O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 9,72 Mb.
bet123/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

Klassik standart nazariyalar 1920 yillarda A.Predel va T.Palander tomonidan tanqid qilinadi. A.Predel muvofaqqiyatli joylashtirish joylarini ko’rsatib o’tgan (ya’ni optimal joylashtirish joyini matematik aniqlash imkoniyatini inkor etgan). T.Palander maxsus (turli xil tarmoqdagi korxonalar uchun) va umumiy standart nazariyalarini taklif etdi.

Joylashtirish nazariyalari rivojlanishi yangi bosqichining (taxminan XX asr o’rtalarida boshlangan) ko’zga ko’ringan vakillari avgust Lyosh va Devid Smit hisoblanadi. Ularning nazariyalari yangi yoki neoklassik standartlar bilan ataladi (bu erda «neoklassik» tushunchasining neoklassik iqtisodiyot nazariyasiga aloqasi yo’q). Neoklassik nazariyaning klassik nazariyadan farqi shundaki, unda ishlab chiqaruvchilar optimal hududiy joylashuvni ta’minlay oluvchi sanoat ishlab chiqarishi joylashuvining umumiy nazariyasini yaratish mumkin emasligini tushunib etishlari lozim. Unga ko’ra, xususiy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarishning joylashish joyini tanlash sub’ektiv amalga oshiriladi. Optimal joylashtirishning mezoni sof foydani maksimallashtirish hisoblanadi.

Statik nazariyalarning rivojlannishi hozirgacha davom etmoqda. Ular asosan korxonani joylashtirish omillari sonining ko’payishi yo’nalishida amalga oshirilmoqda. Undan tashqari, bir zavodli emas, balki ko’p zavodli sanoat firmalari ko’rib chiqila boshlandi (Rayonxold Grosning 1980 yillar boshlaridagi ishlari). Aynan ko’p zavodli sanoat firmalari hayotda ko’p bo’lib, aksariyat hollarda ularning tarkibiga iqtisodiyotning uchinchi sektori korxonalari ham kiradi. Bunday kompaniyalarda optimal joylashtirish muammosiga yondashuv bir zavodli firmalarga nisbatan tubdan farq qiladi. Ko’p zavodli firmaning asosiy maqsadi tarkibidagi korxonalarni Shunday joylashtirishki, bunday joylashtirish natijasida minimal va kompaniya foydasi maksimal bo’lsin.

Joylashtirishning dinamik nazariyalari, yuqorida aytib o’tilganidek, XX asrning birinchi yarmida vujudga keldi. Birinchi sodda dinamik kontseptsiya sifatida X.Xotelling modelini aytish mumkin. U 1920 yillardagi ichida bir - biri bilan o’zaro raqobatlashadigan ikkita ishlab chiqaruvchi korxonani optimal joylashtirishni isbotlab bergan.

Dinamik nazariyalarda statik nazariyalardan farqli ravishda ko’proq ko’p zavodli kompaniyalar ko’rib chiqiladi. R.Vernoning mahsulot ishlab chiqarish tsikli kontseptsiyasini garchi, u mintaqaviy nazariya doirasidan chetga chiqib ketgan bo’lsa ham, joylashtirishning dinamik nazariyasi deb hisoblash mumkin (1960 yillarda paydo bo’lgan). Vernoning asosiy tezisi shundan iboratki, har bir mahsulot chegaralangan hayotiy tsiklga ega bo’lib, shu davrda ishlab chiqarish jarayoni hamda uni optimal joylashtirishda o’zgarishlar ro’y berib turadi. Mahsulotning hayotiy tsikli bir qancha bosqichni (ishlab chiqarish, o’zgartirish, ulg’ayish, standartlashtirishni) o’taydi. Ular bir-biridan joylashtirishning asosiy omillaridagi nisbatlari bilan farq qiladi.

Hozirda dinamik nazariyalar soni ko’p emas. Dinamik kontseptsiyalar doirasida sanoat firmalarining hududiy rivojlanish bosqichlari ajratiladi. Har bir bosqichda kompaniyalar o’z faoliyatini joylashtirishning turli mezonlaridan foydalanishadi. Masalan, Storper va Uolker bunday bosqichlarning to’rttasini ajratadi. Birinchisi – «lokalizatsiya» – yangi sanoat firmalari va korxonalarning yangi hududlarda joylashuvi. Ikkinchisi – «selektiv suburbanizatsiya» – dastlab tanlangan hududlarda bozor holatlari mustahkamlangan sari ushbu firmalar quvvatlarining oshirib borilishi. Uchinchisi – «dispersiya» – sanoat firmalarining chetga (pereferiyaga) tomon harakati. Va nihoyat, to’rtinchisi – «joylashuvchi og’irlik markazlarini ko’chirish» – sanoat tuzilmasining yangilanishi ta’siri ostida ishlab chiqarishni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish. Masalan, texnologik yangiliklar asosida, talab tuzilmasining tarkibiy o’zgarishi hisobiga, eski tarmoq va ishlab chiqarish evolyutsiyasi natijasida.

Firmalar – yangilanish jarayonining tashuvchilari ko’pincha oldin paydo bo’lgan yirik sanoat markazlaridan tashqari joylashadilar. Bu esa jarayonni yana «lokalizatsiya» bosqichiga qaytaradi.


Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish