2.2. Toshkent va Namanganda bunyod etilayotgan zamonaviy
bog‟-parklar
O‟zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida faoliyat yuritayotgan madaniyat va istirohat bog‟lari haqida to‟xtalib o‟tadigan bo‟lsak ularning ichida bugungi kunda eng yirik va milliy maqomga ega madaniyat va istirohat bog‟i bu Alisher Navoiy nomidagi O‟zbekiston milliy bog‟idir. Mustaqillikning keying yillarida qator yangi qiyofadagi madaniyat va istirohat bog‟lari barpo etilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‟bek tumanida 2014-yil 21-mart kuni “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bo‟g‟i ishga tushdi. 2016-yil 8-avgust kuni yangi “Anhor-Lokomativ” madaniyat va istirohat bog‟i ochildi. 8 gektar maydonga ega bog‟ “Anhor” kanali bo‟yida bunyod etildi. Gullar shahri Namanganda barpo
etilayotgan “Afsona” madaniyat va istirohat bog‟i nafaqat yurtimizda balki Markaziy Osiyoda yagona bo‟lishi kuzatilmoqda. Ko'ngilochar maskanda yiliga 100 ming kishiga hizmat ko'rsatish mo'ljallangan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyayev Namangan shahridagi madaniyat va istiroxat bog'ida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko'zdan kechirdi. Uni 2019 yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish, 1 ming 500 ga yaqin yangi ish o'rni yaratish rejalashtirilgan. 110 gektar maydonni egallagan ushbu bog'da ochiq va yopiq suzish xavzasi, kichik stadion, muz saroyi, to'rt yulduzli mexmonhona, yirik attrakcionlar, ertaklar shaxarchasi, savdo shohobchalari, kutubhona va internet kafe, bouling va fitnes klublari, xunarmandlar markazi, amfiteatr, akvapark va boshqa obektlar bo'ladi. O'ziga hos landshaftga ega bo'lgan xududga noyob manzarali daraht va gullar ko'chatlari ekilib, botanika bog'i yaratiladi. Davlat raxbari istiroxat bog'ini sifatli va havfsiz barpo etish bo'yicha tavsiyalar berdi. Nafaqat viloyat, balki mamlakatda qiyosi yo'q bo'ladigan mazkur parkka “Afsona” deb nom berishni taklif qildi.
XULOSA
Ma‟lumki, insonlar salomatligi jamiyat taraqqiyoti uchun muhim omil hisoblanadi. Inson salomatligini tiklashda, uning ham ma‟naviy, ham jismonan sog„lom bo„lishida, shuningdek, uning bo„sh vaqtini mazmunli o„tkazishni ta‟minlashda va shaharlarimiz ekologiyasini yaxshilashda bog„-parklarning ahamiyati katta. Bu soha hamma davrlarda ham odamlarning e‟tibor markazida bo„lgan. Masalan, bog„lar yaratish tendensiyasini qadimgi davrdan boshlab, o„rta asrlarda jumladan, Amir Temur va temuriylar davridayoq Samarqand va Hirot shaharlari va ularning atroflarida bunyod etilgan o„nlab “Chorbog„”lar misolida ham kuzatishimiz mumkin. “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma‟naviyatini uning tarixi, o„ziga xos urf-odat va an‟analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda asavvur etib bo„lmaydi. Bu borada ma‟naviy meros, madaniy boyliklar, ko„hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo„lib xizmat qiladi”. SHunday ekan, biz ota-bobolarimizdan bizga ma‟naviy, madaniy meros bo„lib qolgan an‟anaviy bog„larimizni tiklashda zamonning eng ilg„or tajribalarini qo„llagan holda xalqimizga taqdim etishimiz kerak.
Bugungi kunda shahar va qishloqlarimiz hududida sobiq Ittifoq davrida bunyod etilgan bog„-park san‟ati namunalari mavjud. Ularning ayrimlari qayta qurilib, ta‟mirlanib, halqqa xizmat qilmoqda. Ammo bog„larning aksariyat qismi e‟tiborga muxtoj va zamonaviy bog„-istirohat bog„larining talablariga etarlicha javob bermaydi. SHuning uchun ham O„zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 2010 yil 29 dekabrda 322 - sonli “2011 – 2015 yillarda madaniyat va istirohat bog„larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to„g„risida”gi Qarorini qabul qilindi. Ushbu qarorning qabul qilinishi bu soha rivojiga davlat miqyosida e‟tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |