1.Mintaqaviy iqtisodiy siyosatning mohiyati va vazifalari.
Mintaqaviy siyosatning o’rganish ob’ekti turli ko’rinishdagi hududiy notengliklar yani aholining turmush darajasi va yashash sharoitidagi, ishsizlik va bandlikdagi, alohida hududlarning iqtisodiy o’sish sur’atlaridagi va tadbirkorlik sharoitidagi tafovutlar hisoblanadi. Mintaqaviy siyosat hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining davlat tomonidan tartibga solinishidir. Uning asosiy vazifasi mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hisobiga mamlakatdagi barcha hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga yaqinlashtirish, aholining turli qatlamlari o’rtasida moddiy ne’matlar taqsimotidagi hududiy tafovutlarni eng kam darajaga keltirish, hukumatning boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy hokimiyat va o’z-o’zini boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi lozim. Mintaqaviy siyosatning maqsadi - mamlakatning yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xalaqit beradigan, ijtimoiy kelishmovchiliklarning paydo bo’lishiga xizmat qiladigan hududiy notengliklarni bartaraf etishdan iborat. Turli mamlakatlarning markaziy hukumatlari, hududiy va mahalliy davlat boshqaruv organlari bunday tafovutlarni bartaraf etish uchun bir qator (mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, davlat tuzilishining tipi, ichki muammolari, hokimiyat tepasida turgan partiyalarning maqsadlari) omillarga bog’liq bo’lgan xilma-xil vositalardan foydalanadilar. Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishdan avval, birinchi navbatda, mamlakatdagi hududiy notengliklarning sabablarini o’rganiladi. Bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim: tabiiy-iqlim sharoitidagi keskin tafovutlarning mamlakatning ayrim hududlari aholisining turmush sharoiti va tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri; mintaqalardagi mavjud tabiiy resurslar hajmi, sifati va ulardan foydalanish darajasi; mintaqalarning chekka hududlarda joylashganligi natijasida transport xarajatlarining ko’payishi, mahsulot narxlarining ortishi. Bu esa o’z navbatida bozorning torayishiga olib keladi. Transport va kommunikatsion aloqalarning yomonligi chetda joylashgan mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini qiyinlashtiradi; u yoki bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi texnologik rivojlanish stadiyasi (xom ashyo resurslari, oraliq mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va xizmatlar); mintaqaning avtonomiya darajasi, siyosiy shart-sharoitlari, rivojlanish tarixi va b.q.; ishlab chiqarish infratuzilmasi: aeroportlar, transport tarmoqlari, sanoat maydonlari, telekommunikatsion tizimlar va h.k. bilan ta’minlanishi; ijtimoiy-madaniy omillar: shaharlashuv darajasi, aholining ma’lumoti, ilmiy markazlarning mavjudligi va h.k. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan ko’pgina mamlakatlarda mintaqaviy siyosat kapital qo’yilmalar qayta taqsimlanishini ta’minlashga xizmat qiladigan quyidagi 3 yo’nalishda olib borilmoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: |