Tayanch suz va iboralar:
Ko’rgazmali vosita, texnika vositalari, matbuot vositalari, jonli so’z, drammaturgik usullar, kinolavhalar, musiqa vositalari, ma’rifiy usullar, ko’rgazmali usullar, pedagogik usullar, tashkiliy usullar
Mavzu: Ijtimoiy-madaniy muassasalar tizimi va ularning asosiy ish sohalari
Reja
Madaniyat haqida tushuncha
Madaniyat turlari
Madaniyatni hozirgi kundagi ahamiyati, rivojlanishi borasidagi ishlar.
Madaniyat – ijtimoiy, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilarning hayoti va faoliyatining turli ko`rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma`naviy boyliklarda ifodalanadi. Madaniyat tushunchasi muayyan tarixiy davr shuningdek, inson faoliyati yoki turmushning o`ziga xos sohalarini izohlash uchun qo`llaniladi. Tor ma`noda «Madaniyat» atamasi kishilarning faqat ma`naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. «Madaniyat» arabcha madina so`zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush, ikkinchisi madaniy turmush deb ataganlar.
Madaniy-ma`rifiy muassasalar tub ma`noda ma`naviy-ma`rifiy, madaniy-hordiqiy, ijodiy ishlar bilan shug`ullanadigan maskanlar faoliyati. Ularga eng avvalo kutubxona, muzey, madaniyat uyi, istirohat bog`i, madaniy dam olish maskanlari faoliyati kiradi. Madaniy-ma`rifiy muassasalar aholining ma`naviy kamol toptirish, madaniy saviyasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bo`sh vaqtini samarali o`tkazishda ko`mak beruvchi tashkilotlar.
Madaniyat va istirohat bog`lari – aholi madaniy hordiq chiqaradigan, turli bezakli daraxt va gulzorlar bilan jihozlangan, ko`kalamzorlashtirilgan maskan. Madaniyat va istirohat bog`lari, bog` tuzish san`atining o`ziga xos uslublari asosida barpo etiladi. O`zbekistonda madaniyat va istirohat bog`lari shahar xududining hajmi, me`moriy qiyofasi va tabiiy sharoitiga qarab tashkil qilinadi. Kichik shaharlarda bitta, katta shaharlarda bir necha, aholisi 500 mingdan ortiq shaharlarda esa umumshahar ahamiyatiga ega bo`lgan bog`lardan tashqarii, shahar hududidagi har bir tumanning madaniyat va istirohat bog`i bo`lishi mumkin. Unda aholiga madaniy xizmat ko`rsatish katta o`rin tutadi. Maydonlardagi ochiq estrada sahnalarida professional teatr va eng yaxshi havaskorlik jamoalarining spektakl’ va kontsertlari, dorboz, polvon va masharabozlarning tomoshalari, askiya kechalari uyushtiriladi. Kinofil’mlar, namoyish qilinadi. Ommaviy sayl, karnaval, turli sport musobaqalari va boshqalar tashkil etiladi. Bolalar uchun mahsus joy ajratilib, qiziqarli atraktsionlar bilan jihozlanadi va hokazo. O`zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga kiruvchi 100 ga yaqin madaniyat istirohat bog`lari bor.
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari Vazirligi tasarrufidagi madaniyat saroyi va uylari respublika bo`yicha 2177 tadan ziyod. O`zbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo`lganidek, madaniyat sohasida ham tub o`zgarishlar yuz berdi. O`zbekistonning mustaqil rivojlanishiga o`tish milliy madaniyatga sinfiy yondashishdan, uni sun`iy tarzda «Yagona umummadaniyat»ga aylanishidan saqlab qoldi. Shuni ham aytish lozimki, mustaqillikkacha bo`lgan so`nggi 70 yil davomida madaniyat hukmron mafkura, mustabid tuzum tazyiqida G`arb madaniyatiga tahlid ruhida rivojlandi. Halqimizning ma`naviy qadriyatlariga xurmat bilan munosabatda bo`lish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimizni, tarixiy, ilmiy-madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.
O`zbekiston davlat konservatoriyasi, O`zbek milliy akademik drama teatri, estrada musiqasini rivojlantirish to`g`risidagi va boshqa bir qancho qaror va farmonlarning qabul qilinishi, bir qancha mutafakkir va allomalarimizning muqaddas nomlari tiklanib, yubileylari xalqaro miqyosda keng nishonlanayotgani davlatimiz tomonidan madaniyatni rivojlantirishga ko`rsatilayotgan g`amho`rlikning amaliy ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |