoqda. Tadbirning asosiy vazifalaridan biri mahalliy voqealarni aks ettirish bo’lgani uchun, stsenariy mualliflari joylarda bo’lgan voqealarni kichik drammatik lavxa shakliga keltirib, undan samarali foydalanmoqda.

Tajribada shuni ko’rsatmoqdaki, qishloq aholisida ijtimoiy-madaniy tadbirlarga bo’lgan qiziqishning sabablaridan biri bu mahalliy faktlarni, voqealarni instsenirovka shaklida ko’rsatishdir. Ayniqsa mahalliy voqealar asosida yozilgan intermediyalar aholiga manzur bo’lmoqda. SHuni unutmaslik kerakki, barcha saxna asarlaridan, pьsalardan olingan drammatik parchalar yoki badiiy adabiyotlar asosida qilingan kichik instsenirovkalar yoki maxsus stsenariy uchun yozilgan lavxalardan foydalanish-tadbir mazmunining rivojiga yordam bermog’i kerak.

KINOLAVXA-badiiy yoki xujjatli filьmlardan olinib, tadbir tashkilotchilariga keng imkoniyatlar yaratadi. Kinoning «sexrli kuchi» shundan iboratki, u bo’lib o’tgan voqealarni xaqqoniy tasvirlaydi va jonli aks ettiradi. U tarixiy voqealarning guvoxi sifatida xizmat qiladi. Ulardan foydalanish tadbirlarning mazmunini boyitadi, voqealikning xaqqoniy obrazini ko’rgazmali gavdalantiradi. Asosan, kinolavxalardan foydalanish tadbir stsenariysi yozilyotganda rivojlantiriladi va tanlanadi. Ko’pgina tadbirlarda filьmlardan olingan lavxalarning o’zi yaxlit bir epizodni tashkil qilishi mumkin. Ba’zida kinolavxalar boshqa vositalar, ya’ni jonli va badiiy so’z, qo’shiqlar bilan parallel aks ettiriladi.

TEXNIK VOSITALAR. Hozirgi kunda ijtimoiy-madaniy ishlarni, jumladan ijtimoiy-madaniy tadbirlarni texnik vositalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. CHunki tadbir maxsus nur bilan bezatilmasa, tashkil qilinayotgan tadbir shakli ko’rimsiz va kambag’al bo’lib qoladi. Texnik vositalarning yana bir vazifasi saxnaga har xil ranglar berish, proektsion tasvirlar tushirib, tadbirni go’zallashtirish va badiiy-g’oyafiy bezashdan iboratdir.

Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda foydalaniladigan texnik vositalar, asosan, 2 guruhga bo’linadi:



  1. Nurli-proektsion apparatlar

  2. Ovozli texnik vositalar

Nurli-proektsion appartlar tomoshabinlarning kayfiyatini ko’tarishda ,ularning diqqatini tadbir voqealarining kerakli tomoniga jalb qilishda muhim rolь o’ynaydi. Proektsion apparatlar yordamida saxnaning to’riga, ya’ni ekranga hohlagan kattalikda tasvir tushirish mumkin. Ovozli texnik vositalarga ovozlarni yozadigan va tarqatadigan apparatlar, ya’ni magnitafon, diktafon, radio, audio, video apparaturalar, mikrafon va ovoz kuchaytirgichlar kiradi. Ular kerakli ovozlarni, shovqin-suronlarni, musiqa, ashula va nutqlarni oldindan yozib olib, ularni tadbirda eshittirish uchun yaxshi imkiniyatlar yaratib beradi.

KO’RGAZMALI VOSITALAR. Tadbirlarda ko’rgazmali vositalardan foydalanish o’ziga xos xususiyatlarga ega. U tadbir mazmunining yaxshiroq yoritilishiga yordam beradi, tomoshabinning kayfiyatini ko’taradi va taassurotlarini boyitadi. Ko’rgazmali vositalardan ijtimoiy-madaniy tadbirlarning barchasida foydalaniladi.

Tomoshabinning bo’lajak tadbir bilan ilk bor tanishtiruvchi ko’rgazmali vosita-bu afishalar va taklifnomalardir. E’lonlarda faqat tadbir bo’lishi haqidagi xabarning o’zinigina yozib qo’yish kifoya qilmaydi, balki uning tuzilishiga qarab, ko’rgazmali bezash ham lozim, she’rlar yozish mumkin. Bu tomoshabinning tadbirga qiziqishini oshiradi. Ko’rgazmalar tadbir mazmuniga to’g’ri kelishi kerak.

Yuqoridagilardan tashqari yana ijtimoiy-madaniy faoliyat tadbirlarida xalq ijodidan ham foydalaniladi.

Xalq ijodi mehnatkash xalq ommasi tomonidan yaratilib, og’izdan og’izga, avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o’tib tobora takomillashtirib, sayqal topib taraqqiy etgan ijod mahsulidir. Unda xalqning mehnat faoliyati, ijtimoiy va maishiy hayoti, turmushi, tabiat haqidagi tushunchalari, madaniyati, e’tiqodi, orzu-istaklari, xis-tuyg’ulari va tafakkurining boy olami, baxtli va adolatli zamon haqidagi o’ylari o’z ifodasini topadi.

