Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Zamonaviy arxitektura dunyosida “Aqlli bog„”lar konsepsiyasi asosida bir qator amaliy loyihalar amalga oshirilgan. O„zbekiston respublikasida bu mavzu hali chuqur o„rganilmagan va amalga oshirilgan loyihalar juda kam.
“Aqlli bog„”lar ishlatish yuzasidan qulayligidan tashqari, avvalambor, o„zining energo resurslarni tejashi bilan ko„proq ahamiyatga ega. “Aqlli bog„”lar konsepsiyasi bugungi kunda dunyo bo„yicha global muammo bo„lgan energiya resurslarini tejash va o„z-o„zini energiya bilan ta‟minlash muammolarini echishga qaratilgan. Bu kabi loyihalarni amalga tadbiq etish yurtimizda energiya resurslarini tejalishiga, yangi energiya manbaalarini yaratishga yordam beribgina qolmay, yurtimiz byudjetiga salmoqli natijalar ko„rsatadi.
Tadqiqot ob‟ektiga Yevropa, AQSH, Rossiya, O„zbekiston zamonaviy bog„lari kiradi. Tadqiqot predmeti esa, “Aqlli bog„” larni hayotga tadbiq etish usullarini tashqil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |