Ijtimoiy so’rovlar uslubi. Ular juda xilma-xil: standart holda intervyu; alohida tarmoqlar vakillari bilan yakka tartibda suhbat, olimlar, mutaxassislar va mintaqalar rahbar xodimlarining ochiq chiqishlari bo’yicha faktlarning tahlili va b.q. Shunday qilib, mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni o’rganish nihoyatda ko’plab usul va vositalarga tayanadi. Ulardan mintaqashunos mutaxassislar o’zlarining ish jarayonlarida, shu bilan birga, talabalar va aspirantlar kurs, diplom ishlari va dissertatsiyalarini yozish davomida foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |