8-jadval
O’zbekiston aholisining yosh tarkibi (foiz hisobida)
|
Mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar
|
Mehnatga layoqatli yoshdagilar
|
Mehnatga layoqatli yoshdan kattalar
|
2014
|
2015
|
2014
|
2015
|
2014
|
2015
|
O’zbekiston Respublikasi
|
29,9
|
29,9
|
61,7
|
61,4
|
8,4
|
8,7
|
Qoraqalpog’iston Respublikasi
|
31,3
|
31,4
|
61,4
|
61,1
|
7,3
|
7,5
|
Andijon
|
29,6
|
29,6
|
62,2
|
61,9
|
8,2
|
8,5
|
Buxoro
|
28,3
|
28,3
|
63,0
|
62,6
|
8,7
|
9,1
|
Jizzax
|
31,7
|
31,6
|
60,5
|
60,3
|
7,8
|
8,1
|
Qashqadaryo
|
32,3
|
32,3
|
60,7
|
60,5
|
7,0
|
7,2
|
Navoiy
|
28,5
|
28,7
|
63,2
|
62,7
|
8,3
|
8,6
|
Namangan
|
29,7
|
29,8
|
62,6
|
62,3
|
7,7
|
7,9
|
Samarqand
|
31,4
|
31,5
|
60,8
|
60,4
|
7,8
|
8,1
|
Surxondaryo
|
32,3
|
32,2
|
61,0
|
60,8
|
6,7
|
7,0
|
Sirdaryo
|
31,0
|
30,9
|
62,3
|
62,1
|
6,7
|
7,0
|
Toshkent
|
28,2
|
28,2
|
61,9
|
61,6
|
9,9
|
10,2
|
Farg’ona
|
28,9
|
28,9
|
62,4
|
62,1
|
8,7
|
9,0
|
Xorazm
|
31,2
|
31,2
|
61,5
|
61,3
|
7,3
|
7,5
|
Toshkent sh.
|
24,8
|
25,0
|
61,3
|
60,7
|
13,9
|
14,3
|
Manba: O’zbekiston hududlarining yillik statistik to’plami
O’zbekiston aholisi yosh tarkibi keltirilgan mazkur jadval ma’lumotlari tahlili natijasida quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
aholining aksariyati bolalar va o’smirlardan iborat. Yoshi 0-14ga teng bo’lgan aholining ulushi 1979 yilda 41,2%ni, 1989 yilda esa 40,8%ni 2014 yilda 31,2% ni tashkil etdi. Bunda o’g’il bolalar salmog’i qizlarnikidan biroz ortiq;
aholi tarkibida 30 yoshgacha bo’lganlarning salmog’i 1979 yilda 69,9%ga, 1989 yilda 69,2%ga 2014 yilda 28,4 % ga teng bo’ldi. Bu esa G’arbiyo Evropa, Yaponiya, Kanada, AQSh mamlakatlariga xos bo’lgan ko’rstkichlardan 15-25 tartibga yuqori;
aholi tarkibida bolalar, o’smirlar va umuman yoshlarning salmog’i qisqarmoqda. Shu vaqtning o’zida mehnatga yaroqli yoshdagi aholining ulushi ko’paymoqda;
nafaqa yoshidagi aholining ulushi 1979-1989 yillarda qisarib, 6,5%ga teng bo’lgan bo’lsa, 2015 yilda 8,7% ga bu guruhini salmog’i sezilarli darajada ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida o’rtacha umr davrining o’sishiga sabab bo’lmoqda (1990 yilda qisqarib, 69,3 yosh, 1996 yilda esa 70,1 yosh, 2015 yilda 73 yosh).
9-jadval
Aholining yosh tarkibi bo’yicha taqsimlanishi
(yil boshiga ming kishi)
|
Umumiy
|
shu jumladan:
|
|
|
ayollar
|
erkaklar
|
2015 yil
|
Jami
|
31022,5
|
15470,3
|
15552,2
|
shu jumladan yoshlari,
yosh:
|
|
|
|
0-2
|
1977,3
|
951,0
|
1026,3
|
3-5
|
1896,6
|
916,0
|
980,6
|
6-7
|
1241,6
|
603,5
|
638,1
|
8-15
|
4165,9
|
2028,5
|
2137,4
|
16-17
|
1120,5
|
547,2
|
573,3
|
18-19
|
1259,5
|
615,2
|
644,3
|
20-24
|
3237,3
|
1589,6
|
1647,7
|
25-29
|
3065,6
|
1516,9
|
1548,7
|
30-34
|
2519,6
|
1255,5
|
1264,1
|
35-39
|
2126,2
|
1064,2
|
1062,0
|
40-49
|
3542,0
|
1801,9
|
1740,1
|
50-59
|
2810,2
|
1452,7
|
1357,5
|
60-69
|
1242,1
|
658,0
|
584,1
|
70-74
|
290,1
|
154,7
|
135,4
|
75-79
|
270,1
|
153,3
|
116,8
|
80-84
|
126,6
|
78,4
|
48,2
|
85 yosh va kattalar
|
131,3
|
83,7
|
47,6
|
jami axoli sonidan yoshi buyicha:
|
|
|
|
mexnatga layokatli yoshdan
kichiklar
|
9281,4
|
4499,0
|
4782,4
|
mexnatga layokatli yoshlilar
|
19044,1
|
9206,4
|
9837,7
|
mexnatga layokatli yoshdan
kattalar
|
2697,0
|
1764,9
|
932,1
|
Manba:Uzbekiston demografik yillik tuplami-2015y.
7-diagramma
3.Mehnat resurslari va ulardan foydalanish
Bugungi milliy istiqlol va bozor munosabatlari sharoitda aholining tabiiy ko’payishi va chetdan kelayotganlar salmog’ining kattaligi tufayli mehnatga yaroqli kishilarning mutloq soni ortib, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish va undan oqilona foydalanish masalalari yuzaga kelmoqda. Qo’shimcha ish joyi yaratish sur’ati mehnatga yaroqlilarning ko’payish sur’atidan ortda qolayotganligi esa respublikamizda bu muammoni tezda bartaraf etishni tarixiy zaruriyat sifatida ilgari surmoqda.
Paxta, pilla, qorako’l etishtirish, tabiiy gaz ishlab chiqarish, rangli metallurgiya, kimyo, paxtachilikni yalpi mexanizatsiyalashga xizmat qiladigan mashinasozlik sanoati kabi tarmoqlarni yuksaltirish uchun respublikamizning o’zida ish kuchlari etarli.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov “Respublikamiz boshqa mintaqalar xavas qilsa arziydigan ming-minglab ish kuchlariga, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan mehnatsevarlik, insonparvarlik, bag’rikenglik, bardoshlilik singari ma’naviy boyliklarga egadir” degan edi.
Mehnatga yaroqlilar sobiq Ittifoqda respublikalararo ham ayirboshlanar edi. Juladan, kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika, to’qimachilik, binokorlik va kon sanoati korxonalariga asosan Rossiya Federatsiyasi va Ukrainadan kadrlar jalb etilar edi. Bu nomaqbul jarayon tub joy aholisining zamonaviy ixtisosliklarni egallashlari uchun birmuncha to’siq bo’lib xizmat qilgan. Bugungi kunda esa respublikamizda milliy kadrlar tayorlash dasturiga asosan zamonaviy ilm-fan yutuqlarini yaxshi biladigan malakali mutaxassislar tayyorlanib moddiy ishlab chiqarishga jalb etilmoqda. Shu boisdan ham hozir respublikamiz qudratli mehnat salohiyatiga ega.
Inson salohiyatining negizini tashkil etuvchi mehnat resurslari 2015 yilda butun aholining 58,0%ga teng bo’lib, har yili 310-220 ming kishiga ko’payib bormoqda.
Mehnat resurslarining shakllanishi, avvalambor yuqorida ko’rib o’tilgan aholining yosh-jinsiy tarkibi orqali aniqlanadi. Sababi uning o’zgarishi nafaqat mehnat resurslarida, balki jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida ham o’z ifodasini topadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda respublikamizda mehnatga yaroqli aholi soni 1990 yilda 10,0 mln. kishi, 1996 yilda esa 11,4 mln. bo’lsa, 2015 yilda 17,7 mln. kishini tashkil etdi (10-jadval).
10-jadval
Mehnat resurslari
Ko’rsatkichlar
|
1991
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
2010
|
2015
|
Mehnat resurslari (mln. kishi)
|
10,2
|
14,1
|
14,5
|
14,8
|
15,2
|
15,7
|
16,5
|
17,7
|
Jami aholiga nisbatan foizda
|
49,0
|
55,1
|
55,4
|
55,8
|
56,3
|
57,4
|
58,0
|
58,0
|
Ish bilan band bo’lganlar soni (mln. kishi)
|
7,5
|
9,9
|
10,2
|
10,5
|
10,7
|
11,0
|
11,6
|
12,2
|
Manba: O’zbekiston raqamlarda 2015 y.
10-jadval ma’lumotlarining mantiqiy tahlilidan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda mehnat resurslarining soni, salmog’i va o’sish sur’atlari, ularning xalq xo’jalik tarmoqlarida va respublika hududida taqsimlanishi, qolaversa, mehnat reurslaridan foydalanishning samaradorligi o’ziga xosdir.
Tabiiy o’sish yuqori bo’lgan O’zbekiston aholisi tarkibida yosh avlod salmog’ining ko’p bo’lishi, o’z navbatida, mehnat yoshidagi aholi salmog’ining nisbatan kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga, tabiiy o’sishning yuqoriligi unda mehnat resurslari sonini doimo ko’payib borishini ta’minlaydi.
Ma’lumki, mehnat yoshidagi butun aholi ishlab chiqarishda turli sabablarga ko’ra ishtirok etolmaydi. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish, armiya xizmatini o’tash, ishlashga salomatligi yo’l bermasligi kabi ob’ektiv sabablardan tashqari, turli sub’ektiv sabablarga ko’ra ham ba’zilari ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmasligi mumkin. Ko’p bolali onalarning oilada bola tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lishlari, shuningdek, shaxsiyxo’jalik yumishlari bilan bandligi O’zbekistonga xos bo’lgan sub’ektiv xususiyatlar bo’lib, mehnat resurslaridan foydalanish me’yorini hisobga olishda bu xususiyat e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
O’zbekiston ko’p bolali oilalar salmog’ining kattaligi bilan ham xamdo’stlik davlatlarida ajralib turadi. Ko’p bolalar ko’rib, ularni voyaga etkazish va tarbiyalash esa jamiyat uchun foydali mehnat xisoblanadi.
Keyingi yillarda respublikamizda sanoatning mashinasozlik va metalsozlik, kimyo, elektrotexnika kabi texnika taraqqiyotini ta’minlovchi sohalari jadal rivojlanib bormoqda. Mutanosib ravishda mazkur tarmoqlarda mehnat qiluvchilarning soni butun sanoatdagiga nisbatan yuqori sura’tlar bilan o’sib bormoqda. Ammo shunga qaramay sanoat, toransport va aloqa tarmoqlarida band aholi salmog’i respublikamizda xamdo’stilik mamlakatlaridagi o’rtacha ko’rsatkichlardan ancha past. Bu tarmoqlarda xalq xo’jaligida band bo’lgan aholining salmog’i mutonosib ravishda 12,8 va 5,3%ni tashkil qiladi.
