4.Fanning predmeti va boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
Bugungi kunda mintaqaviy iqtisodiyot iqtisod nazariyasi, sotsiologiya, tarmoqlar iqtisodi, iqtisodiy geografiya, demografiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqador. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo’jaligining hududiy tashkil etilishi bilan chambarchas bog’liq. Mintaqaviy iqtisod va siyosatning va amaliy muammolarini o’rganish (renta munosabatlari, hududiy ijtimoiy jarayonlar va h.k.) iqtisod nazariyasini yanada boyitadi, yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy va demografik yo’nalishdagi tadqiqot ishlari izchil amalga oshirilmoqda.Mazkur fan ularning tadqiqot metodlari va ilmiy-uslubiy yondashuvlaridan foydalanadi. Umuman olganda, mintaqaviy iqtisodiyot fani iqtisodiyot fanlari tizimida makro- va mikroiqtisodiyotning uchinchi yo’nalishi hisoblanadi.
O’zbekistonda mintaqaviy iqtisodiyot fanining shakllanishida S.K.Ziyodullaev, K.N.Bedrintsev, Z.M.Akramov, M.A.Abdusalomov, A.S.Soliev, T.M.Axmedov, A.M.Sodiqovlar katta hissa qo’shishgan. Ta’kidlash joizki, 1998-2004 yillarda O’zbekiston Milliy universitetida professor A.Soliev tashabbuslari bilan dastlab “Mintaqaviy iqtisodiyot” yo’nalishi bo’yicha bakalavriatura ta’limi yo’lga qo’yilgan edi. Hozirgi kunda O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutida “Mintaviy iqtisodiyot” kurslarini o’qitish yo’lga qo’yilgan. Mintaqaviy iqtisodiyot sohasi bo’yicha yirik ilmiy tadqiqot markazlarlaridan biri – bu Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti hisoblanadi. Institutning “Uzoq va o’rta muddatlarda iqtisodiyotning hududiy muvozanatliligini taominlash” loyihasida respublika mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalarini baholash, strategiyalarni ishlab chiqish, tabiiy-iqtisodiy salohiyatni baholash bo’yicha bir qator ilmiy-uslubiy yondashuvlar ishlab chiqilgan.
“Mintaqaviy iqtisodiyot” fanining predmetlar bilan o’zaro aloqadorligi.
“Mintaqaviy iqtisodiyot” fanining tadkikot yo’nalishlari.
“Mintaqaviy iqtisodiyot” fanining tadkikot usullari.
“Mintaqaviy iqtisodiyot” fani quyidagi muammolar o’rganiladi:
davlatning viloyat, hududlarga nisbatan iqtisodiy siyosati va uning mazmun-mohiyati;
mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solish va hududiy boshqaruvni tashkil etish mexanizmi, uni takomillashtirish masalalari;
mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmi;
strategik rejalashtirish, mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish muammolari;
uzoq va o’rta muddatda mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini modellashtirish va prognozlashtirish masalalari;
hududiy ixtisoslashuvning samaradorligi, mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash muammolari;
mintaqalarni kompleks rivojlantirish va milliy iqtisodiyotning hududiy muvozanatliligini taominlash masalalari;
mintaqalar iqtisodiyotining integratsiyalashuvi va iqtisodiy rayonlashtirish masalalari;
tabiiy-iqtisodiy salohiyat va ishlab chiqarish omillarining hududiy jihatlari
“Mintaqaviy iqtisodiyot” fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Mintaqalarning ichki va tashqi omillarini, tabiiy-iqtisodiy salohiyatini baholash, ularning iqtisodiy o’sishga bo’lgan taosirini o’rganish.
Respublika hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalariga baho berish, yuzaga kelayotgan hududiy disproportsiyani aniqlash, uni bartaraf etish bo’yicha ilmiy taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish.
Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalarni va uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish.
Mintaqalar rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish, hududiy boshqaruvni takomillashtirish yuzasidan ilmiy-uslubiy ko’rsatmalar va takliflarni ishlab chiqish.
Uzoq muddatda mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining kontseptual asoslarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqishga ilmiy- uslubiy ko’mak ko’rsatish.
Respublika hududlarining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini prognozlashtirish, uning ilmiy-uslubiy yondashuvlarini takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |