JOYLAShTIRISh NAZARIYaLARI. Joylashtirish nazariyalarini statik va dinamik nazariyalarga ajratish mumkin. Statik nazariyalar XIX asrning birinchi yarmidayoq paydo bo’lgan. Dinamik nazariyalar esa bir asrdan so’ng - XXasr boshlarida yuzaga kelgan. Dastlabki joylashtirish nazariyalari hozirda klassik standart nazariyalari deb atalib, ular Yo.G.Fon Tyunen, V.Launxard, A.Veber nomlari bilan bog’liq. Ushbu nazariyalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
alohida olingan biror qishloq xo’jalik yoki sanoat korxonasining ko’rib chiqilishi;
- joylashtirishning barcha omillari to’g’risida ma’lumotlarni to’plab, ularni umumlashtirib, korxonani qurish (ishlab chiqarishni joylashtirish)ning optimal joyi to’g’risida aniq javob olish mumkinligi to’g’risida takliflar mavjudligi.
Yo.G. Fon Tyunen tovar ishlab chiqarishning ob’ektiv qonuniyatlari mavjudligini aniqlagan birinchi olim hisoblanadi (uning birinchi ishi 1826 yilda paydo bo’lgan). Tyunen qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish bozorida sanoat mahsulotlari bilan ta’minlovchi shahargacha bo’lgan masofaga qarab joylashtirish, ixtisoslashish va qishloq xo’jaligini yuritish usullarini tanlash modellarini taklif etdi. Tyunen modelida joylashtirishning asosiy omili sifatida transport xarajatlari namoyon bo’ladi.
Berjesning zonal gipotezasi sxematik model bo’lib, ushbu yo’nalishlar bo’ylab 1920 yilda ishlab chiqilgandir. Bu gipotezaning undan avvalroq paydo bo’lgan Tyunen gipotezasi bilan bog’liqligi yaqqoldir. Tyunen gipotezasida qishloq xo’jaligi maqsadlarida shaxar atrofidagi va shaxar ichidagi erdan foydalanish to’g’risidagi modeldir. Faoliyat turlari joylashuvi markazdan tashqariga bo’lgan marshrut algoritmi quyida keltirilgandir:9
Univermag, do’konlar, tashkilotlar binolari, klublar, banklar, mehmonxonalar, teatr, muzey va bosh boshqarmalar joylashgan markaziy, biznes va tadbirkorlikni qamrab olgan tumanlar
Ulgurji savdo markazlari
Uy xo’jaliklari
O’rta qatlam yashovchi hududlar
Yagona oilali yuqori qatlam yashovchi hududlar
Yuqori qatlam yashovchi shaxar chetidagi hududlar
V.Launxard ham sanoat korxonalarini ko’rib chiqib, transport omili hal qiluvchi omil, deb hisoblagan. Uning fikri sanoat korxonalari joylashadigan joy to’g’ri tanlanganligini xom ashyo, yordamchi materiallar va tayyor mahsulotlarni keltirish uchun transport xarajatlarini minimallashtirish bilan asoslangan edi.
A.Veber sanoatni joylashtirishning to’liq nazariyasini (XX asrda paydo bo’lgan) birinchi bo’lib ishlab chiqqan olimdir. Veber nazariyasiga ko’ra, optimal joylashtirishning asosiy mezoni ishlab chiqarish va sotishning jami xarajatlarini minimallashtirish sanaladi. Bunda transport, mehnat, xom ashyo va energiya xarajatlari hamda aglomeratsiya omili ham hisobga olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |