Kirish ………………………………………………………………. 2
I-BOB. ZAMONAVIY BOG„ PARK SAN‟ATINING
JAHON TAJRIBASI
1.1. Yevropa zamonaviy bog„lari….....…………………………….. 4
1.2. Amerikaning zamonaviy bog„lari………………......………......12
II-BOB. O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BUNYOD ETILGAN
YANGI MADANIYAT VA ISTIROHAT BOG'LARI
2.1. Rossiya zamonaviy bog„lari ………..……………………..….20
2.2. Toshkent va Namanganda bunyod etilayotgan zamonaviy bog‟-parklar…. ………………………………………………26
Xulosa .…………...………………………………….……………… 30
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati ………………….…………… 32
KIRISH
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma`naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
Sh.M.Mirziyoyev.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
O„zbekiston mustaqillikka erishgani bilan boshqa sohalar kabi, bog„-istirohatchilik san‟atida ham katta o„zgarishlar yuz berdi. Unutilgan, toptalgan milliy qadriyatlarimizni qayta tiklash, ularni o„rganish va tadqiq qilish, bog„-istirohatchilikdagi ilg„or tarixiy tajribalarimizni amaliyotga tadbiq qilish, ularni zamonaviy, jahon tajribalari bilan muvofiqlashtirish kabi dolzarb vazifalar qo„yilmoqdaki, bular bugungi kunda nafaqat landshaft arxitektorlari va me‟morlar uchun, balki shaharsozlar, ekologlar, bog„bonlar, dizaynerlar, muhandislar uchun ham dolzarb masala hisoblanadi.
Tarixga nazar solib, bu tushunchalar haqida tasavvurga ega bo„lishimiz mumkin. Rus tilida “bog„” (sad) – “sajat” – o„tqazish ma‟nosini beruvchi ildizidan olingan. Haqiqatan ham Rossiya bog„lari, deb avvaldan o„simlik ekib etishtiriladigan joylarga aytilgan. “Bog„” nomining analogi dunyo tillarining ko„pchiligida mavjud. “Park” so„zi inglizchadan olingan bo„lib, sal boshqacha ma‟noga ega. Inglizlar park so„zini o„ralgan er uchastkasi, ov qilish uchun, dam olish va aylanib yurish uchun, qishloq xo„jaligi jixozlarini saqlash va boshqalar uchun ishlatishadi. Zamonaviy rus tilida bog„ – va park tushunchalari bir – biriga yaqin, ammo “park” so„zi ancha keng ahamiyatga ega, Parklar bog„dan kattaroq bo„lib, bog„dagi o„simlik o„tqazib, o„stirishdan ko„ra kengroq funksiyalarni bajaradi.
Mazkur yuz yillik bog„ – park san‟ati xarakteridagi eng murakkab masala – bu uning uslubiy (stilistik) yo„nalishidir. avvalambor bog„ qaysi shahar yoki
mamlakatda yaratilgan bo„lmasin, muallifning ijodiy ishidir. Albatta aniq bir davr va rejalashtirish an‟analari, o„simlik aranjirovkasi, turli bog„ – park yaratish san‟ati uslublari haqida qandaydir umumiyliklar topish mumkin. Ma‟lumki XIX asr o„rtasidan XX asr oxirigacha bog„ – park san‟ati uyg„onish, barokko va klasitsizm kabi estetik konsepsiyalarni olg„a surdi. XIX asr oxirida aniq ajratilgan stilistik yo„nalish “modern” arxitekturasi turdoshi yaqqol ajralib turardi.
Ko„p funksiyali (yoki polufunksional) parklarni ham, ko„pincha, madaniyat va istirohat parklari sifatida ma‟lum bo„lgan parklarni alohida qayd etish lozim. ular o„zida dam olish, ekspozitsion, sport, ko„ngilochar va boshqa funksiyalarni mujassam etib, ochiq osmon ostidagi yirik klub sifatiga egadirlar
Do'stlaringiz bilan baham: |