Buning sabablari bor. Birinchidan Respublikaning qulay tabiiy iqlim sharoiti qishloq xo’jaligining sermehnat tarmog’i xisoblangan paxtachilikni keng ko’lamda rivojlantirish imkonini beradi. Bu esa, o’z navbatida, mehnatda band bo’lgan kishilarning katta qismini qishloq xo’jaligiga bog’lab qo’yadi. Ikkinchidan, Oktyabr to’ntarishidan avval bu erda sanoat mehnati deyarli yo’q darajada edi. Aholining mehnat malakalari ham asosan qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lgan. Hatto hozirgi kungacha ham mahalliy millat yoshlarini sanoat mehnatiga jalb qilishning murakkabligi ularni qishloq xo’jalik sohalarida ishlashni avzal ko’rishlari bejiz emas.
O’zbekiston mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik nuqtai nazaridan olib qaraganda quyidagi 3 guruga ajratilishi mumkin:
1-guruh - Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari.
2-guruh - Andijon, Namangan, Farg’ona va Xorazm viloyatlari
3-guruh - Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlar.
Bu guruhlarning mehnat resurslari nuqtai nazaridan xususiyatlari quyidagicha. Birinchi gurux viloyatlari O’zbekiston hududining juda katta qismini (86%)ni egallab uning katta maydonlari xali kam o’zlashtirilgan. Bu viloyatlar va Qoraqalpog’iston respublikasi katta xom ashyo zahiralariga ega, ularni sanoat va qishloq xo’jalik maqsadlarida o’zlashtirish istiqbollari katta. Bu guruh viloyatlarida asosan mahalliy mehnat resurslaridan foydalaniladi va respublikaning boshqa hududlaridan ham ishchi kuchi jalb etilish imkoniyati mavjud.
Ikkinchi guruhga kiruvchi viloyatlarida aholi bir muncha zich joylashgan. Bu viloyatlarda ayniqsa ularni qishloq joylarida hamda o’rta va kichik shaharlarida ishga jalb qilinmagan ish kuchlari mavjud. Bu gurux viloyatlaridagi ortiqcha ish kuchidan ishlab chiqarishda keng foydalanish dolzarb vazifalardan biridir. Mazkur mehnat resurslari joylashgan shahar va qishloqlarning o’zida yangi ishlab chiqarish quvvatlari (ish joylari) barpo qilish bilan birga yoshlarning ma’lum qismidan respublikaning boshqa viloyatlarida, jumladan yangi o’zlashtirilayotgan erlarda foydalanish mumkin.
Uchinchi gurux viloyatlari va poytaxt – Toshkent shahri sanoat eng yuqori darajada rivojlangan mintaqa bo’lib, unda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi juda yuqoridir. Bu gurux viloyatlari o’zlarining mehnat resurslariga bo’lgan ehtiyojlarini kelajakda ham mavjud aholining tabiiy o’sishi hisobiga hamda mehnat resurslarini tarmoqlararo qayta taqsimlash hisobiga to’la qondirishi mumkin.
Shunday qilib O’zbekistonda hozirgi vaqtda va yaqin kelajakda mehnat resurslarining miqdori bo’yicha muammo kelib chiqmaydi. Asosiy e’tibor mehnat salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilmog’i lozim. Avvalombor “Ish bilan band bo’lgan aholini tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash hamda mehnatga layoqatli yoshlarning faoliyatining eng ilg’or tarmoqlari va sohalariga jalb qilish” asosiy masala hisoblanadi. (I.A. Karimov, 1997).
Bunda, “…hozir respublikada hal qilinayotgan eng dolzarb muammolardan biri ishlashni hoxlovchilarning xammasini ish bilan ta’minlash xisoblanmaydi. Balki eng maqbul ijtimoiy yo’naltirilgan ish bilan bandlikni vujudga keltirishdan iboratdir” (I.A. Karimov,1997).
Do'stlaringiz bilan baham: |