O’zaro chambarsas bog’liq bo’lgan xalq ijodini mutaxassislar shartli ravishda quyidagi turlarga bo’ladilar:

1). Xalq og’zaki ijodi;

2). Xalq musiqasi, folьklor musiqasi;

3). Xalq raqs san’ati;

4). Xalq teatri;

Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda xalq og’zaki ijodi janrlarida foydalanish muhim aham iyatga eag. Stsenariylarda «so’z ko’rki-maqol» dan, xalq donishmandligi hisoblangan afsona va rivoyatlardan foydalanish tadbir «tili» ni boyitadi, ta’sirchanligini oshiradi.

Latifa, lof, askiya tadbirlarning qiziqarliligini oshiradi, mazmunini mustaxkamlaydi, tomoshabinlarni aktivlashtiradi. Topishmoqlar tadbir ijrochilari bilan auditoriya o’rtasida «jonli» aloqa o’rnatishga yaxshi imkoniyat beradi. Ayniqsa bolalar uchun tayyorlangan tadbirlarda erkak va dostonlar qaxramonlari ularni g’oyaviy-estetik tarbiyalashda muhim rolь bajaradi. Masalan, Alpomish, Go’ro’g’li, Zumrad, Kenja botir...

Xalq musiqa folklori-iste’dodli xalq ijrochilari-sozanda, xofiz oshiq, oqin, baxshi, xalfalar tomonidan qo’shiqlari muhim o’rin tutadi. Inson hayotining boshlanishidan to so’nggi xotimasigacha bo’ladigan har bir marosim, to’y bayram va boshqa voqealarda ijro etiladigan qo’shiqlar mavjud. Jumladan, bola tug’ilishi, tarbiyalanishi, ilk bor sochini oldirishi, tishi chiqishi birinchi mustaqil qadam tashlashi marosimga bag’ishlangan qo’shiqlar, nikoh to’ylarida aytiladigan yor-yor. Lapar, o’lanlar, motam marosimlarida aytiladigan marsiya, yig’iq yo’qlov kabi aza qo’shiqlar oilaviy tadbirlarning muhim xalqining tabivat va mehnat bayramlari ham maxsus ijro etiladigan qo’shiqlarsiz o’tmagan. Ijtimoiy-madaniy faoliyat shakllarini tayyorlashda har bir tadbirga mos xalq qo’shiqlarini izlab topmoq va ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq raqs san’ati-voqealikni harakatlar orqali tasvir etadigan ijod turidir. O’zbek xalqida raqs san’ati ashula va musiqa bilan chambarchas bog’lanib ketgan va shu an’ana hozirgacha davom etmoqda. Hozirgi kunda respublikamiz badiiy xavaskorlik ijodining eng rivojlangan janri-bu ashula va raqs ansambllaridir. Xalq raqs san’atidan vosita sifatida ijtimoiy-madaniy tadbirlarda foydalanish katta aham iyatga ega.

Xalq teatri san’ati-asosan, so’z va harakat san’atidan tashkil topgan. U qadimdan o’zida qo’shiq, musiqa, qiziqchilik, akrobatika, nayrangbozlik, ko’zboylag’ichlik kabi elementlarni birlashtirgan. Dastlabki paytlarda u ovchilik, dehqonchilikda uchraydigan voqealarni obrazli harakatlar (o’yinlar) orqali tasvirlash asosida vujudga kelgan va xalq bayramlari marosimlarida rivojlanib, xalq teatr san’ati darajasiga ko’tarilgan. Jamiyat taraqqiyoti davomida xalq teatr san’ati ijrochilari bir necha sohalar bo’yicha mutaxassislasha borishgan. O’zbek an’anaviy xalq teatrining quyidagi asosiy turlari shakllangan:


  1. Masharabozlik va qiziqchilik.

  2. Dorbozlik, nayrangbozlik (tsirk san’ati).

  3. Qo’g’irchoqbozlik.

Keyingi vaqtlarda darbozlik va masharabozlik san’atiga qiziqish ortib bormoqda. Ko’proq unga yoshlar jalb etilmoqda. Tomosha repertuarlarining rang-barangligi, ijrochilarning maxorati ortayotganligi quvonarli xoldir.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat ko’p qirrali faoliyat bo’lgani uchun unda juda ko’p usullardan foydalaniladi.



Ijtimoiy-madaniy faoliyat-bu tarbiyaviy, ma’rifiy, ijodiy va dam olish ishlarining o’ziga xos birlashuvi natijasida vujudga keladi. SHunday qilib ijtimoiy-madaniy faoliyatda foydalanadigan usullar quyidagilar:

  1. Tarbiyaviy usullar.

  2. Ma’rifiy usullar.

  3. Hordiq chiqarish va ijodiy jarayonni tashkil qilish usullari (buni faollashtirish usuli deyish ham mumkin).

  4. Tashkiliy usullar.


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish