4-jadval
Tug’ilish koeffitsienti
(yilda; 1000 axoliga nisbatan, promille)
Viloyatlar
|
2013yil
|
2014yil
|
O’zbekiston Respublika
Respublikasi
|
22,5
|
23,3
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi
|
22,7
|
23,4
|
Andijon
|
23,1
|
24,0
|
Buxoro
|
21,1
|
21,6
|
Jizzax
|
22,6
|
24,2
|
Qashqadaryo
|
25,1
|
25,8
|
Navoiy
|
21,6
|
22,2
|
Namangan
|
22,9
|
24,6
|
Samarqand
|
24,1
|
25,2
|
Surxondaryo
|
24,7
|
26,0
|
Sirdaryo
|
22,1
|
22,6
|
Toshkent
|
20,3
|
21,1
|
Farg’ona
|
21,9
|
22,5
|
Xorazm
|
22,7
|
23,7
|
Toshkent sh.
|
17,7
|
16,7
|
2.Aholining milliy, jinsiy va yosh tarkibi.
Aholining demografik rivojlanishida uning milliy, yosh-jinsiy tarkibi alohida o’rin egallaydi. Respublikada 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat etishadi. Jumladan, respublikaning tub joy aholisiga o’zbeklar, qozoqlar, tojiklar, qirg’izlar va qoraqalpoqlar kiradi. O’zbeklar barcha viloyatlarda, obikor erlarda yashashadi. Qozoqlar asosan Qozog’iston bilan bo’lgan chegara tumanlarida, xususan, Qoraqalpog’iston Respublikasida, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida istiqomat qiladi. Tojiklar esa, Namangan, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida, qoraqalpoqlar azaldan Amudaryo va Orol dengizi atrofidagi hududlarda yashab kelishadi.
Mamlakat aholisi va uning tarkibi, ayniqsa, XIX asrning o’rtalaridan boshlab jiddiy o’zgarishlarni boshidan kechirdi. Chor Rossiyasining Turkiston hududini istilo qilishi natijasida aholi soni, uning milliy va jinsiy tarkibi, ko’payish darajasi, joylashuv xususiyatlari o’zgardi. XIX asrning so’nggi 35 yili davomida O’zbekiston hududiga Rossiyadan 70-75 ming kishi, XX asrning dastlabki 18 yilida - 229,2 ming kishi, 1926-1939 yillarda esa 650 ming kishi ko’chib kelgan. Aholi sonida yuz bergan o’sish fashistlar bosib olgan hududlardan ko’chirib keltirilgan odamlar hisobiga yuz berdi. 1940-1945 yillarda O’zbekiston aholisi 1,4 mln. kishiga kamayib ketdi.
Mamlakat aholisi urushdan keyingi yillarda, asosan, tabiiy o’sish tufayli ko’paymoqda. Mamlakat aholisi 1945-1950 yillarda bir million nafarga, 1950-1960 yillarda 2,2 mln., 1960-1970 yillarda 3,4 mln., 1970—1980 yillarda 3,7 mln. kishiga, 1980-1990 yillarda 4,6 mln., 1990-1999 yillarda 3,7 mln. nafarga ko’paydi. Agar aholi soni 2000 yilda 24487,7 ming kishini tashkil etgan bo’lsa, 2014 yilda 31330 ming kishiga etdi. Aholining yosh tarkibida hamisha yoshlar, mehnat yoshidagi aholi ko’p sonli ekanligi bilan xarakterlanadi.
Aholining jinsiy tarkibida erkaklar va ayollar miqdori o’zaro mutanosib, ya’ni teng (50-50). Bu tenglik ma’lum bir yosh guruhlarigacha saqlanib qolinadi, so’ngra 50-55 yoshlardan boshlab jinsiy tarkibda ayollarning ustunligi kuzatiladi. Aholining jinsiy tarkibida ko’p yillarda ayollarning erkaklarga nisbatan ulushi ortiq bo’lganligi kuzatiladi, ammo oxirgi yillarda bu nomutanosiblik tenglashib bormoqda.
5-diagramma
Do'stlaringiz bilan baham: |